Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish


Oriental Renaissance: Innovative


Download 149.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana04.11.2023
Hajmi149.84 Kb.
#1748378
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
75 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
va mahalliy baliq ovlash, bolalar uchun ba’zi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari etkazib 
berish (shu jumladan, import) faoliyatiga 10 foizni tashkil etadi. Biroq, Rossiyadan 
farqli o‘laroq, Belorusiyada barcha aloqa xizmatlari uchun QQSning oshirilgan 25 
foizlik stavkasi qo‘llaniladi. 
Xitoyda QQSning asosiy stavkasi 13 foiz. Biroq, ta’kidlash joizki, bu davlatda 
QQSning differensial stavkalari yuqorida ko‘rib chiqilgan davlatlardagi holatdan 
tarkib va sifat jihatdan sezilarli farq qiladi. 
Birinchidan, nolli stavka faqat eksportga emas, balki ilmiy-tadqiqot ishlari, 
energiya samaradorligini oshirish faoliyati, dasturiy ta’minot, axborot tizimlari, radio, 
kino va televizion dasturlarni tayyorlash va tarqatish, shuningdek, ofshor autsorsing 
xizmatlari uchun ham ko‘zda tutilgan. 
Ikkinchidan, kichik biznes vakillari uchun 3 foizli stavka belgilangan. Biroq, 
bunda kirim qilingan QQS summasi hisobga olinmaydi. 
Aloqa xizmatlari, moliyaviy xizmatlar (lizingdan tashqari), maishiy xizmatlarga 
hamda nomoddiy mulkni (erdan foydalanish huquqidan tashqari) sotishga QQSning 6 
foizli stavkasi belgilangan. 
Birinchi darajali ehtiyoj tovarlariga (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, suv, gaz va 
boshqalar), mehmonxona, restoran, umumiy ovqatlanish, telefon aloqasi, pochta, 
transport va logistika xizmatlariga, ko‘chmas mulk sotilishi va qurilish faoliyatiga 
QQSning 9 foizli stavkasi amal qiladi. 
Malayziyada QQSning bazaviy stavkasi 10 foiz, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, 
neft moylari, qurilish materiallari, axborot texnologiyasi, matbaa texnik vositalari va 
materiallari uchun 5 foiz, restoran, mehmonxona, turar joy, avtomobillarni ijaraga 
berish va ta’mirlash, sug‘urta, yuridik, buxgalteriya va biznes konsalting 
xizmatlariga, ichki aviaqatnovlar, elektr energiyasi, telekommunikatsiya va pullik 
televideniya uchun 6 foizni tashkil qiladi. SHu bilan birga, Malayziyada 2018 yil 1 
sentyabrdan boshlab bir marta undiriladigan savdo va xizmatlarga solinadigan soliq 
amal qiladi. 
Aholisining daromadlilik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlardan Avstriya, 
Fransiya, Germaniya, Vengriya, Isroil va YAponiyada QQS stavkalari 
tabaqalashuvini ko‘rib chiqamiz. 
Avstriyada QQSning bazaviy stavkasi 20 foiz bo‘lib, eksportga 0 foiz 
belgilangan. Quyidagi tovar va xizmatlarga 10 foizli stavka o‘rnatilgan: 
- oziq-ovqat va ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari; 
- farmatsevtika mahsulotlari, oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun gullar va 
o‘simliklar; 
- bosma va elektron kitob mahsulotlari, gazeta va boshqa davriy nashrlar



Download 149.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling