Paxta sanoati mashinalarini ishlab chiqarish
Paxtaning tolasini ajratish (jinlash)
Download 262.45 Kb.
|
1-PSMT maruza darsi
Paxtaning tolasini ajratish (jinlash) da arrali jinlardan foydalaniladi. Arrali jinlarning asosiy ishchi qismi arrali silindr hamda kolosniklardan yig’ilgan panjaradan tashkil topgan. Bu ikki ishchi qismning bir-biri bilan bo’lgan o’zaro ta’siri natijasida tola chigitdan ajratiladi, ya’ni jinning ishchi kamerasiga tushgan chigitli paxta chigit tarog’ining ustida aylanayotgan arra tishlari ilib olib, arra yoyi bo’ylab sudrab, kolosnikning ishchi qismiga olib keladi. Arra tishlariga ilingan tolali chigitlar boshqa tolali chigitlarni ilashtirib ularni ham tortadi: shu tartibda arraning aylanishi hamda tolali chigitlarning bir-biriga ilashishi natijasida ishchi kamerada paxta aralashmasi aylana boshlaydi. Shunday qilib arraning aylanishiga qarshi tomonga aylanuvchi xomashyo go’lachasi hosil bo’lib, u arra tishlarini tola bilan uzluksiz ta’minlaydi.
Arra tishlariga ilingan tolalar kolosniklarning oralaridan olib o’tiladi, chigitlar esa kolosnik oralig’iga sig’masdan o’ta olmay qolishadi, shu paytda toladan ajraladi. Ajralgan tolalar panjara tirqishidan o’tib havo kamerasining soplosigacha arra tishida boradi. Soplodan chiqayotgan havo bilan birgalikda tola tozalagichga boradi, keyin tola olib ketish quvuridan kondensorga boradi [2]. Iflosliklar va o’lyuk toladan og’irroq bo’lgani tufayli markazdan qochma kuch ta’sirida kameraning tolalar kirish tirqish yonidan uchib o’tadi va o’lyuk konveyeriga tushadi. Ko’rsatilgan aralashmalar o’lyuk konveyeri yordamida so’rib olib ketish quvuriga yo’llanadi va havo yordamida olib ketiladi. Tolalaridan ajratilgan chigitlar xomashyo go’lachasiga ilakisha olmay ajralib qoladi va kolosniklar orqali tarnovdan tushib, mashinadan olib ketiladi. Hozirgi kunda paxtani dastlabki ishlash korxonalarida toladan chigitlarni ajratishda 4DP-130 (1.7-rasm) va 5DP-130 (1.8-rasm) arrali jinlaridan keng foydalanib kelinmoqda. 1.7-rasm. 4DP-130 arrali jinning ta’minlagichi bilan ko’ndalang qirqimi sxemasi 1-ishchi kamera; 2- arrali silindr ; 3- kolosnik; 4-fartuk; 5-tola ajratish havo kamerasi; 6- ifloslik konveyeri; 7-o’lik konveyeri; 8-chigit tarog’i; 9-brus. Titilgan va tozalangan paxta ta’minlagichdan tarnov orqali ishchi kameraga tushadi va aylanib turgan xomashyo go’lachashiga qo’shiladi. Arralar paxta go’lachashiga kirib tishlari bilan tolali chigitlarni ilib oladi va kolosnikli panjaraning ishchi yuzasigacha surib boradi u yerda chigitlardan tola ajraladi. Ajratilgan tola panjara tirqishidan o’tib havo kamerasining soplosigacha arra tishida boradi. 1.8- rasm. 5DP-130 arrali jinning ta’minlagichi bilan ko’ndalang qirqimi sxemasi 1-ishchi kamera; 2-arrali silindr ; 3-bir tomonlama qotirilgan kolosniklar; 4-oldingi fartuk; 5-chigit tarog’i; 6-yuqori brus; 7-havo kamerasi; 8-ifloslik konveyeri; Bu jinlarda kolosniklar soni 131 tadan bo’lib, kolosniklarning orasida 130 ta arra joylashgan. Arralarning orasiga qistirmalar qo’yilgan bo’lib, qistirmalarning eni arralarni ikkita kolosnikning o’rtasida joylashishishini ta’minlab beradi. Ishlab chiqarish korxonalaridagi 4DP-130, 5DP-130 rusumidagi arrali jin mashinalarining texnik tasniflari 1.4-jadvalda keltirilgan.
1.4-jadval 4DP-130,5DP-130 rusumidagi arrali jin mashinalarini texnik ma’lumotlari Tola tozalagichlar har qaysi jinga alohida bir yoki ikki qatorga bo’linishi mumkin. Tolani tozalash paxta tozalash korxonalarida asosan bir bosqichli tola tozalagichlarda amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda paxta tozalash korxonalarida ko’p bosqichli tola tozalagich 1VP bir bosqichli 1VPU rusumli tola tozalagichlari qo’llanilmoqda (1.9, 1.10-rasmlar). 1.9-rasm. 1VP tola tozalagich sxemasi 1- arrali silindr; 2- ajratgich; 3- qabul qilish bo’g’izi; 4,6- tekis yo’naltirish cho’tkasi; 5- kolosnikli panjara; 7- jalyuzali panjara; 8 -chiqindilar kamerasi; 9- ustki qopqoq; 10- olib ketish bo’g’izi; 11- ajratgich-pichoq. 1.10-rasm. 1VPU tola tozalagich sxemasi 1- qabul qilish bo’g’izi; 2- tekis yo’naltirish cho’tkasi; 3- jalyuzali panjara; 4- chiqindilar kamerasi; 5- kolosnikli panjara; 6- arrali silindr; 7- pichoq; 8-olib ketish bo’g’izi. 1.5-jadval Tola tozalagichlarning texnik tavsiflari
Paxta tozalash korxonalarida chigitdan momiq ajratish linterlarda bir necha karrali va turli tezkorlikda amalga oshiriladi. U yoki bu turdagi momiq olinishining zarurligiga qarab quyidagi texnologiyalar qo’llanilishi mumkin: -ikki marta, birinchisida kuchaytirilgan linterlash yo’li bilan, ikki marta, ikkinchisida kuchaytirilgan linterlash yo’li bilan. Bu maqsadiar uchun hozirda 5LP rusumli linter agregatlari qo’llanilib, ularning hammasida arra tishidan momiq havo yordamida ajratiladi. Linterlarda momiq ajratish usuli arralarni aylanib turgan chigit valigiga mexanik usulda ta’sir etib, chigitlar yuzasidan momiq qirib olishiga, so’ngra arra tishidan havo yordamida ajratilishiga va kondensorgacha olib borilib, u yerda havodan ajratishga asoslangan. Linterlarning asosiy ko’rsatkichlari, chigitdan ajratilgan momiq miqdori va chigit bo’yicha ish unumdorligi hisoblanadi. 5LP linter mashinasing umumiy ko’rinishi 1.11-rasmda keltirilgan. 1.11-rasm. 5LP linterning sxemasi 1-kolosnikli panjara; 2-chigit tarog’i; 3- to’zitkich; 4- ishchi (chigit) kamerasi; 5- zichlik dastagi; 6- magnit plitasi; 7- ta’minlash tarnovi; 8- tekislovchi qoziqli- kurakli baraban; 9- ta’minlash valigi; 10- impulsli varlator; 11- to’rli sirt; 12- ifloslik shnegi; 13- havo kamerasi; 14- o’lik chiqaruvchi; 15- momiq olib ketish quvuri; 16- arrali silindr ; 17, 18 – tarnov 5LP linterning texnik tavsifi quyidagi 1.6-jadvalda keltirilgan. 1.6-jadval UMPL kamerali PMP-160M va 5LP linterlarining texnik tavsifi
Download 262.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling