Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish
Download 149.84 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784
XULOSA VA TAKLIFLAR
1. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan soliq islohotlari qator ijobiy natijalarni berayotgan bo‘lsada, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, QQS yuki bilan bog‘liq hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar mavjud. Xususan, QQS to‘lovchilari qamrovini kengaytirishga soliqning stavkasini isloh qilmasdan turib kirishilishi inflyasiyaning kuchayishiga olib keldi. Bundan tashqari, uzoq yillar mobaynida yagona soliq Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 78 w www.oriens.uz April 2021 to‘lashga ko‘nikkan aksariyat tadbirkorlik sub’ektlari yuzaga kelgan QQS muammosidan qutulish uchun o‘z tushumini yashirish choralarini ko‘ra boshladi. 2. Daromad solig‘ining nol stavkasi va ko‘plab imtiyozlari bekor qilingani, QQS islohotlari bilan birga olganda, soliq siyosatining faqat fiskal yo‘naltirilayotganidan dalolat beradi. Biroq, to‘laqonli soliq siyosati soliqning nafaqat fiskal funksiyasi, balki bir paytning o‘zida iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari uyg‘unlikda ishlashini ham ta’minlay olishi lozim. 3. Nazariy adabiyotlar va soliqqa tortishning xalqaro amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatdiki, yuqori stavkali QQS sharoitida soliqqa tortishning ijtimoiy funksiyasi to‘laqonli ishlashi uchun QQSning birinchi darajali va ijtimoiy xarakterli tovar hamda xizmatlarga nisbatan pasaytirilgan (imtiyozli) stavkalari amal qilishi lozim. 4. Ilmiy va amaliy davralarda QQS bilan bog‘liq bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan asosiy muammolardan biri, bu – mazkur soliqning yagona yoki differensial stavkali mexanizmini qo‘llash masalasidir. Bu kabi munozaralarda, odatda, QQSning pasaytirilgan stavkalari qo‘llanilishi qanchalik ahamiyatli va asosliligi haqida so‘z boradi. Adabiyotlarda ta’kidlashicha, QQS bo‘yicha yagona stavkaning amal qilishi ishlab chiqaruvchilarga nisbatan mutanosib bo‘lishi mumkin, lekin iste’molchilar daromadiga nisbatan regressiv xarakter kasb etadi. 5. QQS yuki ham tadbirkorlik faoliyatiga albatta ta’sir qiladi. CHunki, QQS biznes daromadlarining bir qismini dastlabki bosqichdayoq kesib oladi. Umuman, egri soliqlarning hajmi va murakkabligi korxonalar moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga juda seziladi. CHunki, bunday korxonalar uchun soliqni to‘lash xarajatlari yirik korxonalarga nisbatan ancha yuqori shakllanadi. 6. QQS past stavkalarining ishlab chiqarish va bandlikka bo‘lgan ta’siri asosan iste’molchilarning o‘zini tutishi va iqtisodiyotdagi raqobat darajasiga bog‘liq. Agar iste’molchilarning narxlar pasayishiga bo‘lgan reaksiyasi kuchsiz (iste’mol talabi narxga nisbatan noelastik) bo‘lsa, islohotlardan yaxshi natija kutib bo‘lmaydi. Aksincha, ya’ni iste’mol talabi narxga nisbatan elastik bo‘lsa, ishlab chiqarish va bandlik sezilarli darajada oshishi mumkin. SHu sababli, QQS stavkalarini isloh qilishdan oldin mamlakatda sog‘lom raqobatni shakllantirish lozim. 7. QQS differensial stavkalarining tovar va xizmat turlariga nisbatan qo‘llanilishi mamlakatlar bo‘yicha turlicha bo‘lsada, bu borada ma’lum bir umumiylik mavjud. Qariyb barcha davlatlarda ushbu soliqning imtiyozli stavkalari asosan oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika mahsulotlari, nogironlar uchun mo‘ljallangan tovarlar, kitoblar va davriy nashrlarga, shuningdek, pochta, aloqa, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling