Paxta sanoati mashinalarini ishlab chiqarish
Super-III markali paxta tozalagich
Download 262.45 Kb.
|
1-PSMT maruza darsi
Super-III markali paxta tozalagich (1.14-rasm). Paxtani yirik iflosliklardan tozalashga mo’ljallangan bo’lib ikkita tozalash va regeneratsiya seksiyasidan iborat,
asosiy ishchi organlari arrachali (2), cho’tkali (5) barabanlar va ularni yon tomonlariga, ma’lum oraliq bilan joylashtirilgan kolosnikli panjaralardan tashkil topgan [4]. Tozalagich quyidagi tartibda ishlaydi. Paxta qiya tarnov (1) orqali arrachali barabanni birinchi seksiyasiga tushadi va tishlarga ilashib kolosnikli panjara (4) tomonga harakatlanadi. Kolosnik panjaradan oldin qo’zg’almas cho’tka (3) o’rnatilgan bo’lib, u paxtani baraban uzunligi bo’yicha bir tekis taqsimlaydi va arracha tishlariga ilashishini mahkamlaydi. 1.14-rasm. Super-III markali tozalagichning tashqi ko’rinishi va texnologik shemasi. 1-paxta uzatish tarnovi; 2-arrali barabanlar; 3-paxtani bosib beruvchi qo’zg’almas cho’tka; 4-kolosniklar; 5-cho’tkali barabanlar; 6,7,10-tozalangan paxtani chiqarish lotogi; 8-yo’naltiruvchi qiya yuza; 9-ifloslik bunkeri. Paxta kolosnik panjara yuzasi bo’ylab harakatlanganda aylanayotgan barabanni zarbasi va markazdan qochma kuch ta’sirida ifloslik bilan tola o’rtasidagi bog’lanish bo’shashadi va yo’qoladi, natijada iflosliklar kolosnik panjara orqali chiqib ketadi. Tozalangan paxta arrachali baraban yuzasidan cho’tkali baraban (5) yordamida ajratiladi va yo’naltiruvchi tarnoviga tashlab beriladi. Ifloslik bilan birga tushgan paxta qismi ikkinchi seksiyada qayta tozalanadi. Ifloslik bilan birga tushgan paxta bo’laklari regeneratsiya seksiyasida ajratib olinadi va tozalanib cho’tkali baraban yordamida umumiy paxta oqimiga qo’shiladi. Tolani chigitdan ajratish maxsus mashinalar – arrali va go’lachali jinlarda o’tkaziladi. Bunda tola arralar yoki charmli ishchi go’lachalar yordamida ushlanib, kolosniklar oralig’idan yoki qo’zg’almas metaldan qilingan pichoqni qirralarini orqa tomoniga tortilib amalga oshiriladi. Tolani qo’shimcha iflosliklardan tozalash ham aylanuvchi arrali silindrli va qotiriluvchi o’zakli kolosnikli ko’p seksiyali mashinalarda o’tkaziladi (1.15-rasm). 1.24-rasm. MYJ-118 rusumli jin taminlagichning tashqi ko’rinishi va ko’ndalang qirqimi 1-ta’minlovchi valiklar; 2-qoziqchali tituvchi baraban; 3-to’rli yuza; 4-nov; 5-arrachali baraban; 6-dumaloq kolosniklar; 7-tushiruvchi-kurakchali baraban; 8-arrachali regeneratsion baraban; 9-iflosliklarni chiqaruvchi bu- ramali konveyer; 10-tozalangan paxtani uzatuvchi nov 1.8-jadval MYJ-118 rusumli arrali jinning texnik ko’rsatkichlari Tola bo’yicha ish unumdorligi, kg/soat 800÷1000 O’qdagi arrali disklar soni, dona 118 Arrali diska (aylana) diametri, mm 320 Arrali diskdagi tishlar soni, dona 330 Arrali disk tishlarining ishchi kameraga kirib turishi, mm 50÷53 Elektrodvigatel quvvati, kVt 45 Arralar bilan cho’tkali baraban orasi, mm 0,0÷1,0 Gabarit o’lchamlari, mm: Uzunligi 2858 Eni 2600 Balandiigi 2640 1.16-rasmda paxta tolasini tozalashda ishlatiladigan MQP 400-2000 rusumli tola tozalagich ko’rinishi keltirilgan. 1.16-rasm. MQP 400-2000 rusumli arrali tola tozalagich ko’ndalang qirqimi tola beruvchi quvur; 2-yo’naltiruvchi to’sqich; 3-katta to’rli baraban; 4-tushiruvchi valiklar; 5-zichlovchi valiklar; 6-ta’minlovchi valik; 7-ta’minlovchi stolcha; 8, 9-kolosniklar; 10-arralar yig’indisi (silindr); 11-ajratuvchi-cho’tkali baraban; 12-chiqindi bunkeri; 13-ifloslik chiquvchi buramali konveyer; 14-mashinaning asosi; 15-umumiy tola ketuvchi quvur. Momiqni chigitdan ajratish jarayoni linter mashinalarida bajariladi. Bunda arrali ishchi silindr ajraluvchi kalta tolani kolosnikli panjara orqasi tomon tortadi [5]. Tola va momiqni kipga presslash uchun suyuqlik bilan ishlovchi quvvatli presslash mashinasi qo’llaniladi. Maxsus zichlovchi yashikda tola oldin taxlanib, sekin-sekin zichlanib, keyin kip ko’rinishida bog’lab olinadi. Download 262.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling