Pdf-xchange 0 Examples


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   242
Bog'liq
konf02

Адабиётлар 
1. Баркамол авлод-Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. (Ўзбекистон 
Республикасининг «Таълим тўғрисида» ва «Кадрлар тайёрлаш 
миллий дастури тўғрисида»ги қонунлар).—Т.: «Шарқ», 1998.—64 б 
2. Ғуломов С. С., Шермухамедов А. Т., Бегалов Б. А. Иқтисодий 
информатика: Дарслик (Академик С. С. Ғуломовнинг умумий таҳрири 
остида).—Т.: «Ўзбекистон», 1999.—528 б. 
3. М. М. Арипов ва бошқалар «Информатика. Ахборот технологиялари» 
ўқув қўлланма, 2-қисм,Тошкент, 2002 й. 
4. Г.П.Катунин. Мультимедиа аудиовизуал воситалари: Ўқув қўлланма, 
ТАТУ. Тошкент., 2011.-266 б. 
5. Бент Б.Андресен. Мультимедиа в образовании: спец. учебный курс / 
авторизованный пер.с англ. — 2-е изд., М. : Дрофа, 2007. 224.
ZAMONAVIY MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARIDAN 
FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI 
Aminov H. 
TATU Farg`ona filiali 
Hozirgi davrda gurkirab rivojlanayotgan multimedia texnologiyasi ta’lim-
tarbiya jarayoniga tadbiq etilishi mumkin bo’lgan ilg’or va yangi texnologiyadir. 
Multimedia texnologiyalari orqali o’qitish o’quv materialining mazmuniy 
komponentlarini keng ko’lamda tizimga keltirishga ko’maklashadi, ta’lim 
oluvchilarga ta’limning to’liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va 
o’tish imkonini beradi. 
Ta’lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni uzatish 
uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an’anaviy ta’lim va 
ma’lum ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda 
o’zgacha o’rin olgan yangi muammolarning, echimlarning, yangi kesishish 
nuktalarining vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi. 
Ta’lim jarayoniga tadbik etiladigan multimedia texnologiyasi odatdagi 
an’anaviy metodlarga nisbatan ma’lum bir afzalliklarga ega: 
- O’quvchilarda fikrlash qobiliyatini o’stiradi; 
- O’quvchi bir vaqtning o’zida ham ko’radi ham eshitadi (miyaning o’ng 
va chap yarim sharlari bir vaqtda faollik ko’rsatadi); 
- An’anaviy usullarga nisbatan o’quvchilarga o’rgatiladigan materialning 
hajmi ortadi; 


339 
- Mashg’ulot davomida o’quvchilarni toliqtirmaslik uchun didaktik 
materiallarni animatsiyalar orqali uzatish imkoniyati mavjud; 
- O’rganilayotgan materiallarni kichik qismlarga ajratgan holda namoyish 
etish yoki qayta namoyish etish mumkin. 
Demak, materialni og’zaki bayon etishda o’quvchi bir daqiqada bir mingga 
yaqin, ko’rish organlarini “ishga tushirganda” 100 mingga yaqin shartli belgilarni 
qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatiga egaligini tasdiqlagan. Hozirgi vaqtda 
ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng ko’lamda qo’llash 
jahon taraqqiyotining global tendentsiyasi hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalar 
ko’lamining ortib borishi, mamlakatda modernizatsiya jarayoni tez suratlar bilan 
rivojlanayotgan ayni davrda ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda 
kiritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ammo ko’plab pedagogik 
innovatsiyalarning yaratilayotganiga qaramay, ta’lim jarayonlariga o’qitishning 
yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini tadbiq etish bo’yicha pedagogik 
tadqiqotlarni joriy etish darajasini hozircha yetarli deb bo’lmaydi. 
Darhaqiqat, yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda har bir o’qituvchining 
o’z faniga va barkamol avlod ta’lim- tarbiyasiga oid yangiliklarni muntazam 
o’rgana borib, ularni o’z mehnat faoliyatida izchil qo’llay bilish mahoratiga ega 
bo’lishi bugungi kunning muhim talabidir. 
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy etilishi: 
1. 
Talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga; 
2. 
O’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan 
sohasini chuqur o’zlashtirilishiga; 
3. 
O’quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning 
mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga; 
4. Axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining 
shakllanishiga; 
5. O’rganilayotgan jarayon va xodisalarni kompyuter texnologiyalari 
vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni 
oshirishga olib kelishi bilan muxim axamiyat kasb etadi. 
O’quvchi-talaba multimedia texnologiyalarida o’zini har tomonlama komol 
toptirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Aynan shu imkoniyatlar, har bir talabaning 
axborot madaniyatini shakillantirish va yuksaltirishga xizmat qiladi. 

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling