Pasaytirilgan stavkalarini joriy qilish
Download 149.84 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-qo-shilgan-qiymat-solig-ining-pasaytirilgan-stavkalarini-joriy-qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key words and phrases
- Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 68 w www.oriens.uz April 2021 KIRISH
Ключевые слова и фразы: налог, налог на добавленную стоимость,
налоговый кредит, дифференцированные ставки, пониженная ставка, социальная политика. Abstract: The article describes the emergence, essence, socio-economic necessity of differential rates of value added tax through the review of scientific and theoretical literature and analysis of international experience. It is based on the fact that in order for the social function of taxation to work in the conditions of high VAT, a preferential (reduced) VAT rate must be applied to goods (services of a social nature). Based on this, Uzbekistan has developed proposals for the establishment of preferential VAT rates for certain types of goods and services. Key words and phrases: tax, value added tax, tax credit, differential rates, reduced rate, social policy Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 68 w www.oriens.uz April 2021 KIRISH O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan soliq islohotlari o‘zining qator ijobiy natijalarini ko‘rsatdi. Jumladan, soliq solishning maxsus (imtiyozli) rejimlari va soliq imtiyozlari ro‘yxati keskin qisqartirildi. Bu orqali tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yukini mutanosib taqsimlash, mulk ob’ektlari va tabiiy resurslardan samarali foydalanishga yo‘naltirish, eng asosiysi, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) zanjirsimon mexanizmini tiklashga ma’lum darajada erishildi. Kichik biznes maqomining suiiste’mol qilinishini oldini olish maqsadida 2019 yildan tadbirkorlik sub’ektining soddalashtirilgan soliq rejimida qolishi yoki umumbelgilangan soliq rejimiga majburan o‘tishini hal qiluvchi mezon sifatida yillik oborot (yalpi tushum) belgilandi [1]. 1 Unga ko‘ra yillik tushumi 1 mlrd so‘mdan oshgan korxonalar umumbelgilangan soliq rejimiga o‘tadi va QQS to‘lovchisiga aylanadi. SHu orqali QQS qamrovini kengaytirish ko‘zda tutildi. Biroq, QQS to‘lovchilari qamrovini kengaytirishga soliqning 20 foizli stavkasini pasaytirmasdan turib kirishildi. Bu esa iqtisodiyotda narxlar keskin oshishi va inflyasiyaning kuchayishiga olib keldi. Bundan tashqari, uzoq yillar mobaynida yagona soliq to‘lashga ko‘nikkan aksariyat tadbirkorlik sub’ektlari yuzaga kelayotgan QQS muammosidan qutulish uchun o‘z tushumini 1 mlrd so‘mdan oshirib yubormaslik choralarini ko‘rishdi. Bunga ular uch xil yo‘l bilan erishishlari mumkin: (1) tushumini yashirish; (2) oboroti 1 mlrd so‘mga etgan firmani yopib, boshqasini ochish; (3) parallel firmalar ta’sis etib, ularning tushumini nazorat qilish. Bularning barchasi esa yashirin iqtisodiyotga yo‘l ochadi. Natijada, 2019 yil tugamasdanoq QQS stavkasi pasaytirildi. Lekin shu bilan birga imtiyozlari ham keskin qisqartirildi. SHu jumladan, 2019 yilning o‘zida oziq- ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun joriy qilingan soliq imtiyozi ham olib tashlandi [2]. 2 Oldinroq daromad solig‘ining nolli va progressiv stavkalari bekor qilingani, 2020 yildan esa mazkur soliq bo‘yicha ko‘plab imtiyozlarning olib tashlangani, QQS islohotlari bilan birga olganda, soliq siyosatining faqat fiskal yo‘naltirilayotganidan dalolat beradi. Biroq, to‘laqonli soliq siyosati soliqning nafaqat fiskal funksiyasi, balki bir paytning o‘zida iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari uyg‘unlikda ishlashini ham ta’minlay olishi lozim. Nazariy adabiyotlar va soliqqa tortishning xalqaro amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatdiki, yuqori stavkali QQS sharoitida soliqqa tortishning ijtimoiy funksiyasi to‘laqonli ishlashi uchun QQSning birinchi darajali va ijtimoiy xarakterli tovar 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасининг солиқ сиёсатини такомиллаштириш концепцияси тўғрисида”ги ПФ-5468-сонли Фармони, 2018 йил 29 июн. 2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Солиқ ва божхона имтиёзлари берилишини янада тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5755-сонли Фармони, 2019 йил 27 июн. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling