«payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi


-rasm. Valikni eritib qoplash o‘lchamlari


Download 4.55 Mb.
bet16/45
Sana20.10.2023
Hajmi4.55 Mb.
#1712086
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
1-kitob

1-rasm. Valikni eritib qoplash o‘lchamlari.
Eritib valik hosil qilib qoplash mashina va mexanizmlarning yeyilgan detallarini tiklashda ishlatiladi.
To‘g‘ri eritib qoplangan yuzani bir valik ikkinchi valik bilan enini 0,3-0,5 qiymatga qoplab borsa erishiladi. Eni kengaytirilgan choklarni qoplash uchun elektrodni ko‘ndalang tebranma harakatga keltiriladi.
Chok qoplami eni elektrodni 3-4 diametriga teng bo‘lsa normal hisoblanadi. Valiklarni qoplash uchun chapdan o‘ngga yoki o‘ziga nisbatan bajarish tavsiya etiladi. Bu holatda payvandchi yoyni, uning uzunligini, elektrod tomchilarini o‘tishini va valikning shakllanishini yaqqol ko‘radi. Odatda yuzalarga eritib qoplash katta diametrdagi (5-12 mm) elektrod va kuchli toklarda (200-500A va undan ortiq) bajariladi.
Elektrodning tebranma xarakati.
Kerakli kenglikdagi valikni hosil qilish uchun elektrodni ko‘ngdalang tebranma xarakatga keltiriladi. Agar elektrodni chok o‘qiga nisbatan ko‘ndalang tebranma harakat qilmasdan yurg‘izilsa, valikni kengligi (eni) faqat payvandlash toki va payvandlash tezligi orqali aniqlanadi va u 0,8 dan 1,5 elektrod diametriga teng bo‘ladi. Bunday ingichka (ipsimon) choklar yupqa metall varaqlarni payvandlashda, ko‘p qatlamli choklarning birinchi (ildiz) chokini qo‘yishda, tayanib (tiralib) payvandlash usullari va boshqalarda qo‘llaniladi. Ko‘pincha elektrod hosil bo‘ladigan chok, elektrodning 1,5 dan 4 diametrigacha kenglikdagi chok qo‘llaniladi.
Qo‘lda payvandlashda eng ko‘p tarqalgan elektrodni ko‘ndalang harakatlari turi: siniq chiziq orqali to‘g‘ri; yarim oy shaklida, elektrod uchini erigan chokga qaratib; yarim oy shaklida, elektrod uchini payvandlash yo‘nalishiga qarab, uchburchakli, halqasimon, ayrim joylarida ushlanib payvandlash (2-rasm).
Siniq chiziq orqali ko‘ndalang harakatlarni ko‘pincha eritib qoplovchi valiklarda, metalll varaqlarni pastki holatda qirralarini payvandlashga tayyorlamasdan uchma-uch payvandlashda va payvandlanadigan buyumni (detalni) kuydirishni (projog) iloji bo‘lmagan hollarda ishlatiladi.
Yarim oy shaklidagi, elektrod uchini erigan chokga qarata harakati qirralari payvandlashga tayyorlab uchma-uch payvandlashda va kateti 6 mm dan kam burchak choklarda har qanday holatda diametri 4mm gacha elektrodda bajariladi.






Download 4.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling