Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish


Oriental Renaissance: Innovative


Download 149.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana04.11.2023
Hajmi149.84 Kb.
#1748378
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
74 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
Moldovada soliqning standart stavkasi 20 foiz bo‘lib, eksportga 0 foiz, mahalliy 
non va sut mahsulotlari, tabiiy gazni tashish va tarqatish xizmatlari, elektr 
energiyasini ishlab chiqarish, isitish va issiq suv ta’minoti uchun ishlatiladigan 
bioyoqilg‘i, fitotexnika, bog‘dorchilik va zootexnika mahsulotlarining ma’lum bir 
turlariga 8 foiz, turar joy xizmatlari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda umumiy 
ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchilar tomonidan etkazib beriladigan ichimliklarga 
12 foizli imtiyozli QQS stavkasi belgilangan. 
Ukrainada ham QQSning bazaviy stavkasi 20 foiz bo‘lgani holda eksportga 0 
foiz, dori-darmon vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy uskunalarga 7 foizli stavkalar 
nazarda tutilgan. 
O‘rtachadan yuqori daromadli mamlakatlarda QQS tabaqalashtirilgan stavkalari 
qo‘llanilishini Argentina, Turkiya, Belarusiya, Rossiya, Xitoy va Malayziya misolida 
ko‘rib chiqamiz. 
Xususan, Argentinada soliqning bazaviy stavkasi 21 foiz bo‘lsada, eksportga 0 
foiz, bosma yoki raqamli gazeta va jurnallar ta’minoti (shu jumladan, importi), 
shuningdek, ma’lum bir turdagi bosma yoki raqamli gazeta va jurnallarning reklama 
xizmatlariga 2,5 foiz miqdoridagi imtiyozli stavka mavjud. Bundan tashqari, uy-joy 
qurilishi, tibbiyot faoliyati, jamoat va taksi transporti, ayrim turdagi nashriyot va 
reklama xizmatlari, shuningdek, xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy institutlar 
tomonidan yakuniy iste’molchilarga kredit berish xizmatlariga 10,5 foizli stavka amal 
qiladi. Bunday stavka mevalar, dukkakli, sabzavot va go‘sht mahsulotlariga, tirik 
mollarni sotish va olib kirishga hamda maxsus iqtisodiy zonalarda ishlab chiqarilgan 
ayrim elektron tovarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. SHu bilan birga Argentinada 
aholidan boshqa sub’ektlarga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun QQSning 
oshirilgan, ya’ni 27 foizlik stavkasi amal qiladi. 
Turkiyada amal qiladigan QQSning bazaviy stavkasi 18 foiz bo‘lgani holda 
eksportga 0 foiz, paxta xomashyosi, yong‘oqsimon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, 
shuningdek, moliyaviy lizing xizmatiga 1 foiz, birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari
to‘qimachilik buyumlari, kitob va nashr mahsulotlariga esa 8 foizli pasaytirilgan 
stavkalar o‘rnatilgan. 
Rossiya Federatsiyasida asosiy stavka 20 foiz bo‘lib, eksportga 0 foiz, oziq-
ovqat mahsulotlari, bolalar kiyim-kechaklari, dori-darmon, tibbiy mahsulotlar, bosma 
nashrlar va boshqa shu kabi ijtimoiy xarakterga ega tovarlarga 10 foiz miqdoridagi 
imtiyozli stavka amal qiladi. 
Belarusiya QQS amaliyoti ham Rossiyanikiga o‘xshash bo‘lib, soliqning asosiy 
stavkasi 20 foiz, eksportga 0 foiz, o‘simlik mahsulotlari (gulchilik va manzarali 
o‘simliklarni etishtirishdan tashqari), asalarichilik, chorvachilik (mo‘ynadan tashqari) 



Download 149.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling