Payvandlash usallari va klassifikatsiyasi
Metallarni payvandlash usullari GOST19512-84 ga ko‘ra termik, termomexanik
va mexanik sinflarga ajratiladi.
Termik sinf. Materiallarning payvandlanadigan joylarini suyultirib
payvandlashning barcha usullari, jumladan elektr-yoy, elektr-shlak, elektron-nur,
plazma va gaz alangasida payvandlash usullari kiradi.
Termomexanik sinf. Materiallarning payvandlanadigan joylarini qizdirib,
yuqori plastik xolatga keltiribbosim bilan payvandlashning barcha usullari,
jumladanelektr kontakt, gaz alangasida qizdirib preslash, diffuzion payvandlash usullari
kiradi.
Maxanik sinf. bu sinfga oid payvandashning barcha usullari (sovuqlayin
ishqalab, ultrotovush, portlptish va boshqalar) qo‘llanilganda mexanik energiya issiqlik
energiyasiga aylanadi va metall qizib bosim ostida payvandlanadi.
Sanoatda metallarni payvandlashda qo‘llaniladigan usullar juda ko‘p (135 dan
ortiq) bo‘lishiga qaramay, ularning payvandlanish joylarining holatiga, metallni
suyuqlantirish uchun qanday energiyadan foydalanilayotganligiga va protsessning
mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga qarab tubandagi asosiy gruppalarga ajratish
mumkin:
1. Payvandlanish joylarining holatiga ko‘ra:
a) suyuqlantirib payvandlash;
b) plastik holatga kelguncha qizdirib, bosim ostida payvandlash.
2. Metallarni suyuqlantirish uchun qanday energiyadan foydalanganligiga ko‘ra:
a) elektrik;
b) ximiyaviy;
v) mexanikaviy va boshqa xillarga ajratiladi.
3. Protsessning mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko‘ra:
a) dastaki;
b) yarim avtomatikaviy;
5
v) avtomatikaviy.
Do'stlaringiz bilan baham: |