Pdf-xchange 0 Examples
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- Фойдаланилган адабиётлар
Фойдаланилган адабиётлар
1. Stamp Mark. Information security: principles and practice. USA, 2011. 2. Peter Stavroulakis, Mark Stamp. Handbook of Information and Communication Security. 2010. SONLI USULLAR VA DASTURLASH FANINI O’QITISHDA MATLAB TIZIMIDAN FOYDALANISH Mirzayeva M. Andijon mashinasozlik instituti Komp’yuter hozirda har bir ish sohasiga kirib, uning eng zaruriy vositasiga aylangan. Bugungi kunda kompyuter kirib kelmagan biror soxani topish qiyin. Har bir sohada o’ziga mos dastur foydalaniladi. Yildan yilga dasturlarning imkoniyatlari ortib, ulardan foydalanish soddalashmoqda. Xususan, barcha dasturlash tillarining foydalanishga qulay tomonlarini o’zida mujassamlagan dasturlash vositasiga ega bo’lgan MatLab tizimi bilan ishlash qulay bo’lmoqda. Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi va Kasb ta’limi ( Informatika va axborot texnologiyalari) yo’nalishlarida «Sonli usullar va dasturlash» fani qo’shimcha fan hisoblanib, bu fanda har xil sinfdagi matеmatik masalalar taqribiy yеchimlarining algoritmlarini nazariy asoslash, qurish va amalda qo’llash masalalari o’rgatiladi. «Sonli usullar va dasturlash» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: – algеbraik va trantsеndеnt tеnglama hamda tеnglamalar tizimlarini, diffеrеntsial tеnglamalarni taqribiy yеchimini topish va aniq intеgrallarni taqribiy hisoblash haqida tasavvurga ega bo’lishi; – matritsa va dеtеrminantlar ustida ishlash, diffеrеntsial tеnglamalarning hususiy yеchimlarini olish usullarini bilishi; – mustaqil ravishda taqribiy yеchimlar olish algoritmlarini va dasturlarini tuza olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kеrak. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan ushbu talablarni bajarishda zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish katta samara beradi. Negaki, oddiy dasturlash tillarida matritsalar va vektorlar bilan bajariladigan operatsiyalarda takrorlanuvchi operatorlarni bir necha bor qo’llash zarur bo’ladi; tenglamalar tizimini yechish, determinant hisoblash, teskari matritsani aniqlash kabi ishlar uchun dastur yozish chuqur mantiqiy fikrlashni talab etadi. Bu faqat iqtidori yuqori bo’lgan talabalar imkoniyati darajasida o’zlashtirilyotgani darslar davomida kuzatilmoqda. MatLab tizimida dasturlashda bunday qiyinchiliklar bartaraft etilgan, unda matritsaviy operatsiyalar oddiy arifmetik operatsiyalar kabi yozilishga keltirilgan. MatLabda har qanday talaba hech qanday qiyinchiliksiz mustaqil ravishda taqribiy yеchimlar olish algoritmlarini va dasturlarini tuza olishi mumkin. 115 Dasturchi MatLabda takrorlanuvchi algoritmlar yozmasdan matritsaviy operatsiyalarni amalga oshiria oladi va bunda dastur sodda tushinarli ko’rinishda yoziladi. Masalan, AX=B tenglamalar tizimini matritsalar orqali MatLABda yechishning quyidagi usullari mavjud: 1) X = A^-1* B 2) X = inv(A) * B 3) X = A\B Bulardan biri orqali quyidagi sodda dasturni yozish mumkin Shu uch qatorli dastur bilan quydagi natija olingan: Katta o’lchamdagi tenglamalar tizimini yechishda teskari matritsani topish eng qiyin masala hisoblanadi, aynan shuning uchun hisoblash matematikasida uni chetlab o’tadigan bir qancha usullar yaratilgan va ular ko’plab tadqiqot ishlarda qo’llab kelingan. Lekin, ularda ham murakkab siklli hisoblashlar bajariladi. MatLabda yaratilgan imkoniyatlar tufayli bunday chetlashlarga hojat ham qolmadi, ular tufayli yaratilgan usullarga ehtiyoj ham kamaydi. Xususan, Gauss usuli, Bosh elementlar usulidan ko’ra, tenglamalar tizimini teskari matritsani topish orqali yechish oson, tushinish va tushintirish uchun juda sodda. Bu muloxazalardan ko’rinadiki, sonli usullar va dasturlash fani doirasida o’rgatiladigan hisoblash usullarini tanlashda zamonaviy dasturlash vositalari imkoniyatini e’tiborga olish muhim hisoblanadi. MatLab katta integrallashgan tizim, unda turli matematik, iqtisodiy va muxandislik masalalarini tez va oson hal etish mimkin. MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan va imkoniyatlari keng dasturlash tili bilan ta'minlashdir. MATLAB ning imkoniyatlari juda keng. Undan hisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan va texnikaning har qanday sohasida foydalanish mumkin. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling