Payvandlash xaqida umumiy maxlumolar Reja: Umumiy ma’lumot


Download 30.82 Kb.
bet1/13
Sana05.01.2022
Hajmi30.82 Kb.
#204941
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
АБОН


Payvandlash xaqida umumiy maxlumolar

Reja:




  1. Umumiy ma’lumot




  1. Payvandlash usallari va klassifikatsiyasi




  1. Metallarning payvandlanuvchanlig


Umumiy ma’lumot.
Turli konstruksion material bo‘laklarini atomlararo tortishish kuchlari ta’sir

etadigan darajada yaqinlashtirib, yaxlit qilib biriktirish protsessi payvandlash deyiladi.

Materiallarni payvandlash usuli progressiv texnologik protsesslardan biri bo‘lib,

turli qalinlikdagi (5 mk dan 250 mk gacha) xilma-xil materiallarni payvandlash bilan

ajralmaydigan sifatli birikmalar olishga imkon beradi. SHuning uchun bu usuldan

sanoatning deyarli hamma sohalarida jumladan, kema korpuslari, gidroturbina

silindrlari, avtomobil kuzovlari, metall vagonlar tayyorlashda keng foydalanilmoqda.

Mamlakatimizda 1972 yilda 57 mln. t payvand konstruksiyalar tayyorlangan, bu esa

prokat mahsulotining 57,1 protsentini tashkil etadi. Buning boisi shundaki, payvandlash

shu kabi ishlarni bajara oladigan boshqa texnologik protsesslarga, jumladan, parchinlab

quyish yo‘li bilan va bolg‘alab ishlashga qaraganda ish unumining yuqoriligi,

metallning tejalishi, og‘ir sermehnat ishlarni engillashtirishi, puxta chok berishi kabi

qator avzalliklarga ega.

Metallarni payvandlashning oddiy usullari odamlarga qadimdan ma’lum. O‘sha

zamonlarda qoplama bolta, sovut singari turli buyumlar tayyorlaganlar, lekin

payvandlanadigan joylarni qisqa vaqt ichida obdon qizdirib beradigan energiya

manbaalarining yo‘qligi bu usulning rivojlanishiga asosiy to‘siq bo‘lib keladi.

SHuni qayd etish zarurki, 1802 yilda rus olimi V.V.Petrov ko‘mir va metall

sterjenlardan elektr tokini o‘tkazganda hosil bo‘ladigan yuqori temperaturali elektrik

yoy hodisasini o‘rganib, yoy issiqligidan metallarni suyuqlantirishda foydalanish

mumkinligini ko‘satadi. Bu esa o‘z navbatida metallarni payvandlash usulining

rivojlanishiga keng yo‘l ochdi. 1882 yilda rus ixtirochisi, injener N.N.Benardos ko‘mir

elektrod bilan elektrik yoy yordamida metallarni payvandlash usulini ixtiro etdi.


Download 30.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling