"O’zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida televideniya va radioning rolini oshirish chоra-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoniga ko’ra O’zbekiston davlat televideniya va radioeshittirish qo’mitasi O’zbekiston teleradiokompaniyasiga aylantirildi va uning joylarda hududiy bo’linmalari tuzildi. Вu tadbir o’zteleradiokompaniyasining aholi va jamiyatning xolisona, haqqoniy axborotlarga ehtiyojini o’rganish, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o’zgarishlar to’g’risida aholini, chet еl jamoatchiligini keng xabardor qilish sohasidagi faoliyatini demokratlashtirish va rivojlantirishga salmoqli turtki berdi. Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot vositalarining soni ko’paydi, sifati yaxshilandi. 1990- yilda 376 nomda gazeta vа jurnallar chop etilgan bo’lsa, 2006- yilda 680 nomda gazeta, 200 nomda jurnal chop etildi, 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 57 ta teleradiokompaniya va uning hududiy bo’linmalari, studiyalar, 100 dan ortiq elektron axborot vositalari faoliyat ko’rsatdi. Kо’р millatli O’zbekiston Respublikasida gazetalar, jurnallar, teleradioeshittirishlar 12 tilda - o’zbek, rus,
qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiriladi. 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o’zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari, ularning muassislari, mazmuni va yo’nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo’linadi. Bular, davlat tomonidan nashr etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari, tijorat vа xususiy gazeta va jurnallardir. Shuningdek, diniy tashkilotlarning gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka yo’naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, mа’nаyiy-mаdаniy nashrlar mavjud. 1996- yilda respublikamiz AQSHda joylashgan kompyuter tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |