Patentshunoslik, lisenziyalash va sertifikatlashtirish” fanidan 2-topshiriq refarat


Intellektual mulk ob’ektlarining tasnifi va tavsiflari


Download 25.6 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi25.6 Kb.
#1387005
1   2   3   4
Bog'liq
2 topshiriq 1111

2. Intellektual mulk ob’ektlarining tasnifi va tavsiflari.

Intellektual mulk ob’ektlarining har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi ravshan. Demak, bu ob’ektlarni huquqiy muhofazalash samaradorligining yuqori bo‘lishi uchun bu ob’ektlarning muayyan xususiyatlarini hisobga oladigan turli huquqiy himoya tartiblari zarur bo‘ladi.
Intellektual mulk ob’ektlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, shuni qayd etish mumkinki, intellektual mulkda ob’ektlarning ikki guruhi alohida ajralib turadi: san’at bilan bog‘liq badiiy asarlar va sanoat tarmog‘i – xususan yangi buyumlar, tovarlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va bozorga taklif etish bilan bog‘liq ob’ektlar.
Aynan ana shu vaziyatlar XX asrda jahonda umum qabul qilingan xalqaro huquqiy standartlar shakllanishiga olib keldi, shunga muvofiq intellektual mulk o‘z ichiga ikki asosiy huquqlar sohasini oladi:
mualliflik va turdosh huquqlar, unga muvofiq ilmiy, adabiy, musiqiy, badiiy, fotografiya va audiovizual asarlarga huquqlar, shuningdek fonogramma ishlab chiqaruvchilar va ijrochilar, efir va kabel eshittirishlari tashkilotlarining huquqlari himoya qilinadi;
● sanoat mulki, u ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, shuningdek tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joyi, firma nomlariga huquqlarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari noan’anaviy intellektual mulk ob’ektlari ham mavjud bo‘lib, ular mualliflik huquqi va sanoat mulki o‘rtasida turib, o‘z ichiga: EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari; integral mikrosxemalar topologiyasi; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot (nou–xau)larni oladi.
Sanab o‘tilgan barcha muayyan huquqiy muhofaza ob’ektlari, xususan, badiiy asarlar va san’at turlari, ixtirolar, tovar belgilari, EHM uchun dasturlar va hokazolar intellektual mulk ob’ektlari deb ataladi.
Intellektual mulkning ikkita asosiy huquq sohasiga bo‘linishi sabablarini tushunish uchun eng avvalo yuqorida qayd etilgan intellektual mulk ob’ektlarini to‘laroq ko‘rib chiqamiz:

Download 25.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling