«payvandlash» yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi
-rasm. Elektrod uchi bilan ko‘ndalang harakatlarning asosiy turlari
Download 4.55 Mb.
|
1-kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrod holati. 3-rasm. Elektrodni asosiy harakatlari sxemasi.
2-rasm. Elektrod uchi bilan ko‘ndalang harakatlarning asosiy turlari.
a, b, c, d-oddiy choklarda; e, f-qirralarini kuchli qizdiriladigan choklarda Uchburchak shakldagi harakatni har qanday fazoviy holatlarda, qirralarini payvandlashga tayyorlab uchma-uch katetlari 6 mm dan ko‘p bo‘lmagan burchak choklarda qo‘llaniladi. Bu hollarda chok ildizi yaxshi erib payvandlanadi va chok tizimi qoniqarli bo‘ladi. Halqasimon shakldagi harakatlar metall chokini qirralarini yuqori qizdirish talab qilgan hollarda, asosan ko‘p legirlangan po‘latdan yasalgan metall varaqlarni payvandlashda ishlatiladi. Bu po‘latlarda oquvchanlik yuqori va chok tizimini qoniqarli bo‘lishi uchun metall qirralarida elektrodni ushlab turish kerak, bu harakat vertikal payvandlashda chokni o‘rtasining kuyishidan (projok) va erigan metallni payvandlash vannasidan oqib ketmasligini oldini olish uchun qilinadi. Halqasimon harakatlar oysimon shakldagi harakat bilan elektrodni chok qirralarida ushlab turish bilan almashtirish mumkin. Elektrod holati. 3-rasm. Elektrodni asosiy harakatlari sxemasi. 1-Harakat: elektrodni erishiga qarab bir teksda va uzluksiz detal tomon yurgizish (uzatish). O‘quvchilar imkoni bor darajada yoy uzunligini qisqa ushlashi kerak (2-3 mm), lekin buyum bilan qisqa tutashuvga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki elektrodni detalga yopishib qolishi mumkin (xuddi muzlab qolgandek). 2-Harakat: elektrodni payvandlash yo‘nalishi bo‘yicha qirralari uzra harakat qilish. Bunda elektrodni -15-300 burchak ostida payvandlash yuzasining o‘qiga nisbatan perpendikular qilib qiyalatish lozim. Elektrodni uchi eriganda uni erigan metall tomchilari uning o‘qiga qarab harakat qiladi va payvandlash vannasiga tushishi shart. 3-Harakat: elektrod uchini chokga ko‘ndalang tebranma harakati. Bu zarur bo‘lgan valik kengligini olish uchun kerak. Elektrod diametriga bog‘liq bo‘lgan valikni normal kengligi vq(2-4)de bo‘lishi kerak, bunda v-valik eni, mm; de –elektrod diametri, mm. Payvandlashda elektrodning qiyaligi payvandlashning fazoviy holatiga, payvandlanadigan metal qalinligi va tarkibiga, elektrod diametriga, elektrod qoplamining turi va qalinligiga bog‘liq. Payvandlash yo‘nalishi chapdan-o‘ngga, o‘ngdan-chapga, o‘zidan va o‘ziga qarab bo‘lishi mumkin (4-rasm, a). Payvandlanadigan buyum metali chuqurroq erishi va chok tuzilishi to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlash maqsadida, payvandlash yo‘nalishidan qatiy nazar elektrod uchi chok o‘qiga tegishli qiyaligida bo‘lishi kerak. Masalan, zich va tekis chok hosil qilish uchun gorizontal yuzada pastki chok bilan payvandlashda, elektrod qiyaligi vertikal burchakka orqali bo‘lib, 150 ni tashkil etishi kerak (4-rasm, b). Download 4.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling