Pdf-xchange 0 Examples
INFORMATIKANI OʻQITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- INFORMATIKANI OʻQITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
INFORMATIKANI OʻQITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Tangirov X.E., Jabborov A.Oʻ. Jizzax davlat pedagogika instituti Yurtimiz oʻz istiqlolini qoʻlga kiritgandan soʻng, sezilarli darajada katta oʻzgarishlar, jumladan hayotimizning barcha jabhalarida boʻlganidеk, ta'lim tizimida ham yangi islohotlar amalga oshirildi, shuningdek ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot tеxnologiyalarini olib kirildi va ta'lim jarayonini kompyutеrlashtirish, hamda ulardan keng foydalanish yoʻlga qoʻyildi. Bu albatta ta’lim jarayonidagi muammolarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda ta’lim jarayonining samarasini oshirish va rivojlantirish maqsadida multimediali elektron darslik va qoʻllanmalar yaratishga katta e’tibor berilmoqda va bularga oid juda ham koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday elektron darsliklarni yaratishda bir qancha dasturiy ta’minotlar mavjud boʻlib, ulardan biri AutoPlay dasturi hisoblanadi. Koʻplab imkoniyatlarni oʻzida jamlagan va multimedia texnologiyalariga asoslangan elektron amaliy dasturlarni yaratish uchun Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish barcha foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi. Autoplay Media Studio dasturida amaliy dastur yaratish unchalik ham koʻp qiyinchilik tugʻdirmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin. Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar mavjud boʻlib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin. Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtomatik ishga tushirish uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni oʻzi yaratadi va turiga qarab papkalarga ajratadi. Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma’lumotlar bazasini va shunga oʻxshash obyektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish imkoniyati ham mavjud. Qolaversa, ma’lumotlarni CD yoki DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini koʻrsatadi. Endi informatikani oʻqitishda AutoPlay dasturida bir qancha rasmlardan foydalanib slaydshou yaratish uchun qanday qilib ssenariy yozishni koʻrib oʻtamiz. Informatika fani uchun slaydshouni yaratish bilan bogʻliq amaliy ish jarayoniga oʻtadigan boʻlsak, ishni dastlab kerakli rasmlarni tanlash va boshqaruv obyektlarini loyihalashtirishdan boshlashimiz zarur. Bunda quyidagi amallarni bajaramiz: 328 1. AutoPlay dasturini ishga tushirganimizdan soʻng keltirib oʻtilgan loyiha shablonlari orasidan “Blank Project” shablonini tanlaymiz. 2. “Project” menyusiga kirib, “Settings” bandini tanlaymiz va yuzaga kelgan “Project Settings” sarlavhali muloqot oynasining “General” sahifasidagi “Windows title:” maydoniga “Slaydshow” nomini kiritamiz, “Appearance” sahifasidagi “Dimensions” boʻlimidagi “Page Size” maydonidagi roʻyxatdan “Custom” satrini tanlaymiz. 3. “Options” boʻlimidagi “Custom icon” maydoniga bayroqcha oʻrnatamiz. Faol holatga kelgan “Browser” buyruq tugmasini bosib, oldindan tayyorlab qoʻyilgan “monitor.ico” faylini tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. 4. Ishchi sohaga “New Slideshow Object” obyektini tanlaymiz va oʻng tomonga joylashtiramiz. “Properties” muloqot oynasidagi “Options” sahifasidan “BackColor” bandiga rang kodini kiritamiz, “ImageFiles” bandidan esa “Image Files” sahifasidagi “Add” tugmachasi orqali kerakli rasmlarni tanlab olamiz. 5. Ishchi sohaga 2 ta “New xButton Object” obyektini tanlaymiz. Tugmachalarning biriga “Play”, ikkinchisiga “Pause” nomini beramiz. Endi “Play” tugmasi bosilganda slaydshou ishga tushishi uchun shu tugmachani ikki marta tez bosamiz va ochilgan oynadagi Script menyusini tanlaymiz. OnClick xususiyatiga “SlideShow.Play("SlideShow1");” ssenariyni yozamiz. “Pause” tugmachasi uchun “SlideShow.Pause("SlideShow1");” ssenariysini yozamiz. Agar xohlasak slaydshoumizdagi rasmlar almashinuvini oʻzgartirishimiz, aylanishlar soni, rasmlarni chiqish holati va boshqa koʻplab oʻzgarishlar kiritish mumkin. Buning uchun “Properties” muloqot oynasidan foydalanamiz. 6. Tayyor boʻlgan ishimizni tekshirish uchun ishga tushirib, tekshirib koʻramiz. Buning uchun uskunalar panelidagi “Preiew” tugmachasini bosamiz. Endi tayyor boʻlgan loyihani saqlash mumkin. Buning uchun quyidagi ketma-ketlikni bajarish kerak: 7. Uskunalar qatoridagi “Build” - tugmasidan foydalanamiz: a) birinchi oynadagi “Continue” buyrugʻini tasdiqlaymiz; b) ikkinchi oynada bizning proyektimiz kompyuter xotirasiga saqlanishini tanlaymiz; c) uchinchi oynada saqlanuvchi papka manzilini kiritamiz va fayl nomini beramiz; d) bu bosqichda proyektimiz yuklanishni tugatgandan soʻng “Close” tugmasini bosamiz. Natijada alohida papkada yaratilgan dasturiy vositamizning maxsus fayllari hosil boʻladi. Hosil boʻlgan papkadan “autorun.exe” fayli orqali ishga tushirishimiz mumkin. Undagi “play” tugmasini bosish orqali slaydshou namoyish etiladi, “pauza” tugmasini bosish orqali esa, slaydshouni toʻxtatib turish mumkin. Bu orqali informatika oid yoki fanning biron mavzusiga oid rasmlardan slaydshou yaratish, uni ta’lim jarayonida foydalanish mumkin. Shuningdek, AutoPlay dasturi yordamida rasm, video, flash element, pdf fayllardan va web obyektlardan ham keng foydalanish mumkin. Bulardan tashqari yana koʻplab obyektlar ham mavjud boʻlib, ular yordamida qiziqarli elektron 329 axborot ta’lim resusrlarini, elektron darslik, elektron qoʻllanmalar, test dasturlarini yaratish imkoniyatlari ham mavjud. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, darsning koʻrgazmaligini ta’minlash mumkin. Xususan, pedagogik dasturiy vositalar yordamida informatika darslarida maqsadli foydalanish mumkin. Buning uchun yuqoridagidek, AutoPlay dasturi yordamida pedagogik dasturiy vositalarni yaratish zarur. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling