Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
2-modda
Tushunchalar Ushbu Shartnoma va Yo‘riqnoma maqsadlari uchun, agar boshqacha qoida bayon qilinmagan bo‘lsa: (i) “talabnoma” ixtironi muhofaza qilish uchun talabnomani anglatadi; “talabnoma”ga havolalar patentlar, mualliflik guvohnomalari, foydalilik to‘g‘risida guvohnomalar, foydali modellar, qo‘shimcha patentlar yoki qo‘shimcha guvohnomalar, qo‘shimcha mualliflik guvohnomalari va foydalilik to‘g‘risida qo‘shimcha guvohnomalar sifatida tushunilishi kerak; (ii) “patent”ga havolalar patentlar, mualliflik guvohnomalari, foydalilik to‘g‘risida guvohnomalar, foydali modellar, qo‘shimcha patentlar yoki qo‘shimcha guvohnomalar, qo‘shimcha mualliflik guvohnomalari va foydalilik to‘g‘risida qo‘shimcha guvohnomalar sifatida tushunilishi kerak; (iii) “milliy patent” milliy organ tomonidan berilgan patentni anglatadi; (iv) “mintaqaviy patent” milliy yoki patentlarni berish huquqiga ega bo‘lgan hukumatlararo organ tomonidan berilgan, bittadan ortiq davlatda amal qiladigan patentni anglatadi; (v) “mintaqaviy talabnoma” mintaqaviy patent uchun talabnomani anglatadi; (vi) “milliy talabnoma”ga havolalar milliy patentlar va mintaqaviy patentlar uchun talabnomalarga havolalar sifatida tushunilishi kerak, ushbu Shartnomaga muvofiq berilgan talabnomalar bundan mustasno; (vii) “xalqaro talabnoma” ushbu Shartnomaga muvofiq berilgan talabnomani anglatadi; “talabnoma”ga havolalar xalqaro talabnomalarga va milliy talabnomalarga havolalar sifatida tushunilishi kerak; (ix) “patent”ga havolalar milliy patentlar va mintaqaviy patentlarga havolalar sifatida tushunilishi kerak; (x) “milliy qonunchilik”ka havolalar Ahdlashuvchi davlatning milliy qonunchiligiga yoki mintaqaviy talabnoma yoxud mintaqaviy patent haqida so‘z yuritilayotganda mintaqaviy talabnomalar yoki mintaqaviy patentlar berishni nazarda tutadigan shartnomaga havolalar sifatida tushunilishi kerak; (xi) muddatlarni hisoblash maqsadlari uchun “ustuvorlik sanasi” quyidagilarni anglatadi: (a) agar xalqaro shartnoma 8-moddaga muvofiq ustuvorlikka da’voni ichiga olsa, ustuvorligi bunday tarzda so‘ralayotgan talabnomaning berilgan sanasi; (b) agar xalqaro shartnoma 8-moddaga muvofiq bir nechta ustuvorlikka da’voni ichiga olsa, ustuvorligi bunday tarzda so‘ralayotgan eng erta berilgan talabnomaning sanasi; (c) agar xalqaro talabnoma 8-moddaga muvofiq ustuvorlikka da’voni ichiga olmasa, ushbu talabnomaning berilgan sanasi; (xii) “milliy idora” hukumat organini yoki patentlarni berishga vakolatli bo‘lgan Ahdlashuvchi davlatni anglatadi; “milliy idora”ga havolalar bir nechta davlatlar tomonidan mintaqaviy patentlarni berishga vakil qilingan har qanday hukumatlararo organga havola sifatida tushunilishi kerak, shu shart bilanki, bunda ushbu davlatlardan eng kamida bittasi Ahdlashuvchi davlat bo‘lishi va ushbu davlatlar yuqorida qayd etilgan organga mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma milliy idoralarga nisbatan nazarda tutadigan majburiyatlarni zimmasiga olishga va huquqlarni amalga oshirishga vakolat bergan bo‘lishi kerak; (xiii) “ko‘rsatilgan idora” ushbu Shartnomaning I bobiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan davlatning milliy idorasini yoki davlat nomidan amal qiladigan milliy idorani anglatadi; (xiv) “tanlangan idora” ushbu Shartnomaning II bobiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan tanlangan davlatning milliy idorasini yoki davlat nomidan amal qiladigan milliy idorani anglatadi; (xv) “qabul qiluvchi idora” xalqaro talabnoma beriladigan milliy idorani yoki hukumatlararo tashkilotni anglatadi; (xvi) “Ittifoq” Xalqaro patent kooperatsiyasi ittifoqini anglatadi; (xvii) “Assambleya” Ittifoq Assambleyasini anglatadi; (xviii) “Tashkilot” Jahon intellektual mulk tashkilotini anglatadi; (xix) “Xalqaro byuro” Tashkilotning Xalqaro byurosini va Xalqaro intellektual mulkni muhofaza qilish bo‘yicha birlashgan byurolarni (BIRPI) BIRPI mavjud bo‘lishiga qadar anglatadi; (xx) “Bosh direktor” Tashkilotning Bosh direktorini va BIRPI mavjud bo‘lishiga qadar BIRPI direktorini anglatadi. Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling