Payvandlash xaqida umumiy maxlumolar Reja: Umumiy ma’lumot


Metallarning payvandlanuvchanligi


Download 30.82 Kb.
bet4/13
Sana05.01.2022
Hajmi30.82 Kb.
#204941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
АБОН

Metallarning payvandlanuvchanligi

Metallarning mavjud usullarda texnikaviy talablarga javob bera oladigan darajada

payvandlanish hususiyati ularning payvandlanuvchanligi deyiladi.

Metall va qotishmalarning payvandlanuvchanligi, asosan, ularning ximiyaviy

tarkibiga, tarkibidagi metallmas qo‘shimchalarning xiliga, miqdoriga, taqsimlanishiga

va payvandlash usulining hususiyatiga bog‘liq. Ma’lumki, turli metall konstruksiyalar

olishda asosiy material sifatida po‘latlardan foydalaniladi. Demak, turli qotishmalarning

spetsifik hususiyatlari turlicha bo‘lganligi sababli turlicha payvandlanadi. Kuzatishlar

ko‘rsatadiki, turli qalinlikdagi kam uglerodli oddiy va legirlangan po‘latlar istalgan

temperatura sharoitida yaxshi payvandlanadi. Po‘lat tarkibida uglerod miqdori 0,30%

dan ortishi bilan payvandlashda termik ta’sir zonasidagi temperaturada toblanishi

sababli payvandlanuvchanligi yomonlashadi, chunki, u mo‘rtlashib, darz ketishiga

moyil bo‘lib qoladi. SHu sabali tarkibida 0,30 dan 0, 42% gacha uglerod bo‘lgan

po‘latlar qoniqarli darajada payvandlanuvchi po‘latlarga kiradi. Bu po‘latlarni

belgilangan rejimlarga rioya qilgan holda 50 S dan yuqori temperaturada payvandlamoq

zarur. Agar payvandlanuvchi po‘lat buyum qalin bo‘lsa, uni 100Agar payvandlanuvchi

po‘lat buyum qalin bo‘lsa, uni 100-2000 gacha qizdirib payvandlash maqsadga

muvofiqdir. Po‘latlar tarkibida uglerod miqdori 0,42-0,55% gacha bo‘lsa, bunday

po‘latlarni payvandlash cheklanadi.

Agar po‘latda uglerod miqdori 0.55% dan ortiq bo‘lsa, yomon payvandlanadi.

CHeklangan darajada va yomon payvandlanuvchi po‘latlarni payvandlash zarur bo‘lsa,

sifatli choklar olish uchun ularni payvandlashdan avval 150-5000 S gacha qizdirish.

So‘ngra payvandlangandan keyin termik ishlash zarur.

Metallarning payvandlanuvchanligiga oltingugurt, fosfor, uglerod singari

elementlar salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar uglerodi teng bo‘lgan ushlerodli po‘lat bilan

legirlangan po‘latlarning payvandlanuvchanligini taqqoslasak, legirlangan po‘latlarning

payvandlanuvchanligi plastligini ko‘ramiz. Buning sababi shundaki, bu po‘latlarning

issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lib, tez oksidlanib payvandlanishda karbidlar hosil

qiladi. Natijada mo‘rtlashib, darz ketishga moyil bo‘ladi. SHuning uchun bu xil

po‘latlarni payvandlashda yuqorida qayd etilgan salbiy hususiyatlarni kamaytirish

maqsadida payvandlashda belgilangan rejimlarga rioya qilish kerak. Jumladan, o‘ta

qizdirishga yo‘l qo‘ymaslik, bu buyumni payvandlashdan avval qizdirib olib,

payvandlangandan keyin termik ishlash zarur.

Quyidagi jadval po‘latlarning xili va markasiga ko‘ra payvandlanuvchanligiga

misollar keltirilgan.

Guruhi


Payvandlanuvchanligi

po‘latlarning xili va markasi

uglerodli legirlangan

1 yaxshi


St1, St2, St3, St4, 08,

10, 15, 20, 25, 12kp,

15kp, 16kp, 20kp, 18kp

15G, 20G, 15X, 15XA,

20X, 15XM, 14XGS,

10XGSD, 10XGSND,

15XSND.

2 qoniqarli St5, 30, 35

12XN2, 12XNZA,

14X2MR, 10G2MR,

6

20XNZA, 20XN,



20XGSA, 25XGSA,

30X, 30XM

3 cheklangan St6, 40, 45, 50

35G, 40G, 45G, 40G2,

35X, 40X, 45X, 40XM,

40XMFA, 30XGS,

30XGSA, 35XM, 40XS

4 yomon


60, 70, 75, 80, 85, U7,

U8, U9, U10, U11, U12

50G, 50X, 50XN,

45XNZMFA, 6XS,

9XS, 5XNG, 5XNV

Ma’lumki, cho‘yan tarkibida uglerodning ko‘pligi sababli mo‘rt bo‘lib,

po‘latlarga nisbatan ancha yomon payvandlanadi. Rangli metallar va ularning

qotishmalarining issiqlikni yaxshi o‘tkazishi, oson oksidlanishi, sezilarli darajada

chizig‘iy kengayishi, gazlar (kislorod, azot. vodorod) ni yutishi va boshqa hususiyatlari

payvandlashda ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi, albatta.




Download 30.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling