Payvandlash toki Reja
-rasm. Yoy bilan dastaki payvandlash uchun chulg‘amlari suriladigan transformator
Download 80.24 Kb.
|
Mavzu Payvandlash transformatorlari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Flyus qatlami ostida yoy bilan payvandlash uchun TDF transformatori.
- 4-rasm. Ta’minlash manbalarining volt-amper tavsifi (1 va 2) va flyus ostida payvandlash turida uzunlikdagi (3 va 4) payvandlash yoyning tavsifi.
2-rasm. Yoy bilan dastaki payvandlash uchun chulg‘amlari suriladigan transformator.
Payvandlash transformatorlari turlari. Payvandlash transformatorlarining texnik tavsifi 1-jadval
Keyingisi energetik kо‘rsatkichlarini yaxshilash uchun birlamchi chulg‘amga kondensatorlar parallel ulanganligi bilan oldingisidan farq qiladi. Chulg‘amlari suriladigan transformatorlar kо‘pincha yoy bilan dastaki payvandlash uchun qо‘llanadi. Bulardan tashqari sochilma oqimini va payvandlash tokini magnit shuntini burab – о‘zakning о‘rtadagi harakatlanuvchi zvenosini burab (STSH markali transformatorlar), о‘zgartiradilar, shuningdek, kichik gabaritli TDP, TSP, ADZ rusumli transformatorlarni qо‘llaydilar, bularda tokni ikkilamchi chulg‘am seksiyalarini qayta ulash bilan yoki qо‘shimcha chulg‘amlar yordamida rostlanadilar. Flyus qatlami ostida suyuqlanadigan elektrod bilan avtomatik va yarim avtomatik payvandlash uchun TDF rusumli maxsus transformatorlar ishlab chiqariladi (3rasmga va jadvalga qarang). 3-rasm. Flyus qatlami ostida yoy bilan payvandlash uchun TDF transformatori. Flyus ostida payvandlashni kattaroq tokda olib boradilar, shuning uchun yoy turg‘un yonadi va yoyni VAT ning о‘sib boradigan shaxobchasida chok sifatli shakllanadi. (4-rasm, 3 va 4 egri chiziqlar). Demak, transformatorning tashqi VAT sekin pasayadigan bо‘lishi lozim (2 egri chiziq VAT ning qiyaligini kattalashtirish payvandlash toki qiymatini kamayishiga olib keladi, bunda payvandlash jarayoni turg‘un bо‘lishi mumkin, chunki yoyning tavsifi manbaning VAT bilan A1 va A2 nuqtalarida kesishishi chap tomonga suriladi. 4-rasm. Ta’minlash manbalarining volt-amper tavsifi (1 va 2) va flyus ostida payvandlash turida uzunlikdagi (3 va 4) payvandlash yoyning tavsifi. TDF transformatorining sekin pasayadigan VATni chulg‘amli 4 (5-rasm) elektromagnit shunti 3 yordamida olinadigan, rostlanadigan alohida tok manbaidan ta’minlanadi. Shunt 3 pо‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan va transformator о‘zagi 1 ning ichida kо‘zg‘almas qilib о‘rnatilgan. о‘zakda har biri ikkita g‘altakdan iborat bо‘lgan birlamchi 2 va ikkilamchi 5 chulg‘amlar о‘rnatilgan. Chulg‘amlar о‘zakda kо‘zg‘almaydigan qilib maxkamlangan va joylashtirilgan, natijada kattalashtirilgan sochilma oqim Fs olinadi. Download 80.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling