Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish


Oriental Renaissance: Innovative


Download 149.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana04.11.2023
Hajmi149.84 Kb.
#1748378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
72 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
- savdo effekti – pasaygan QQS sharoitida kishilarning uzoq vaqt mobaynida 
buzilmaydigan tovarlarni arzonroq narxlarda sotib olish holati kuchayishi hisobiga 
tovarlar savdosi rivojlanadi.
10
Soliq ma’murchiligining murakkabligi va yukining og‘irligiga qaramay, agar 
QQS stavkasi optimal darajada o‘rnatilsa, qat’iy tartibga rioya qilish va hamkorlarni 
to‘g‘ri tanlash orqali kichik biznes sub’ektlari ham QQS mexanizmidan maksimal 
darajada manfaat ko‘rishlari mumkin [11].
11
QQSning pasaytirilgan stavkalariga bo‘lgan ehtiyoj bir qator turli xil 
sabablardan kelib chiqadi. Xususan, pastroq inflyasiya bosimi bunday sabablarning 
asosiylaridan hisoblanadi. Bu esa narxlar pasayishi va uning natijasi o‘laroq yuzaga 
keladigan bandlikning ko‘payishi bilan asoslanadi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, 
ushbu voqeliklar faqat yuqori raqobat muhitida amalga oshadi. Monopol iqtisodiy 
sharoitda esa bu holat aksincha salbiy effektni yuzaga keltirishi mumkin. Stavkalar 
pasaygani bilan bozor bosimining yo‘qligi (etarli emasligi) sabab narxlar darajasining 
pasayishi ro‘y bermaydi. Bu esa soliq yuki tarkibi buzilishi va uning adolatsiz 
taqsimlanishini yuzaga keltiradi [12].
12
Boshqa nuqtai nazardan qaraganda, QQS past stavkalarining ishlab chiqarish va 
bandlikka ta’sir kuchi asosan iste’molchilarning narxlar pasayishiga bo‘lgan 
munosabati va tarmoq ichidagi raqobat darajasiga bog‘liq. Agar iste’molchilarning 
narxlar pasayishiga bo‘lgan reaksiyasi kuchsiz (iste’mol talabi narxga nisbatan 
noelastik) bo‘lsa, ishlab chiqarish va bandlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada 
oshmaydi. Bu odatda asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlariga taalluqli 
bo‘ladi. Agar iste’molchilarning narx o‘zgarishiga munosabati kuchli (iste’mol talabi 
narxga nisbatan elastik) bo‘lsa, ishlab chiqarish va bandlik sezilarli darajada oshishi 
mumkin. Bu holat asosan hasham mahsulotlarga xosdir [13].
13
Aksariyat davlatlar byudjet daromadlarining katta qismi QQS hisobiga 
shakllansada, stavkalarni tovar va xizmat turlari bo‘yicha tabaqalashtirish mexanizmi 
ko‘proq rivojlangan yoki barqaror institutsional muhitga ega bo‘lgan mamlakatlar 
soliq tizimlarida yaxshi samara beradi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarda soliqlarni 
yig‘ish, xizmat ko‘rsatish va boshqarish darajasining sustligi bilan izohlanadi [14].
14
10
Barrel, R., Weale, M. (2009) The Economics of a Reduction in VAT. National Institute of Economic and Social 
Research, Discussion Paper No 325, pp.1-12 
11
Panno, J.M. (2011) A Value Added Tax in the United States: What it Could Mean for Small Business Owners. Ohio 
State Entrepreneurial Business Law Journal, Vol. 6:1, pp. 329- 360. 
12
Study on reduced VAT applied to goods and services in the Member States of the European Union, European 
Commission, 2011 
13 Study on reduced VAT applied to goods and services in the Member States of the European Union, European 
Commission, 2011 
14 Richard M. Bird and Eric M. Zolt Redistribution Via Taxation: The Limited Role of the Personal Income Tax in 
Developing Countries, 2014 



Download 149.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling