Pdf-xchange 0 Examples


Download 6.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/242
Sana03.12.2023
Hajmi6.97 Mb.
#1798925
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   242
Bog'liq
konf02

Фойдаланилган адабиётлар 
1. Stamp Mark. Information security: principles and practice. USA, 2011.
2. Peter Stavroulakis, Mark Stamp. Handbook of Information and 
Communication Security. 2010. 
SONLI USULLAR VA DASTURLASH FANINI 
O’QITISHDA MATLAB TIZIMIDAN FOYDALANISH 
Mirzayeva M.
Andijon mashinasozlik instituti 
Komp’yuter hozirda har bir ish sohasiga kirib, uning eng zaruriy vositasiga 
aylangan. Bugungi kunda kompyuter kirib kelmagan biror soxani topish qiyin. 
Har bir sohada o’ziga mos dastur foydalaniladi. Yildan yilga dasturlarning 
imkoniyatlari ortib, ulardan foydalanish soddalashmoqda. Xususan, barcha 
dasturlash tillarining foydalanishga qulay tomonlarini o’zida mujassamlagan
dasturlash vositasiga ega bo’lgan MatLab tizimi bilan ishlash qulay bo’lmoqda.
Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi va Kasb ta’limi ( Informatika 
va axborot texnologiyalari) yo’nalishlarida «Sonli usullar va dasturlash» fani 
qo’shimcha fan hisoblanib, bu fanda har xil sinfdagi matеmatik masalalar taqribiy 
yеchimlarining algoritmlarini nazariy asoslash, qurish va amalda qo’llash 
masalalari o’rgatiladi. 
«Sonli usullar va dasturlash» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: 
– algеbraik va trantsеndеnt tеnglama hamda tеnglamalar tizimlarini, 
diffеrеntsial tеnglamalarni taqribiy yеchimini topish va aniq intеgrallarni taqribiy 
hisoblash haqida tasavvurga ega bo’lishi; 
– matritsa va dеtеrminantlar ustida ishlash, diffеrеntsial tеnglamalarning 
hususiy yеchimlarini olish usullarini bilishi; 
– mustaqil ravishda taqribiy yеchimlar olish algoritmlarini va dasturlarini
tuza olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kеrak. 
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan
ushbu talablarni bajarishda zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish katta 
samara beradi. Negaki, oddiy dasturlash tillarida matritsalar va vektorlar bilan 
bajariladigan operatsiyalarda takrorlanuvchi operatorlarni bir necha bor qo’llash 
zarur bo’ladi; tenglamalar tizimini yechish, determinant hisoblash, teskari 
matritsani aniqlash kabi ishlar uchun dastur yozish chuqur mantiqiy fikrlashni 
talab etadi. Bu faqat iqtidori yuqori bo’lgan talabalar imkoniyati darajasida 
o’zlashtirilyotgani darslar davomida kuzatilmoqda. MatLab tizimida dasturlashda 
bunday qiyinchiliklar bartaraft etilgan, unda matritsaviy operatsiyalar oddiy 
arifmetik operatsiyalar kabi yozilishga keltirilgan. MatLabda har qanday talaba 
hech qanday qiyinchiliksiz mustaqil ravishda taqribiy yеchimlar olish 
algoritmlarini va dasturlarini tuza olishi mumkin. 


115 
Dasturchi MatLabda takrorlanuvchi algoritmlar yozmasdan matritsaviy 
operatsiyalarni amalga oshiria oladi va bunda dastur sodda tushinarli ko’rinishda 
yoziladi. Masalan, AX=B tenglamalar tizimini matritsalar orqali MatLABda 
yechishning quyidagi usullari mavjud: 
1) X = A^-1* B 
2) X = inv(A) * B 
3) X = A\B 
Bulardan biri orqali quyidagi sodda dasturni yozish mumkin 
Shu uch qatorli dastur bilan quydagi natija olingan: 
Katta o’lchamdagi tenglamalar tizimini yechishda teskari matritsani topish 
eng qiyin masala hisoblanadi, aynan shuning uchun hisoblash matematikasida 
uni chetlab o’tadigan bir qancha usullar yaratilgan va ular ko’plab tadqiqot 
ishlarda qo’llab kelingan. Lekin, ularda ham murakkab siklli hisoblashlar 
bajariladi. MatLabda yaratilgan imkoniyatlar tufayli bunday chetlashlarga hojat 
ham qolmadi, ular tufayli yaratilgan usullarga ehtiyoj ham kamaydi. Xususan, 
Gauss usuli, Bosh elementlar usulidan ko’ra, tenglamalar tizimini teskari 
matritsani topish orqali yechish oson, tushinish va tushintirish uchun juda sodda. 
Bu muloxazalardan ko’rinadiki, sonli usullar va dasturlash fani doirasida
o’rgatiladigan hisoblash usullarini tanlashda zamonaviy dasturlash vositalari 
imkoniyatini e’tiborga olish muhim hisoblanadi. 
MatLab katta integrallashgan tizim, unda turli matematik, iqtisodiy va 
muxandislik masalalarini tez va oson hal etish mimkin. 
MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda 
foydalanuvchilarni an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega 
bo‘lgan va imkoniyatlari keng dasturlash tili bilan ta'minlashdir. MATLAB ning 
imkoniyatlari juda keng. Undan hisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan 
va texnikaning har qanday sohasida foydalanish mumkin. 

Download 6.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling