Parmalash, zenkerlash va razverkalash ishlov berish
Protyajkani konstruktsiyasi
Download 1.09 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesish tezligini elementlar.
- Kesish kuchi.
Protyajkani konstruktsiyasi. Tortiladigan teshiklarni turi bo’yicha protyajkalar konstruktsiyasi quyidagilarga bo’linadi:
-aylana teshiklar uchun protyajkalar; -shlitsali protyajkalar; -shakildor, masalan evalvyent tishli; -aralash, masalan, bitta protyajkada aylana va shlitsali; -shponkali va ariqchali protyajkalar; -tishlar quyiladigan yig’ma protyajkalar va qattiq qotishmali plastinkalar bilan ta’minlanadigan protyajkalar. Barcha boshqa protyajkalar kabi, aylana protyajkalar quyidagi qismlardan iborat: 19.18- rasm. b) 13- rasm. Protyajka konstruksiyasi. Dumaloq protyajkani elementlari: l1 – qulf (dumcha) qismi-protyajkani dastgoh tortuvchi qurilmasi bilan bog’laydi; l2 – bo’yincha – qulf qismini oldingi yo’naltiruvchi qismi bilan bo’g’laydi; l3 – oldindi yo’naltiruvchi qism; l4 – kesuvchi qism; l5 – kalibrlovchi qismi; l6 – orqa yo’naltiruvchi qism; Protyajka tishlaridagi oldingi burchak γ=5-20o va u ishlov berilayotgan material xossalariga bog’liq bo’ladi, orqa burchak α=1-4o va u ishlov berish aniqligiga bog’liq bo’ladi. Protyajka materiali – legirlangan po’lat XVG va tezkesar po’lat P18. Kesish tezligini elementlar. Kesish tezligi V – protyajkani ilgarilanma xarakat tezligi, u 1 dan10 m/ min. gacha oraliqda tebranadi. Surish SZ yoki qo’shni tishlar balandligi orasidagi farq bitta tishga ko’tarilish deb ataladi. Surish emperik formula bo’yicha aniqlanadi. Aylana va shlitsali protyajkalar uchun: SZ = CS DXS; Bu yerda: D protyajka diametri,mm Shponkali protyajkalar uchun: SZ = CS BXS. B- protyajkani eni. CS – va xS larning qiymatlari quyidagi jadvalda keltirilgan (19.3-jadval) 2-jadval
Asosiy vaqt , min Bu yerda: Lb – ishchi yurish uzunligi K – orqaga yurishni hisobga oluvchi koeffitsiyent- (K= 1,14 –1,5) Lnp = L +lt+lk+l mm. L –tortiladigan teshikni uzunligi, mm; l t – protyajkani kesuvchi qismini uzunligi, mm; l t = t *z t –qadam; z –tishlar soni; l k – protyajkani kalibrlash qismini uzunligi, mm; l – protyajkani chiqish uzunligi kirish va chiqishda o’rtacha 10-20 mm. Kesish kuchi. Protyajka tishlari bilan kesadigan qatlamni qirqilishiga qarshiligi va protyajkani orqa yo’nalishida Pz kuchi ta’sir qiladi. Pz kuchi ishlov beriladigan materialni fizik-mexanik xossalariga, surishga, protyajka tishlarining geometrik elementlariga, kesishda ishtirok etuvchi tishlar soniga va protyajka turiga bog’liq bo’ladi. Pz = P∑B (N) Bu yerda; P – 1mm tig’ uzunligidagi kesish kuchi, n ∑B – bir vaqtda ishlovchi tishlarning tig’ uzunliklarini eng katta yig’indisi. ∑B = Zi = b Zi, chunki Zs= 1 Bu yerda: B – kesish paramyetri; Zs –sektsiyada tishlar soni; Zi -bir vaqtda ishlovchi tishlarni eng katta soni; l – tortish uzunligi; t – kesuvchi tishlar qadami. Pz kuchi dastgohni torta oladigan kuchidan kichik bo’lishi kerak . Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling