Patentshunoslik, lisenziyalash va sertifikatlashtirish” fanidan 2-topshiriq refarat


Download 25.6 Kb.
bet4/4
Sana23.04.2023
Hajmi25.6 Kb.
#1387005
1   2   3   4
Bog'liq
2 topshiriq 1111

ma’lumotlar bazalari – axborotni kompyuterda qidirish va ishlov berish imkoniyatini ta’minlash maqsadlarida sistemalashtirilgan ma’lumotlar majmui.
integral mikrochizmalar topologiyasi – integral chizma elementlari va ular o‘rtasidagi aloqalar majmuining moddiy eltuvchida qayd qilingan fazoviy–geometrik joylashuvi. Topologiyalarning moddiy eltuvchilari integral mikrochizmalar kristali, ya’ni yarimo‘tkazgich plastina qismi bo‘lib, uning hajmi va yuzasida yarimo‘tkazgich mikrochizmalar, elementlararo birikmalar va kontakt maydonlari elementlari shakllangandir;
seleksiya yutuqlari – o‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratish vazifalarining biologik yechimi bo‘lib, bu yaratilgan nav va zotlar barchaga ma’lum nav va zotlardan aniq farqlanib turadigan, yetarli darajada bir jinsli va barqaror hamda ro‘yxati qonunda ko‘zda tutilgan tartibda belgilangan botanik va zoologik liniyalar va turlarga oid bo‘ladi.
Oshkor etilmagan axborot, ishlab chiqarish sirlari (nou–xau) – xizmat va tijorat siri bo‘lgan va uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmaganligi uchun qimmatga ega bo‘lgan axborot.
Ushbu ro‘yxat bugungi kunda mukammal va to‘liq ro‘yxat hisoblanadi. Ob’ektlarni bunday tasniflashdan maqsad intellektual faoliyatning mavjud barcha turlarini har tomonlama huquqiy muhofazalash imkonini beradigan tizimni yaratishdan iboratdir. Lekin bilimlarning yangi sohalari rivojlanib borgani sari intellektual mulk ham yangi ob’ektlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Masalan, bundan 50 yil oldin hech kim integral mikrosxemalar topologiyasi deb atalgan ob’ektning paydo bo‘lishi va jadal rivojlanishini tasavvur ham qila olmagan edi. Bugungi kunda biz biotexnologiyalar, gen muhandisligining jadal rivojlanayotganini ko‘ramiz. Bir necha yillardan so‘ng bugungi kundagi mavjud standartlarga to‘g‘ri kelmaydigan yangi ob’ektlarning paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
BIMT statistikasining ko‘rsatishicha, jahonda har yili millionga yaqin yangi ixtiro, yarim millionga yaqin sanoat namunasi, milliondan ortiq tovar belgilari yaratiladi, yaratilayotgan adabiyot va san’at asarlarining miqdori shunchalik kattaki, rasmiy jihatdan ularni hisob–kitob qilib bo‘lmaydi.
Xulosa qilib shuni qayd etib o‘tish mumkinki, intellektual mulk ob’ektlari nafaqat industrial va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi, balki fan va texnika sohasida axborot almashinishning muhim vositasi, jamiyat madaniy rivojining ko‘rsatkichi bo‘lib qoldi.
Download 25.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling