Pdf-xchange 0 Examples
KIMYO LABORATORIYA DARSLARIDA MULTIMEDALI AXBOROT
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIMYO LABORATORIYA DARSLARIDA MULTIMEDALI AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
KIMYO LABORATORIYA DARSLARIDA MULTIMEDALI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Mamatova Z.X. Farg’ona davlat universiteti Yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan aniq va tabiiy fanlarni o’qitishda foydalanish, ta’lim jarayonida dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Kompyuterli modellashtirish orqali turli laboratoriya ishlari, ko’rgazma va tajribalarni bajarish, namoyish tajribalarini o’tkazish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)dan foydalanish o’quvchilarni takrorlash orqali o’z 59 bilimlarini puxta o’zlashtirishlarida, egallayotgan malaka va ko’nikmalarini mustahkamlashlarida keng imkoniyatlar yaratadi. Kimyo darslarida, ayniqsa, laboratoriya, ko’rgazma va tajribalarini bajarganda AKT ning quyidagi dasturlaridan foydalanish mumkin: - kimyo fanidan laboratoriya ishlarini, ko’rgazma va tajribalarni Adobe Photoshop va Flash dasturlari orqali bajarish; - yangi mavzu materiallarini Microsoft PowerPointda taqdimot ko’rinishida tayyorlab multimedia proyektori yordamida ekranga tushiriladigan interaktiv illyustratsiya; - tinglovchilarga dars davomida Microsoft Excel dasturi yordamida himik bog’lanishlar grafik diagrammalarini chizish; - tinglovchilar tomonidan darsda kompyuter texnologiyalari yordamida (Ms PowerPoint, Ms Excel va boshqa) o’quv materiallarini mustaqil o’rganish jarayoni. Misol uchun o’qituvchi kimyo fanining laboratoriya mashg’ulotini multimedali axborot texnologiyalaridan foydalanib darsni olib borsa, o’quvchilar ko’rgazmalarni ko’rib fanni juda yaxshi o’zlashtiradi. Masalan, “Karbon kislotalarning olinishi va kimyoviy xossalari” mavzu bo’yicha laboratoriya mashg’ulotini multimedali axborot texnologiyalarining dasturlari bo’yicha probirkalardagi moddalarni bir-biriga aralashtirib qanday natija olish mumkinligini ko’rish qiyin emas. Ta’lim jarayonida kompyuter dasturlaridan foydalanib o’qitish texnologiyasi ta’lim oluvchining o’qish jarayoniga muammoli va ijodiy munosabati bilan nazariya va amaliyotni o’rganish bo’yicha kompleks faoliyatni mujassamlashtiradi. Undan foydalanish ta’lim oluvchilarda mustahkam, anglangan bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga , bilish qobilyatlarini rivojlantirishga imkon beradi. Pedagoglar ta’limi tizimidagi laboratoriya mashg’ulotini loyihalashtirish jarayonida loyihalashtiruvchining ixtiyorida bo’lgan nazariy axborot va ehtiyojlarni tahlil qilishda olingan empirik ma’lumotlar quyidagi nuqtai nazardan talqin qilinadi: o’qitish dasturini yaratish, unga muvofiq ravishda o’quv materiallarini saralash, moslashtirish yoki yozish, ulardan ta’limda foydalanish uslubiyotini ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning belgilangan maqsad tomon siljishini o’lchash uchun ishlatiladigan baholash tartibi(nazorat shakllari va usullari)ni o’rganish. Shunday qilib, pedagoglarning bunday ta’limi tizim rivojining zamonaviy bosqichida loyihalashtirilgan o’qitish mutaxassislarning kasbiy mahorati o’sishini faollashtiruvchi va asoslovchi vosita sifatida alohida ahamiyat va dolzarblik kasb etadi, chunki u o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro munosabatlari tizimini hamkorlik tamoyiliga asoslangan va tinglovchining individual rivojlanishiga yo’naltirilgan holda tubdan o’zgartiradi. Loyihalashtirish faoliyatining elementlari kiritilishi va uning rivojlantirilishi ta’lim muhitining bir xilligi va 60 o’quv jarayonining monotonligidan chetlashishga imkon beradi, ish turlarini o’zgartirishga sharoit yaratib beradi. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling