Pdf-xchange 0 Examples
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- Расм 1. “Клиент-сервер” архитектурасининг моделлар спектри KOMPYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI
Расм 1. “Клиент-сервер” архитектурасининг моделлар спектри
KOMPYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI Aminov H. TATU Farg`ona filiali, hayotjon.halimov@umail.uz Zamonaviy kompyuter tizimlarida va tarmoqlarida axborotni ximoya qilish deganda uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotning ishonchliligini va butunligini tizimli ta’minlash maqsadida turli xil vositalarni va usullarni ishlatish, choralarni ko’rish va tadbirlarni o’tkazish tushuniladi. Zamonaviy kompyuter tizimlari va tarmoqlari, Internet yomon niyatli odamlarga muxim maxfiy axborotni o’g’irlash, buzish yoki xalokatlarga uchratish 62 maqsadida korxonalar va tashkilotlarning ichki tarmoqlariga bostirib kirish uchun ko’plab imkoniyatlar beradilar. Shu sababli xozirda insonlarni va jamiyatni axborot xavfsizligini va axborotni ximoya qilishni ta’minlash muammosini kompleks yechishning dolzarb ravishda kerakligi paydo bulmoqda. Kompyuter tizimlarida axborotni ximoya qilish muammosi ularning yaratilishi bilan deyarli bir vaqtning o’zida axborot ustida yomon niyatli xarakatlarning aniq faktlari tufayli kelib chiqdi. Kompyuter jinoyatlarining aksariyat eng ko’pchiligi moliya bank axborotlarini qayta ishlash tizimlarida amalga oshiriladi. Axborot xavfsizligini ta’minlash muammosining dolzarbliligi va muximligi quyidagi sabablar bilan shartlangandir: • zamonaviy kompyuterlarni ishlatish soddaligi bilan bir vaqtda ularning xisoblash quvvatining keskin oshishi; • kompyuterlar va boshqa avtomatlashtirish vositalari yordamida yig’ila- yotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborot sig’imining keskin oshishi; • turli xil vazifali va turli xil axborotlarni umumiy berilganlar bazasiga mujassamlantirilishi; • faoliyatning eng turli soxalarida ishlatishda joylashgan shaxsiy kompyuterlar narxining o’sishini yuqori templari (sur’atlari); • xisoblash resurslariga va berilganlar bazasiga bevosita murojaat qilish ruxsatiga ega bo’lgan foydalanuvchilar doirasining keskin ortishi; • axborot xavfsizligining xattoki minimal talablarini xam qanoatlan- tirmaydigan dastur vositalarinng gurkirab rivojlanishi; • tarmoqli texnologiyalarning o’zaro tarqatilishi, lokal va regional tarmoqlarni global tarmoqlarga birlashtirilishi; • butun dunyoda axborotni qayta ishlash tizimlari xavfsizligining buzilishiga deyarli to’sqinlik qilmaydigan Internet global tarmog’ining rivojlanishi; • Internet global tarmog’ining ochiqlilik va nazorat qilinmasligi ideologiyasi. Zamonaviy kompyuter tizimlari va tarmoqlarining yaratilishi va rivojlanishi axborot xavfsizligini ta’minlash muammosining xarakterini va diapazonini tubdan uzgartirdi va axborotni ximoya kilish muammosini echishning dolzarbligi ximoya kilish tabirlariga sarflanayotgan xarajatlarning yanada o’sib borayotganligi bilan tasdiqlanadi. Xozirgi kunga kelib, zamonaviy kompyuter tizimlari va tarmoqlarining kun sayin rivojlanib borishi o’z navbatida kompyuter tizimlarida axborotni ximoya qilish muammosini yanada dolzarb qilib qo’ymoqda. Ximoya qilishning ishonchli tizimini qurish uchun yana yirik moddiy va moliyaviy xarajatlar talab etiladi. Bu esa o’zini oqlaydi, negaki axborot ishonchliligi va butunligi buzilishining oqibatlari eng o’gir oqibatlarga olib kelishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling