Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet56/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

Mashg`ulotning turi: Yangi bilim beruvchi Mashg`ulot.
Mashg`ulotning metodi: suhbat, tanishtirish, ko’rgazmali, mustaqil ish, amaliy ishlar, sayr sayohat.
Mashg`ulotning jihozi: Mavzuga doir suratlar.
Mashg’ulotning borishi: I Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; mather – ona , sister – opa-singil.
I I. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
1. Alining bobosi Xotira maydonidagi temir kitoblarni varaq- lab turib, nima uchun xomush bo‘lib qoladi?
2. Alining bobosi oq laylaklarni nimaga o‘xshatadi?
3. Ali kundalik daftariga nima deb yozib qo‘ydi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Muallif haqida: Hakim Nazir (1915–2008). Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsidoʻz oilasida tavallud topdi. Boshlangʻich maʼlumotni onasi Malika otin maktabida oldi. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan poyafzal fabrikasida boshlab, ayni choqda kechki ishchi-yoshlar maktabida oʻqidi.
1941 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki boʻlimida, 1954–1956 yillarda esa Moskva Oliy adabiyot kursida tahsil oldi.Adib mehnat faoliyatini 1933 yili oʻquvchilar gazetasida (hozirgi “Tong yulduzi”) adabiy xodim sifatida boshladi.Shundan keyin uzluksiz respublika yoshlar gazetasida, ridioeshittirishlar qoʻmitasida, Badiiy adabiyot nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib, bosh muharrir, adabiy maslahatchi vazifalarida xizmat qildi.
Hakim Nazirning adabiy faoliyati oʻtgan asrning 30-yillaridan boshlanib, dastlabki mashqlari ‒ hikoyalari 1933 yildan eʼtiboran turli jurnallarda bosildi. “Qishloqdagi jiyanlarim” nomli ilk kitobi 1948 yilda nashr etildi, ilmiy-adabiy jamoatchilik nazariga tushdi. Shundan keyingi oltmish yillik sermazmun ijodi mobaynida kattalar va bolalar uchun 50 dan ortiq kitob chop ettirdi. Bu kitoblardan joy olgan asarlarida odob-axloq, odamiylik, doʻstlik va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik haqida bahs boradi. Bolalarning rang-barang ruhiy olamlari gavdalantiriladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling