Pdf-xchange 0 Examples


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   242
Bog'liq
konf02

Adabiyotlar 
1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni. 
2. Gulnoza Hamzayeva, “Sharh va fikr-mulohazalar” mavzusidagi 
maqolasi.
ANIQ FANLARNI O‘QITISH JARAYONIDA ZAMONAVIY AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
Toxirov F.J.
Navoiy davlat pedagogika instituti 
Yangi asr o‘qituvchisi o‘z faoliyatida qobiliyatli, zamonaviy, ilmiy va 
madaniy taraqqiyotning mohiyatini chuqur tushuna bilishi, dunyo va inson 
haqidagi bilimlar tizimini keng nuqtai-nazardan anglash, qolaversa, kompyuter va 
boshqa o‘qitish texnik vositalaridan ta’lim jarayonida foydalana olishi lozim. 


314 
Fanlarni o‘qitishda kompyuterdan foydalanishning unumdorligi qanchalik yuqori 
bo‘lmasin, bu sohada tahlil qilishga va bartaraf etishga muxtoj bo‘lgan 
muammolar mavjud. Quyida biz bularning ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz. Elektron 
o‘quv vositalarini ishlab chiqishda ularning dasturiy realizatsiyasi bilan bog‘liq 
muammolar muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalarining tobora 
rivojlanib borishiga qaramasdan, tajribasi yetarli bo‘lmagan pedagog tomonidan 
ham osonlik bilan amalga oshiriladigan o‘qitish funksiyalarining dasturiy 
realizatsiyasi (masalan, talaba javobini qabul qilish va baholash) ma’lum 
qiyinchiliklar tug‘diradi. Ammo kompyuterli o‘qitish muammolarini hal 
qilishning kaliti - o‘qitish senariysini kompyuter dasturiga o‘girish imkonini 
beruvchi vositalarni ishlab chiqishdangina iborat, deb hisoblovchilarning keng 
tarqalgan nuqtai nazarini to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Bunday nuqtai nazar kompyuterli 
o‘qitish vositalarini ishlab chiqish va baholashga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. 
Bunday elektron o‘qitish vositalari ishlab chiqaruvchilar ko‘p holatlarda o‘z 
mahsulotlarining imkoniyatlarini va ahamiyatini bo‘rttirib ko‘rsatadilar. Ushbu 
holat mutaxassislar fikriga ko‘ra o‘quv maqsadidagi dasturiy mahsulotlar yaratish 
sohasidagi dolzarb muammolarni tadqiq qilish jarayoniga salbiy ta‘sir 
ko‘rsatmoqda. Mualliflik dasturiy mahsulotlarining imkoniyatlariga ortiqcha 
baho berish ko‘pincha o‘quv maqsadidagi dasturiy mahsulotlar yaratish 
jarayonida vujudga keluvchi psixologik-pedagogik muammolarning hisobga 
olinmasligi bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘quv maqsadidagi dasturiy mahsulotlar 
sifatining asosiy ko‘rsatkichi – ta‘lim jarayonidagi unumdorligidir. Mahsulotning 
yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik imkoniyatlari va interfaollik darajasi uni foydali 
deb hisoblashga asos bo‘la olmaydi. o‘quv maqsadidagi dasturiy mahsulotlarning 
unumdorligi butunligicha o‘qitish maqsadlariga erishishni ta‘minlashiga 
bog‘liqdir. Kompyuterning rang-barang imkoniyatlari psixologiya va didaktika 
nuqtai nazaridan tahlil qilinib, pedagogik jihatdan zarur bo‘lgandagina 
qo‘llanilishi kerak. Bunda tashqi effektga intilmasdan, elektron o‘qitish 
tizimining effektli emas, effektiv bo‘lishiga erishish zarurdir. Elektron o‘qitish 
tizimining effektivligini faqat tajriba yo‘li bilan aniqlash mumkin. 
Zamonaviy oliy ta‘lim dasturlarining mazmuni va ko‘lami ta‘lim 
jarayonida auditoriya mashg‘ulotlarining hal qiluvchi ahamiyatini belgilab beradi. 
Bunda yangi pedagogik texnologiyalarining ahamiyati katta. Shuningdek, ta‘lim 
jarayonida foydalaniluvchi elektron ta‘lim vostalari bo‘lmish elektron darsliklar, 
kompyuter trenajerlari, testlash dasturlari, elektron o‘rgatuvchilar, elektron 
lug‘atlar, internet manbalari va boshqa o‘qitishning elektron vositalari asosan 
mustaqil ta‘lim jarayonida kerakli effektni berishga qodir. Muayyan fanni o‘qitish 
jarayonining o‘zagini tashkil qiluvchi nazariy mashg‘ulotlar esa o‘z oldiga fan 
predmetining asosiy mag‘zini o‘zlashtirish vazifasini qo‘yadi. Ma‘lumki, aniq 
fanlarni o‘ziga xos xususiyatlari ularni o‘qitishda asosiy urg‘uni o‘quv materialini 
talabaga yetkazib berishga qo‘yishni taqozo etadi. Ayniqsa, bu yangi o‘quv 
materialini o‘zlashtirish jarayoniga tegishli. Aniq fanlarni o‘qitishda o‘quv 
materialining maxsus terminologiyaga ega bo‘lgan "formal tilda" olib borilishi 


315 
yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida ko‘proq an‘naviy o‘qitish usulini talab 
qiladi. Tajribali pedagogning tirik ma’ruzasi esa talaba yoshlarning ta‘lim olish 
jarayoni tarbiya bilan uyg‘unlikda olib borilish maqsadiga to‘liq javob beradi. 
An’naviy ma’ruzani zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiya vositalari 
bo‘lmish taqdimotlar, slayd-shoular, video-roliklar va boshqa ko‘rgazmalilikka 
erishishning elektron vositalari o‘qituvchi vaqtini tejashga, auditoriya diqqatini 
jamlashga ko‘mak berib, o‘quv materialining maksimal darajada o‘zlashtirilishiga 
yordam beradi.
Hozirda o‘quv muassasalarida o‘qitishning turli shakllarida o‘quv 
jarayonini ta‘minlash uchun elektron o‘quv-metodik va dasturiy materiallar 
yaratilmoqda. Bu borada alohida fanlardan, kunduzgi, masofaviy ta‘lim shakllari 
uchun mo‘ljallangan
tizimlashtirilgan elektron o‘quv-uslubiy majmualar muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bunday elektron o‘quv-uslubiy majmualarning ham o‘qituvchi, ham 
talabalar uchun ahamiyati katta. Elektron o‘quv-uslubiy majmualar OTM lokal 
kompyuter tarmog‘ida hamda global internet tarmog‘ida joylashtirilishi mumkin. 
Elektron o‘quv-uslubiy majmuaning maxsus turiga misol sifatida interfaol 
dasturiy majmualarni keltiramiz. Interfaol dasturiy majmua - gipermedia 
texnologiyasi asosida yaratilgan o‘quv-uslubiy modul va qo‘shimcha modullar 
(algoritmlar kutubxonasi, virtual laboratoriya, test dasturlari, elektron kutubxona 
va b.) dan tashkil topib, bir butun elektron muhit va umumiy boshqaruv tizimiga 
ega bo‘lgan dasturiy mahsulotdir.[2]
Ma’lumki, ma’ruza mashg‘ulotlari jarayonida ham o‘rganilgan materialni 
mustahkamlash yoki avval o‘tilgan mavzularni takrorlab borish lozim. Ammo 
ko‘pincha o‘quv materiali xajmining kattaligi, vaqtning yetishmasligi bois 
ma’ruza mashg‘ulotlarida asosiy ahamiyat yangi mavzu bayoniga qaratiladi. Bu 
muammoni yechish maqsadida maxsus nazorat moduliga ega bo‘lgan, barcha 
mavzular bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat, boblar bo‘yicha oraliq va yakuniy 
nazoratlar apparatiga ega bo‘lgan interfaol dasturiy majmualarni yaratish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda nazorat modulining interfaol testlash qismi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Interfaol test sahifalariga interfaol dasturiy majmua 
bosh sahifasidan, hamda mos mavzu sahifalaridan kirish imkoniyati yaratiladi. 
Interfaol dasturiy majmua tarkibiga kiruvchi o‘z-o‘zini tekshirish interfaol testlari 
ma’ruza mashg‘ulotlarida yangi mavzu bayonidan avval oldingi mashg‘ulotda 
o‘tilgan mavzuni takrorlash va yangi mavzuni mustahkamlash uchun qulay va 
tejamkor vositadir.

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling