Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 4-sinf matematika,ona tili


Download 1.08 Mb.
bet51/59
Sana03.12.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1799527
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
Bog'liq
4 SINF PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH 2021

Mashg`ulotning turi: Yangi bilim beruvchi Mashg`ulot.
Mashg`ulotning metodi: suhbat, tanishtirish, ko’rgazmali, mustaqil ish, amaliy ishlar, sayr sayohat.Mashg`ulotning jihozi: Mavzuga doir suratlar.
Mashg’ulotning borishi:I Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b)Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.d) ingliz tili daqiqasi ; ball – to‘p, car – moshina.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
1. Jimjiloq tuyaning qornidan qanday qutuldi?
2. U bo‘rini qanday jazoladi?
III. Yangi mavzu bayoni:
M uallif haqida: Shukur Saʼdulla kichkintoylarga katta estetik zavq-shavq bagʻishlaydigan zabardast sheʼrlari, yosh kitobxonni yaxshilikka oʻrgatuvchi ertak-dostonlari, aʼlo oʻqishga, davrimizga sadoqatli kishilar boʻlib kamol topishga daʼvat etuvchi badiiy pishiq hikoyalari, oʻtmish hamda davrimiz bolalari hayotidan olib yozilgan pesalari, yosh qalblarni larzaga soluvchi qissalari bilan hamma yoshdagi bolalarning qadrdon va suyukli yozuvchisi boʻlib qoldi.
Shukur Saʼdulla 1912 yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi, boshlangʻich maʼlumotni ona shahridagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1924 yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil oldi, soʻngra Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat universitetida oʻqidi. 1931–64 yillarda Shukur Saʼdulla Oʻzbekiston davlat va “Kamalak” (“Yosh gvardiya”) nashriyotlarida muharrir, boʻlim boshligʻi, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, direktor vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiy kitoblar nashr etishga oʻzining barakali hissasini qoʻshdi.


TINCHLIK QUSHI HAQIDA MEN O‘QIGAN SHE’R
Shukur Sa’dulla
Erta bilan turaman,
Salqin shabada esar.
Keng yurtimni ko‘raman,
Ko‘nglimda quvonch kezar.
Kaptarlarimni ko‘ray, —
Deb boraman ohista.
Ozroq bo‘lsa ham, qo‘shay —
Tinchlik ishiga hissa.
Uchiraman, Oq kaptar —
Intiladi ilgari.
Yarqiraydi qanotlar
Oq samolyot singari.
Ko‘z solaman:
Har uydan
Uchib chiqar oq kaptar.
Charx uradi osmonda,
Tinchlik! — deya solib jar:
Bilsin urishqoq, jallod,
Qotil, odamxo‘r, battol.
Tinchlik istar yosh avlod,
Katta-kichik, er-ayol!
Urush bo‘lmay jahonda
Tinchlik bo‘lsin barqaror!
Erkin uchsin osmonda
Tinchlik qushi — oq kaptar!..

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling