Patentshunoslik, lisenziyalash va sertifikatlashtirish” fanidan 2-topshiriq refarat


adabiyot, fan va san’at asarlari, audiovizual asarlar


Download 25.6 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi25.6 Kb.
#1387005
1   2   3   4
Bog'liq
2 topshiriq 1111

adabiyot, fan va san’at asarlari, audiovizual asarlar – bu ob’ektlar, odatda, muayyan ob’ektiv shaklda aks ettirilgan yoki ifodalangan asarlarning asl nusxalari, masalan, bosma matn, surat, musiqiy klip va shu kabilar;
ixtirolar – bu yangi g‘oya, texnik yechim bo‘lib, amaliyotda texnikaning biror–bir sohasidagi muayyan muammoni hal qilish imkonini beradi va belgilangan mezonlarga javob beradi. Shuni qayd etish kerakki, ixtirolarga foydali modellar deb ataladigan ob’ektlar ancha yaqin turadi.
sanoat namunalari – bu buyumning tashqi ko‘rinishini belgilab beradigan badiiy–konstruktorlik yechimi (dizayni)dir;
tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari – bir ishlab chiqaruvchining tovarlari va xizmatlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shu kabi tovarlari va xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilardir; Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi va firma nomlari o‘z mohiyatiga ko‘ra bir maqsadga xizmat qiladi, xususan tovar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida halol raqobatni ta’minlash vosita bo‘ladi, iste’molchi u yoki bu tovar (xizmat)larni sotib olar ekan, shu nom va belgilar orqali bu tovar (xizmat)ning muayyan ishlab chiqaruvchisi kimligini aniqlab oladi. Intellektual mulkning bu ob’ektlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilari va ular ishlab chiqaradigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)larni xususiy alomatlarini aks ettiruvchi (individuallashtirish) vositasi sifatida bitta umumiy tushunchaga birlashtirilishi mumkin.
tovarlarning kelib chiqish joyi nomi – mamlakat, aholi punkti yoki boshqa geografik ob’ektning tovarni belgilash uchun foydalaniladigan nomidir. Bunda tovarning alohida xususiyatlari to‘la yoki qisman bo‘lsa ham ushbu geografik ob’ektga xos tabiiy sharoitlar yoki inson omillari bilan belgilanadi;
firma nomlari – muayyan mavqega ega bo‘lgan firmalarning nomlari;
EHM uchun dasturlar – EHM va uning tarmog‘lari ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va komanda (buyruq)lar majmui; EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari o‘z mohiyati jihatidan sanoat mulkiga nisbatan mualliflik huquqlari ob’ektlariga ancha yaqin. Shuning uchun ularni mualliflik huquqlari me’yorlari bilan muhofaza qilish qabul qilingan.

Download 25.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling