Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
-modda Xalqaro talabnomani Xalqaro byuroga va Xalqaro izlash organiga yuborish
Download 194.36 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-modda Ko‘rsatilgan idoralar tomonidan xalqaro talabnoma nusxasini olish imkoniyati
- 14-modda Xalqaro talabnomaning ayrim kamchiliklari
12-modda
Xalqaro talabnomani Xalqaro byuroga va Xalqaro izlash organiga yuborish (1) Yo‘riqnomada nazarda tutilgan tartib-taomilga muvofiq, xalqaro talabnomaning bir nusxasi qabul qiluvchi idorada (“qabul qiluvchi idoraning nusxasi”) saqlanadi, bir nusxasi (“ro‘yxatdan o‘tkaziladigan nusxasi”) Xalqaro byuroga jo‘natiladi va bir nusxasi (“izlash uchun nusxasi”) 16-moddada qayd etib o‘tilgan vakolatli Xalqaro izlash organiga jo‘natiladi. (2) Ro‘yxatdan o‘tkaziladigan nusxasi xalqaro talabnomaning asli deb hisoblanadi. (3) Agar ro‘yxatdan o‘tkaziladigan nusxasi belgilangan muddatda Xalqaro byuro tomonidan olinmagan bo‘lsa, xalqaro talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanadi. 13-modda Ko‘rsatilgan idoralar tomonidan xalqaro talabnoma nusxasini olish imkoniyati (1) Har qanday ko‘rsatilgan idora Xalqaro byurodan unga xalqaro talabnomaning nusxasini 20-moddada nazarda tutilgan yuborishga qadar jo‘natishni so‘rashi mumkin va Xalqaro byuro ustuvorlik sanasidan e’tiboran bir yil o‘tgach darhol bunday nusxani ko‘rsatilgan idoraga yuboradi. (2) (a) Talabnoma beruvchi o‘z xalqaro talabnomasining nusxasini har qanday vaqtda har qanday ko‘rsatilgan idoraga yuborishi mumkin. (b) Talabnoma beruvchi Xalqaro byurodan o‘zidagi xalqaro talabnomaning nusxasini har qanday vaqtda har qanday ko‘rsatilgan idoraga yuborishni so‘rashi mumkin va Xalqaro byuro nusxani bunday idoraga darhol yuboradi. (c) Har qanday milliy idora Xalqaro byuroni u (b) kichik bandida nazarda tutilgani kabi nusxalarni olishni istamasligini xabardor qilishi mumkin; bunday holatda qayd etib o‘tilgan kichik bandi ushbu idoraga nisbatan qo‘llanilmaydi. 14-modda Xalqaro talabnomaning ayrim kamchiliklari (1) (a) Qabul qiluvchi idora xalqaro talabnomada kamchiliklardan biror-biri mavjudligini, aynan esa quyidagilarni tekshiradi: (i) Yo‘riqnomada nazarda tutilganidek imzolanmaganligi; (ii) talabnoma beruvchi to‘g‘risida belgilangan ma’lumotlar mavjud emasligi; (iii) nomi mavjud emasligi; (iv) referat mavjud emasligi; (v) xalqaro talabnomani rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarga Yo‘riqnomada nazarda tutilgani darajasida qanoatlantirmasligi. (b) Agar qabul qiluvchi idora qayd etib o‘tilgan kamchiliklardan biror-biri mavjudligini aniqlasa, u talabnoma beruvchiga xalqaro talabnomani belgilangan muddatda to‘g‘irlashni taklif qiladi; ushbu talab bajarilmagan taqdirda, talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi. (2) Agar xalqaro talabnomada chizmalarga havola qilinsa va ular haqiqatda ham talabnomaga kiritilmagan bo‘lsa, qabul qiluvchi idora bu haqda talabnoma beruvchini xabardor qiladi va u belgilangan muddatda chizmalarni taqdim etishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi buni bajarsa, qabul qiluvchi idora tomonidan chizmalar olingan sana xalqaro berilgan sana deb hisoblanadi. Aks holda mazkur chizmalarga har qanday havola haqiqiy emas deb hisoblanadi. (3) (a) Agar qabul qiluvchi idora 3(4)(iv)-moddada nazarda tutilgan bojlar belgilangan muddatda to‘lanmaganligini yoki 4(2)-moddada nazarda tutilgan boj ko‘rsatilgan davlatlardan hech biriga to‘lanmaganligini aniqlasa, xalqaro talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi. (b) Agar qabul qiluvchi idora 4(2)-moddada nazarda tutilgan boj belgilangan muddatda bitta yoki undan ortiq davlatga to‘langanligini, ammo barcha ko‘rsatilgan davlatlarga ham to‘lanmaganligini aniqlasa, belgilangan muddatda boj to‘lanmagan davlatlarni ko‘rsatilganligi olib qo‘yilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi. (4) Agar qabul qiluvchi idora xalqaro talabnomani xalqaro berish sanasi aniqlanganidan keyin belgilangan muddatda 11-moddaning (1)-bandi (i) — (iii) kichik bandlarida sanab o‘tilgan talablardan biror-biri ushbu sanaga bajarilmaganligini aniqlasa, mazkur talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanadi va qabul qiluvchi idora ushbu olib qo‘yish haqida ma’lum qiladi. Download 194.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling