Pardozlash ishlarida qo’llaniladigan quriLİsh mashinalari va jihozlari


Download 233.68 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi233.68 Kb.
#1614659
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pardozlash ishlarida qo’llaniladigan mashina va jihozlar

5— egiluvchai val, 6 jilvirlovchi doira, 7 kesuvchi flanets, 8 tayanch flanets, 9 vint, 10 gayka, 11 himoya qoplami, 12 dasta,

  1. — dasta, 14—tebranish himoyasi, 15 himoya qollami, 16 shpindel, 17

— shesternya, 18— korpus, 19 dasta, 20 tebranish himoyasi,
21 tayanch flanetsi, 22 jiliirlovchi doira, 23 vint, 24 gayka,
25 kisuvchi flanets.
Shpindelga qisqich 7, tayanch 8 flanetslar, vint 9 va gayka 10 yordamida pardozlash g’ildiragi 6 mahkamlanadi. Ish qo’lay bo’lishi uchun dasta 12 va himoya koplami 11 bor.
Burchakli pardozlagich (12.20—rasm, v) ham tebranishga qarshi himoyalangan 20 dasta 19 dan iborat, ichidan ikki radial podshipniklar yordamida shpindel joylashib, egiluvchan valdan harakat oladi. Korpus 18 ga konussimon bir pog’onali reduktor shesternyasi 17 bilan o’rnatilgan. SHesternyalardan biri shpindel 16 ga o’tkazilgan, korpusga ikki radial podshipniklar yordamida joylashtirilgan. Shpindel oxiriga tayanch 21, flanets 25, vint 23 va gayka 24 yordamida pardozlash g’ildiragi 22 o’rnatilgan. Himoya qoplami 15 xavfsiz ishlashni ta’minlaydi (11.20– rasm).
Dastali elektr va pnevmomashinalar payvandlangan yuzalarni tozalash, gaz keskich bilan kesilgan joylarni tekislash, marmar, granit, metall buyumlarni pardozlash, zinapoyalarni tekislash va boshqa ko’p ishlarda ishlatiladi. Pardozlash mashinalarining samarali ishlashi ish tartibiga, ishchi qismning mustahkamligi va yeyilishga chidamligiga bog’liq.
Charx toshlari. Ular abraziv materiallardan bo’libsun’iy yoki tabiiy kristallardan olinadi va ularni maydalaganda zarrachalari yetarli darajada qattiqdik va mustahkamlikka ega bo’ladi. Ular materiallarni ishqalash yo’li bilan yemiradi. Charx toshlari abrazivlik hususiyatidantashqari, donadorligi va donalarining o’zaro bog’lanishi, qattiqligi va mustahkamligi bilan hamharakterlanadi.
Donadorlik — abraziv materialning asosiy qismining zarrachalari o’lchamiga bog’liqdir. Ishlov beruvchi yuzaga talab kancha katta bo’lsa, charx toshlari donalari mayda bo’lishi kerak. Donalar bir—biriga maxsus bog’lovchi material orqali birikkan bo’lib, ish davomida ular o’qalanib ketishidan sakdaydi. Sanoatda keramik, bakelit va vulkanitli bog’langan charx toshlari ishlab chiqariladi.
Keramik bog’langan toshlar mustahkamligi yuqori va yeyilishga chidamliligi va metallarni oson kesishi bilan farqlanadi. Lekin zarblarga va
eguvchan kuchlarga chidamliligi kam va 35 m/s tezlikdan katta tezlikda ishlatilmaydi. Bakelitli bog’langan toshlar yuqori mustahkamlik va elastiklik xususiyatiga ega bo’lib, ularni 1 mm dan kichik qalinlikda tayyorlash va tezligi 75 m/s bo’lgan ishlarda foydalanish imkonini beradi. Vulkanit bilan bog’langan charx toshlar bakelitli bog’langan charx toshlaridan ham elastikrok, lekin katta g’adir-budirliklarii tekislay olmaydi va issiqlikka qarshiligi kichik.
Charx toshlar mustahkamlikka sinaladi va yon tomonida ularning asosiy ko’rsatgichlarini ko’rsatuvchi shartli belgilar bilan belgilanadi. Turli materiallarni kesish uchun armaturalangan kesuvchi asboblardan foydalaniladi. U elektrokorund yoki karbid kremniy, bakelitli bog’lovchi shisha to’r va mashina shpindeliga aniq joylashtiriluvchi metall vtulkadan iborat. Armaturalovchi turni qo’yish, charx toshlari aylanish tezligini 80...110 m/s oshirishga yordam beradi.
Armaturalangan charx toshlardan foydalanish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va ishlatish sohalarini kengaytirishga yordam beradi. Kesishda kesiuvchi detal qo’zg’almas qilib mahkamlanadi va boshqaruvchi qo’lay holatni egallab, charx toshni bir tekisda detalga olib boradiki, toshning aylanishi kesiluvchi yuzaga nisbatan tik holatda bo’ladi. Quvurlarni va dumaloq prokatlarni kesish va yo’naltirish usulida kesiladi. Kesishda charx tosh quvur yoki dumaloq prokat o’qiga tik yuzada bir tekisda siljitiladi va yon yuzani to’liq kesadi. Bu usulda kichik diametrli quvur va dumaloq prokatlar kesiladi. Yo’naltirish usulida pardozlash mashinasi quvur atrofida shunday harakat qildiriladiki, charx tosh doimo quvuro’qiga tik yuzada joylashadi. Kesish yuzasining qalinligiga qarab kesish bir necha o’tishda yoki bir o’tishda bajariladi va o’tish soni kesish chukurligi bilan aniqlanadi. Bu usulda ishlashni osonlashtirish uchun ba’zi oddiy qurilmalar bor.
Detallar yuzasini tozalashda charx toshlari ishlov beriluvchi yuzaga nisbatan 15...40° burchak ostida harakatlantiriladi. Charx toshlarining diametrini iloji boricha katta olish kerak, bunda boshqaruvchining qo’l mexnati ancha yyengillashtiriladi. Pardozlash qo’lmashinalarining ish unumi ta’sir qilayotgan kuch oshganda aylanishlar sonining muayyan qolishiga hambog’liq. Asinxron
dvigatelli mashinalardan bu muayyanlik dvigatelning mexanik harakteristikalari orqali ta’minlanadi.
Mexanik ko’rsatkichlari uncha yuqori bo’lmagan kollektorli dvigatelli mashinalarda barqarorlikka qo’shimcha elektron regulyatorni qo’llash bilan erishiladi. Ular dvigatelni oshiqcha kuchlanishdan saqlaydi. Ishga tushiruvchi tok kuchini kamaytiradigan charx toshi aylanishlar sonini doimiy saqlaydi (kuch ta’siri ostida 5% gacha kamayadi). Lekin elektron regulyator ishdan chiqqanda, manbaadan dvigatelga to’liq kuchlanish uzatiladi. Bunda charx toshining salt yurishida aylanishlar soni chekli qiymatdan oshib ketishi va charx toshi sinishi mumkin. Bundan saqlanish uchun mustaqil markazdan qochma saq– lagich qurilma ishlatiladi. U aylanishlar soni nominal qiymatdan 15% ga oshib ketganda avtomatik tarzda mashinani o’chiradi. Bu qurilma dvigatel yakori valiga kalibrlangan plastmassali halqa sifatida o’rnatilib, qo’zg’almas tok o’tkazuvchi halqani aylanishlar soni oshib ketganda uzadi.
Pnevmodvigatelli mashinalarda mexanik ko’rsatgichlarni yaxshilash aylanishlar sonini sozlovchi qurilmani o’rnatish bilan erishiladi. U dvigatel rotori valiga o’rnatiladi. Rotor vali aylanishlari soni ortganda, markazdan qochma kuchlar ta’sirida siljib prujinani siqadi va vtulkani siljitadi, hamda vtulka, o’z navbatida siqilgan havoni to’sadi. Aylanishlar soni kamayganda (ta’sir qilayotgan kuch ortganda) kulachoklar qaytadi va prujina vtulkani qaytarib siqilgan havo yo’lini ochadi. SHunday qilib aylanishlar soni kuch o’zgarishiga qarab avtomatik tarzda sozlanadi. Tekis va lentali pardozlash mashinalari oxirgi pardozlash ishlarini bajarish uchun qo’llaniladi. Tekis pardozlovchi mashinalarda ishchi qis- mi ishlanuvchi yuza ustida murakkab harakat qiladi. Abraziv tasma tekis parallel harakat qiladi. Bu kabi mashinalar asosiy o’lchamlariga platforma o’lchamlari va ilgarilanma—qaytma harakatlar soni kiradi. Lentali pardozlovchi mashinalar ishchi qismi uzluksiz abraziv tasmadan iborat bo’lib, yopiq harakat qiladi. Tasma ikki barabanga tortilgan, ulardan biri uzatmali bo’ladi. Bu kabi mashinalarning asosiy o’lchovi abraziv tasma o’lchami va tasmaning harakat tezligidir. Har ikki
turdagi mashinalarda ishlov paytida hosil bo’ladigan changni yutuvchi qurilma bor.

Download 233.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling