Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet46/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

BAHOR TA’RIFIDA
Yusuf Xos Hojib
Sharqdan bahor nasimi esib keldi, olamni bezamoq uchun firdavs yo‘lini ochdi.
Oq rang ketib, bo‘z yerni alvon rang qopladi, olam o‘ziga oro berib bezanmoq taraddudiga tushdi.Zerikarli qishni bahor nafasi haydadi, musaffo bahor yana o‘z hukmiga kirdi. Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to‘n kiydi, oq, sariq, ko‘k, qizil rangli harir yo- pinchiqlar bilan bezandi.Bo‘z yer yuziga yashil parda tortdi, go‘yo Xitoy karvo- ni ipak matolarini har tomonga yoydi. Dala-tuz, tog‘, o‘nqir, past-baland qirlar ko‘k va alvon rangga ko‘milib burkandi. Turli-tuman chechaklar qiyg‘os ochildi, olam ichi ifor va kofur isi bilan to‘ldi. Dimog‘larni chog‘ qiluvchi sabo yeli ko‘tarildi, butun olamga mushk-anbar hidi taraldi.G‘oz, o‘rdak, oqqush, qilquyruqlar osmonni to‘ldi- rib qag‘illashib, yuqori-quyi uchmoqda. Mag‘rur turnalar ko‘kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilgan tuya kar- vonidek uchmoqda.Kaklik xushovoz bilan sayrab, qah-qah urib kulmoq- da, uning tumshug‘i qon kabi qizil, qoshi esa qop-qora.Qora qarg‘a tumshug‘ini ko‘pirtirib qag‘illaydi, uning ovozi tantiq qizning ovozi kabi yoqimsizdir.Gulzorda bulbul ming ohangda navo qilmoqda, tun- kun tinmasdan yoqimli sayramoqda...
Osmonni bulut qoplagan, yomg‘ir yog‘moqda, gullar yuz ochib qah-qah urib kulmoqda.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
2. «Bo‘z yerni alvon rang qopladi», deganda nimani tushu- nasiz?
3. Bahorda o‘lkamizga qaysi qushlar uchib keladi?
V. Mashg`ulot jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish va baholash. O’quvchilarning Mashg`ulotdagi ishtiroki va ijodkorli-gi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to’g’ri va ravon o’qishi o’qutuvchi tomonidan baholab boriladi. Mashg`ulot yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa: Mavzuni mustahkamlash


MMIBDO’:__________ ________________________


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling