4-rasm. Payvandlash yo‘nalishi (a) va elektrod qiyaligi (b).
Odatda yoy elektrod o‘qi yo‘nalishini saqlaydi. Elektrodning ko‘rsatilgan qiyaligida nafaqat metalni maksimal erishi va chokni yaxshi shakllanishi, va xatto payvandlash vannasi metalini sovush tezligi kamayadi, bu esa o‘z navbatida chokda issiq darzlar hosil bo‘lishini oldini oladi.
Chok oxiri (nihoyasi)
5-rasm.
1-krater; 2-yoyni yondirish joyi.
Chok oxirida yoyni birdan uzib chok metali yuzasida krater qoldirish mumkin emas. Chunki kraterning metal tarkibida oltingugurt va fosfor aralashmalari borligidan, darzlar hosil bo‘lishi mumkin. Oz uglerodli po‘latlarni payvandlashda kraterni elektrod metali bilan to‘ldirib uni asosiy metal tomoniga olib chiqiladi. Toblanuvchi mikrostrukturalar hosil qilishga moyil po‘latlarni payvandlashda kraterni boshqa tomonga olib chiqish mumkin emas, chunki bunda ham darzlar hosil bo‘lishi mumkin. Chokni eng yaxshi tugatishi (oxiri) bu kraterni metall bilan to‘ldirib elektrodni yoyga tomon harakatini asta tugatishi va sekin asta yoyni uzulguncha uzoqlashtirish.
XII.KERAKLI O‘QUV JIHOZ, ASBOB USKUNA VA ASHYOLAR:
payvandlash transformatori;
mahalliy ventilatsiya (havoni so‘rib almashtirish);
mahalliy yorug‘lik;
payvandchi stoli;
dielektrik gilamcha;
payvandlash kabeli va simlar;
muhofazalovchi shchitok va maska (to‘siq va niqob);
elektrod tutqichi;
payvandchi jamokori;
asbob-uskunalar (metall chyotka, egov, bolg‘a, zubilo, chokni o‘lchash uchun andaza, shakllantiruvchi bolg‘a, chizg‘ich, elektrodlar uchun penal, asboblarni saqlash uchun sandiq);
eritib qoplangan namunalar;
plakatlar (multimedia vositalari);
E-42 yoki E-46 tipdagi 3-5 mm li – bir o‘quvchiga 18 dona elektrodlar
eritib qoplash uchun har bir o‘quvchiga 6 ta dan 250x150x(4-10) o‘lchamli po‘lat taxtalar;
30-40 mm diametrli dumaloq sterjenlar (metall tayoqchalar) – har bir o‘quvchiga 2 ta dan.
Do'stlaringiz bilan baham: |