Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet57/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

SHOIRA
Hakim Nazir
Shoiraning darsxonasida... chetlariga alvon hoshiya tortig‘liq sariq qog‘ozlar osib qo‘yilgan. Bular maqtov yorliqlari.Nima bo‘ldi-yu, keyingi paytda Shoiraning bahosi sal pasaydi. Oyisi Habiba opa bundan tashvishga tushdi. Oldinlari ham u qizining o‘qishini ko‘p o‘ylar, maktab- dan tez-tez xabar olar, qizim darsiga qaray qolsin deb, uy yumushlariga ko‘pda alahsitmasdi. Shoira ikki fandan uch, to‘rt baho olib kelgan kuni Habiba opa unga dedi:Endi, qizim, hamma ishdan butkul ozodsan. Maktabdan tashqari vaqtlar u yoq-bu yoqqa borishni ham qo‘y. Faqat darsingga qara.Shoiraning dami ichiga tushdi. Qutbinikiga qandoq qilib borishni o‘yladi. «Ha, bo‘ldi, oyim yo‘g‘ida bora- man», — dedi ichida. Ertasiga o‘qishdan keyin, oyisi ishdaligida Qutbinikiga borib keldi. Indiniga ham shun- day qildi. Ammo tezda bu sir ochildi. Habiba opa bir kuni nima ham bo‘lib fabrikadan erta qaytdi. Qarasa, eshik qulf. Yon qo‘shnilardan so‘rasa, bi- lishmadi. Balki Qutbinikiga ketdimikin? Qutbiniki qayerda?
Habiba opa aniq bilmasdi. Avval maktabga borib, Qutbilar turadigan yangi uy manzilini aniqlab oldi-da, qo‘shni binoga qarab ketdi. Qutbilarning uyini top- di. Eshikdan kirarkan, hang-u mang bo‘lib qoldi: egni- da fartuk tutgan Shoira terlab-pishib kir chayib turib- di. Qutbi kirlarni ayvondagi arg‘amchiga yoyyapti, bir to‘da bolalar esa katta xonada chug‘urchiqday g‘ujg‘on o‘ynayapti...
Habiba opa birpas baqraygancha qarab qolgach:
Voy, uyni yolg‘iz tashlab bu yoqda... nima qilyapsan? — dedi Shoiraga.
Shoira bir zum dong qotib turdi, keyin oyisiga yer tagidan qarab:
Siz... ishdan qaytguncha... — dedi-yu, u yog‘ini aytolmadi.
Shu chog‘ Habiba opaning ko‘zi ro‘paradagi xonada cho‘zilib yotgan kampirga tushdi, unga yaqinlashib sa- lomlashdi. Afti burishgan-qurishgan kampir arang qaddi- ni ko‘tarib o‘tirdi-da, inqillagan ovozda:
Iloyo baraka topsin, qizingiz. Chaqqongina-lochin- gina ekan. O‘rtog‘iga mehribonlik qilib, og‘irimizni yen- gillatyapti. Umri uzoq bo‘lsin. Siz ham maqsadingizga yeting, bolalaringizning rohatini ko‘ring, — deb qaltira- gan qo‘llarini yuziga surtdi.
Habiba opa hech narsa tushunolmasayam hayronli- gini yashirdi, kampirdan hol-ahvol so‘radi. Kampir ko‘ngli bo‘shashib, hasratga tushdi: u yaqinda kelinidan ajralib, beshta go‘dak nevaralar bilan qolibdi, g‘amdan o‘zini ol- dirib qo‘yibdi. O‘g‘li esa ko‘proq safarda yurarkan.
Habiba opa ahvolni tushungandan keyin kampirni yupatgan bo‘ldi:
Ko‘p g‘am yemang, buvijon. Birovning boshiga tashvish tushganda qarab turib bo‘ladimi?!
Kutilmaganda u qizining yelkasini silab, dedi:
Xafa bo‘lma, jon qizim. O‘rtog‘ingga qarashsang qarashgin-u, faqat darslardan orqada qolasanmi, deb qo‘rqaman-da!
Sira qo‘rqmang, oyijon! — dedi chehrasi ochilib Shoira va oyisini quchoqlab o‘pdi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling