Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Xalqaro izlash organi


Download 194.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/36
Sana17.06.2023
Hajmi194.36 Kb.
#1550642
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

16-modda
Xalqaro izlash organi
(1) Xalqaro izlash Xalqaro izlash organi tomonidan o‘tkaziladi, mazkur organ sifatida milliy
idora yoki hukumatlararo tashkilot, masalan Xalqaro patent instituti bo‘lishi mumkin, uning


vazifalari qatoriga bayon qilingan ixtirolarga nisbatan texnika darajasini aniqlash bo‘yicha izlash
haqidagi hujjatlashtirilgan hisobotlarni tayyorlash kiradi.
(2) Agar yagona Xalqaro izlash organi ta’sis qilinishiga qadar bo‘lgan davrda bir nechta
xalqaro izlash organi mavjud bo‘lsa, har bir qabul qiluvchi idora (3)(b)-bandida qayd etib o‘tilgan
kelishuv shartlariga muvofiq Xalqaro izlash organini yoki ushbu idoraga beriladigan xalqaro
talabnomalar bo‘yicha izlashni o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan organlarni ko‘rsatadi.
(3) (a) Xalqaro izlash organlari Assambleya tomonidan tayinlanadi. (s) kichik bandida nazarda
tutilgan talablarga javob beradigan har qanday milliy idora yoki har qanday hukumatlararo
tashkilot xalqaro izlash organi sifatida tayinlanishi mumkin.
(b) Tayinlash bunday Organ sifatida tayinlanadigan milliy idora yoki hukumatlararo
tashkilotning roziligi bilan hamda ushbu idora yoki tashkilot va Xalqaro byuro o‘rtasida Assambleya
tomonidan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan kelishuv tuzilganligi sharti bilan amalga oshiriladi.
Kelishuvda tomonlarning huquq va majburiyatlari, xususan bunday idora yoki tashkilotning xalqaro
izlashning barcha umumiy qoidalarini qo‘llash va ularga rioya qilish yuzasidan rasmiy majburiyati
belgilanishi kerak.
(s) Yo‘riqnoma, xususan tayinlanishi mumkin bo‘lishidan oldin har qanday idora yoki tashkilot
javob berishi kerak bo‘lgan va ularni tayinlashning jami muddati davomida ular javob berishi kerak
bo‘lgan xodimlar va hujjatlarga nisbatan eng kam talablarni nazarda tutadi.
(d) Tayinlash ma’lum bir muddatga amalga oshiriladi, mazkur muddat uzaytirilishi mumkin.
(e) Biror-bir milliy idorani yoki hukumatlararo tashkilotni tayinlash, shuningdek bunday
tayinlash muddatini uzaytirish yoki tugatish haqida qaror qabul qilishdan avval Assambleya
manfaatdor idorani yoki tashkilotni eshitadi va 56-moddada qayd etib o‘tilgan Texnik hamkorlik
qo‘mitasining fikrini ushbu Qo‘mita tuzilganidan keyin so‘raydi.

Download 194.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling