Payvandlash toki Reja


Download 80.24 Kb.
bet1/7
Sana21.11.2023
Hajmi80.24 Kb.
#1792705
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Payvandlash transformatorlari (1)




Payvandlash toki


Reja:

  1. Tansformator turlari.

  2. Payvandlash toki

  3. Payvandlash transformatorlari turlari.

  4. Payvandlash transformatorlarini tarmoqqa parallel ulash.


Transformatorlarning tuzilishi
Bir fazali yoki uch fazali k u ch t r a n s f o r m a t o r l a r i elektr energiyasini uzoq masofaga uzatishda, uni iste’molchilar orasida taqsimlashda va. umuman, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda ishlatiladi.
Kuch transformatorlarining turlari va ularning parametrlari. Elektr stansiya va podstansiyalariga o‘rnatilgan kuch transformatorlari elektr energiyani bir kuchlanishdan ikkinchisiga o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Transformatorlar uch va bir fazali bo‘lib, hozirda uch fazali transformatorlar eng ko‘p tarqalgan, chunki ularda umumiy quvvati xuddi shuncha bo‘lgan uchta bir fazali transformatorlar foydalanilgandagiga qaraganda isroflar 12—15%, aktiv materiallar sarfi 20—25% ga kam bo‘ladi. Transformatorsozlikdagi taraqqiyot 220 va 500 kV kuchlanishli, quvvati 630 MVA gacha, 330 kV kuchlanishli, quvvati 1000 MVA li uch fazali transformatorlarni va 500/110 kV li, birlik quvvati 250 kVA li avtotransformatorlarni ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Transformatorlar quvvatining chegaraviy qiymati ularni transportirovka qilish sharoitlari, massasi va o‘lchamlari bilan cheklanadi. Bir fazali transformatorlar, odatda, etarli quvvatga ega bo‘lgan uch fazali transformator tayyorlash mumkin bo‘lmagan yoki transportirovka qilish ancha qiyin bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. Bir fazali transformatorlar guruhlarining eng katta quvvati 500 kV kuchlanishda 1600 MVA; 750 kV kuchlanishda 1250 MVA ga teng. Har bir fazadagi turli kuchlanishdagi chulg‘amlar soniga qarab transformatorlar ikki chulg‘amli va uch chulg‘amli transformatorlarga bo‘linadi.
Transformatorning nominal quvvati, kuchlanishi, toki, qisqa tutashuv kuchlanishi, salt ishlash toki, salt ishlash bilan qisqa tutashuvdagi isroflar transformatorning asosiy parametrlari hisoblanadi. Transformatorning nominal quvvati deb uning pasportida ko‘rsatilgan to‘la quvvatining qiymatiga aytilib, nominal chastota va kuchlanishda, o‘rnatish joyi va sovitish muhiti nominal bo‘lgan sharoitlarda transformatorni shu quvvat bilan uzluksiz yuklash mumkin. Transformatorlarning prinspial sxemalari: а)-ikki chulg‘amli; b)-uch chulg‘amli;v)-past chulg‘amli ajratilgan ikki chulg‘am. xil qilib tayyorlanadi. Quvvatlari har xil bo‘lganda har bir alohida chulg‘amlarning nominal quvvatlari orasida eng kattasi transformatorning nominal quvvati deb qabul qilinadi. Chulg‘amlarning nominal kuchlanishlari - taransformatorning salt ishlashida birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarining kuchlanishlaridir. Uch fazali transformator uchun - bu uning liniya (fazalar orasidagi) kuchlanishidir. Bir fazali transformator agar yulduz sxemasida biriktirilib, uch fazali guruhga ulashga mo‘ljallangan bo‘lsa, bu kuchlanish U/ ga teng bo‘ladi. Transformator yuklama bilan ishlaganda va uning birlamchi chulg‘ami qisqichlariga nominal kuchlanish berilganda ikkilamchi chulg‘amdagi kuchlanish nominalga qaraganda transformatorda isrof bo‘lgan kuchlanishning kattaligiga teng bo‘lgan miqdorga kichik bo‘lad. Salt ishlashdagi ΔRc va qisqa tutashishdagi ΔRk isroflar transformatorning qanchalik darajada tejamli ishlashini bildiradi. Salt ishlashdagi isroflar po‘latning o‘ta magnitlanishi hamda uyurma toklarni hosil bo‘lishidan kelib chiqadigan isroflar yig‘indisidan iborat. Qisqa tutashuv isrofida chulg‘amlardan yuklama toki o‘tganda hosil bo‘ladigan isroflar, transformator chulg‘amlari va tuzilishidan kelib chiqadigan qo‘shimcha isroflar kiradi. Sochilish magnit maydonlari chulg‘amning chekka o‘ramlari hamda transformator tuzilishlari (bak devorlari, yarmo balkalari va hokazolar) da uyurma toklar hosil qilib, qo‘shimcha isroflarni keltirib chiqaradi. Ularni kamaytirish uchun chulg‘am ko‘p tomirli transpozitsiyalangan simdan tayyorlanib, bak devorlari esa magnit shuntlari bilan ekranlanadi (to‘siladi). Transformatorlarning chulg‘amlari, odatda, yulduz Y, chiqarilgan neytralli yulduz Yo va uchburchak Δ ko‘rinishidagi sxemalar bo‘yicha ulanadi. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning EYuK lari (E1 va E2) orasidagi fazalar siljishini shartli ravishda ulanishlar guruhi bilan ifodalash qabul qilingan. Uch fazali transformatorlarning chulg‘amlarini turlicha ulash yo‘li bilan ulanishlarning o‘n ikkita turli guruhini hosil qilish mumkin. Bunda chulg‘amlarni yulduz-yulduz sxemasida ulashda istalgan 2, 4, 6, 8, 10, 0 juft guruh, yulduz-uchburchak yoki uchburchak-yulduz sxemasida ulashda istalgan 1, 3, 5, 7, 9, 11 toq guruh hosil qilinadi. Chulg‘amning ulanish sxemasi belgisining o‘ng tomoniga uning ulanish guruhi yoziladi. Chulg‘amlarning nol nuqtasini chiqarib, yulduz sxemasida ulash chulg‘am neytrali yerga tutashtirilishi zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. 330 kV va undan yuqori kuchlanishli transformatorlar va barcha avtotransformatorlarda YuK chulg‘amlari neytralini yerga samarali tutashtirnsh shart. 110, 150 va 220 kV kuchlanishli tizimlar ham asosan neytrali yerga samarali tutashtirilgan holda ishlaydi, biroq bir fazali qisqa tutashuv tokini kamaytirish uchun transformatorlar neytralining bir qismi yerga ulanmaydi.

Download 80.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling