Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet49/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

Maqsad: Ta’limiy: o’quvchilarning o’tilgan mavzular yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash F.k.1. gapning asosini aniqlab, ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlari, ularning kesim yoki egaga
Tarbiyaviy maqsad: Mustaqil Vatanimizning har bir muvaffaqiyati, istiqlol yo'lida qilinayotgan ishlari bilan faxrlanish va Vatanga mehr hissiyotini uyg'otish, har qanday tajovuzkor kimsalardan nafratlanish; T.k5. san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish;. o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish. Tk.3. kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish. Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish
Fanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
Darsning turi : mustahkamlovchi,
Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob
I.Tashkiliy qism: Salomlashish; o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish.Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
1- mashq. She’rni ifodali o‘qing. Gaplarning maqsadga ko‘ra turini ayting. Undov belgisi qo‘yilgan gaplarni qanday ohang bilan o‘qidingiz? Ular ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gaplar?
Yaxshi niyat
– Sening jajji yuragingda
Olam orzu ovozi.
Yaxshi niyat o‘lmaydi hech,
Yuksak bo‘lur parvozi.
O‘g‘lim xursand. So‘zlar shodon:
Yaxshi niyat o‘lmaydi!
Yashasin-ay!
Yashasin-ay!
Endi urush bo‘lmaydi!
(Habib Rahmat)
Ajratib ko‘rsatilgan gaplarni ko‘chiring. Qavs ichida gapning turini yozing.
2- mashq. Rasmni kuzating. Rasm mazmunini to‘rt-beshta gap bilan ifoda eting.
Тuzgan gaplaringiz qanday mazmunni bildiryapti?
3- mashq. Matndan nimalarni bilib oldingiz? Matn mazmunini ijodiy qayta hikoyalab bering.
Oqtovdagi yashil pista va bodomzorlar qanday paydo bo‘lganini bilasizmi?
Sayroqi qushlar daraxt ostiga to‘kilgan danaklarni olib, xarsang qoyaga qo‘nishadi. Тumshuqlaridagi pista va bodomlarni kovaklarga qo‘yishadi. Ancha vaqt danak tashish musobaqasi shu tarzda davom etadi.
Bir kun kelib, qoyaning yon bag‘rida pista va bodom nihollari unadi. (G‘ulomjon Qodirovdan)

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling