Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish


Oriental Renaissance: Innovative


Download 149.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana04.11.2023
Hajmi149.84 Kb.
#1748378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
70 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
maqsadlari saqlanib qoladi va QQS daromadga nisbatan kamroq regressivlik kasb 
etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, QQSning ko‘p stavkali tuzilmasi soliq 
ma’murchiligi yukini, shu jumladan biznes sohasi uchun QQSni nazorat qilish 
xarajatlarini oshiradi [5].
5
Bundan kelib chiqadiki, Evropa mamlakatlarida ayrim tovar va xizmatlarni 
QQSdan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinishining asosiy sabablari 
quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, siyosiy sabablar mavjudligi. Hukumatlar jamiyat manfaati uchun 
xizmat qiladigan ijtimoiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarga (sog‘liqni saqlash, 
xayriya, ta’lim va shu kabilar) soliq solish orqali o‘zlariga nisbatan ishonchsizlik va 
norozilikni yuzaga keltirishni istamaydi. Bundan tashqari, davlatlar ortiqcha 
ma’muriy yuk bilan tadbirkorlikni bo‘g‘ib qo‘yishga yo‘l qo‘ymaslik uchun kichik 
biznesga ham QQSdan imtiyozlar berishni nazarda tutadi. 
QQSdan ozod qilish amaliyotining ikkinchi sababi ma’lum bir turdagi 
xizmatlarga ushbu soliqni qo‘llashning maqsadga muvofiq emasligidir. Masalan, 
moliyaviy xizmatlar (shu jumladan, sug‘urta) sohasida sof qo‘shilgan qiymatni 
aniqlashning qiyin bo‘lganligi bu sohada QQSni adolatli aniqlash va undirishni inkor 
etadi. 
Ma’lumki, Laffer egri chizig‘i konsepsiyasiga ko‘ra, stavkalar qanchalik baland 
bo‘lsa, soliqlarni to‘lashdan bosh tortish yoki oxir-oqibat biznesni yopish uchun 
moyillik shunchalik katta bo‘ladi [6].
6
YA’ni, yuqori soliqlar (shu jumladan, QQS) 
sharoitida marginal soliq tushumlarini kamaytirish qonuni amal qiladi – soliq 
stavkalari oshib borishi bilan tushumlar o‘sishi sekinlashib boradi. 
QQS yuki ham tadbirkorlik faoliyati va soliq tushumiga albatta ta’sir qiladi. 
CHunki, QQS biznes daromadlarining bir qismini dastlabki bosqichdayoq kesib 
oladi. Umuman, egri soliqlarning hajmi va murakkabligi korxonalar moliyaviy 
holatiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes 
sub’ektlariga juda seziladi. CHunki, bunday korxonalar uchun soliqni to‘lash 
xarajatlari yirik korxonalarga nisbatan ancha yuqori shakllanadi. Bundan tashqari, 
kichik va o‘rta korxonalar QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun 
belgilangan eng kam tovar aylanmasi chegarasidan pastroqda ishlaydigan va QQS 
to‘lamaydigan mayda biznes sub’ektlarining bevosita raqobatchisi hisoblanadi [7].
7
5
Barrel, R., Weale, M., The Economics of a Reduction in VAT. National Institute of Economic and Social Research, 
Discussion Paper No 325, 2009, pp.1-12
6
Laffer A.B. The Laffer Curve: Past, Present, and Future. Backgrounder. The Heritage Foundation, 1 June, No.1765. 
2004, pp. 2-16. 
7
Petr Mach, VAT Rates and their Impact on Business and Tax Revenue, European Research Studies Journal, Volume 
XXI, Issue 1, 2018, pp. 144-152



Download 149.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling