Elektr yoyi bilan payvandlash sxemasi
N.G.Slavyanov birinchi bo‘lib payvandlash generatorini hamda payvandlashda
yoy uzunligini avtomatikaviy ravishda rostlab turadigan moslama konstruksiyasini
yaratdi.
Keyinchalik payvandlanadigan joyning o‘zinigina qizdirish uchun nisbatan kuchli
ekzotermik effekt hosil qilib yonadigan aralash moddalardan, shuningdek,
payvandlanayotgan joydan o‘tayotgan elektr toki ta’sirida ajralayotgan issiqlikdan
foydalana boshlandi. Birmuncha keyinroq esa mexanikaviy, gaz-elektrik va boshqa
usullar ixtiro etildi.
Metallarning payvandlashning jadal rivojlanishi XX asrning 30-40 yillariga
to‘g‘ri keladi. Bu yillarda, ayniqsa, Kievda Ukraina SSR Fanlar akademiyasining
elektrik payvandlash instituti kollektivi akademik E.O.Paton rahbarligida metallarni
flyus qatlami ostida elektrik yoy yordamida avtomatikaviy payvandlashning yangi
progressiv usulini ishlab chiqdi. Bu usul xalq xo‘jaligimizda 1940 yildan boshlab keng
qo‘llanila boshlandi. Ayniqsa, Ulug‘ Vatan urushi yillarida qurolli kuchlarimiz uchun
eng zarur qurol-aslahalar ishlab chiqarish sur’atini oshirishda muhim o‘rin egalladi.
Keyingi yillarda metallarni payvandlash sohasida olib borilgan izlanishlar
natijasida elektr-shlag, elektron-nur, ultra-tovush usullarida, plazmada payvandlash va
boshqa qator progressiv usullar yaratildi.
Amalda yuqorida zikr etilgan payvandlash usullarining har biridan qanday
ishlarni bajarishda foydalanish konkret ish xarakteriga ko‘ra, tajriba asosida
tasdiqlangan ko‘rgazmalarga ko‘ra belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |