Pdf-xchange 0 Examples
sidebar.php — saytning biror tomoni(o’ng, chap)ni hosil qiladigan fayl; single.php
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- “WORDPRESS” TIZIMINI O’RGATUVCHI DASTURINI TA’LIM JARAYONIGA JORIY ETISH METODIKASI
sidebar.php — saytning biror tomoni(o’ng, chap)ni hosil qiladigan fayl;
single.php — bitta maqolani ko’rsatishda ishlatiladigan fayl, ya’ni maqolani to’liq ko’rganda; style.css — sayt stillari saqlanadigan fayl; search.php — qidirsh natijalari sahifasi uchun fayl; 404.php — sahifa toplmaganda, shu fayl ishlaydi. Yuqoridagi fayllar barcha shablonlarda mavjud bo’lib, faqat ichidagi kodlari o’zgarishi mumkin, asos bir xil. Umumiy rasmda ko’radigan bo’lsak: 134 Shablonlar qanday tuzilganini bilish zarur, agar bilmasangiz, biror muammo bo’lib qolsa, aynan qaysi faylni o’zgartirish kerakligini topaolmaysiz. “WORDPRESS” TIZIMINI O’RGATUVCHI DASTURINI TA’LIM JARAYONIGA JORIY ETISH METODIKASI Azimov B.R. Andijon davlat universiteti “Wordpress”tizimini o’rgatuvchi dasturini “Ta’lim saytlarini boshqarish” fanida qo’llash o’rinli, chunki “Wordpress” tizimida saytlar yaratish, boshqarish, sozlash, ma’lumotlar kiritish chiqarish va boshqa amallarni bajarishimiz, bajarganda ham bularning barchasini kodlarsiz tizim imkoniyatlaridan foydalanib mukammal amalga oshirishimiz mumkin. “Wordpress” tizimini o’rgatuvchi dasturi “Ta’lim saytlarini boshqarish” fanini o‘rgatishga mo‘ljallangan o‘qitish tizimi va talabalarning fanni chuqur o‘rganishlari, fanni mustaqil o‘zlashtirishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan. Yaratilgan “Wordpress”tizimini o’rgatuvchi dasturdan foydalanib talabalar fanning seminarlar, laboratoriya ishlari, mustaqil ishlar va amaliy topshiriqlarni o‘rganadi va o’zi mustaqil sayt yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi. 135 “Wordpress” tizimini o’rgatuvchi dastur “Ta’lim saytlarini boshqarish” fanining bir qismi bo’lganligi uchun bu fanning ma’ruza mashg‘ulotlarida foydalanish metodikasini keltirib o’tamiz. Ta’lim saytlarini boshqarish fanining metodikasi 7 ta bosqichdan iborat bo‘lib, ular quyidagilar: Birinchi bosqich. Mashg‘ulotlarga tayyorlanishda eng avvalo talabalarning berilgan muayyan mashg‘ulotlarga tayyorgarligi avtomatlashtirilgan holatda talabalarning ma’ruza mashg‘uloti mavzusi bilan bog‘liq nazariyani bilishi; muayyan ma’lumotlarni bilishi; uy vazifalarining to‘g‘ri bajarilganligi tekshiriladi. Bundan tashqari, bu bosqichda talabalarning ma’ruza mashg‘ulotlarida zarur bo‘lgan nazariy bilimlarni faollashtirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun bir ma’lumotning o‘zi parallel barcha displeylarda bir vaqtning o‘zida hamma talabalarga ko‘rsatiladi, ya’ni kadrlar birin-ketin o‘tkaziladi. Kadrning chidamlilik vaqti qo‘rsatilayotgan materialning murakkabligiga bog‘liq ishlash vaqti bilan ya’ni 15 – 20 sekund tenglashtirilishi shart. Biroq past o‘zlashtiradigan talabalar mashg‘ulotning bu bosqichida dastlabki o‘rnatilgan ma’lumotlardan foydalanishlari uchun, ularga murojaat qilishni ma’ruza mashg‘ulotlarining butun davri mobaynida ruhsat berish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi tizimni ishga tushiradi va talabalarga talabalarga kerakli ma’lumotlarni tizimda joylashgan o‘rnini tushuntiradi. Talabalar esa diqqatni jamlab, o‘qituvchi faoliyatini kuzatadi. Bu bosqichda asosiy maqsad talabalarning diqqatini jamlash bo‘lib, joriy ishlarni amalga oshirgan holda, uni 5-10 minut bilan chegaralash mumkin. Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda o‘qituvchi mavzuni e’lon qiladi, fanni maqsad va vazifalari, mavzu rejalari, undagi tayanch tushunchalar, ma’ruza mazmuni, kutilayotgan natijalar bilan talabalarni tanishtiradi. Oldingi mavzu bilan joriy mavzuni bog‘laydi. Talabalar bu bosqichda o‘qituvchi bergan ma’lumotlarni tinglaydilar va o‘qituvchi talabalarda keltirilgan axborotlarga nisbatan kuchli motivatsiyani shakllantirish zarur. Bu bosqichga 10 minut vaqt ajratiladi. Uchinchi bosqich. Bu bosqichda o‘qituvchi talabalarga o‘qitish tizimidan foydalangan holda mavzuni tushuntirib beradi. Mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishda: - mashg‘ulotda foydalanilayotgan usullarning bir xilligini yo‘qotish; - etarlicha dasturli o‘rgatish elementlarini mashg‘ulotda qo‘llash; - mashg‘ulotda vaqtdan foydalanish ratsionalligini ta’minlash; - muammoli o‘qitish elementlarini ko‘proq qo‘llanilishi; - mashg‘ulotda videofilm, multimedia vositalaridan ko‘proq foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda o‘qituvchining nutqi muhim oddiy, tushunarli, emotsional nutqga ega bo‘lishi kerak. Asosiy e’tiborni yangi tushunchalar, tayanch iboralarni tushuntirishga qaratish, ortiqcha so‘zlarni ishlatmasligi kerak. Bu bosqichning 136 asosiy maqsadi - talabalarda keltirilgan axborotlarni ilmiy bilimlarni tizimli ravishda berish, ularda ijodiy izlanuvchanlikni, ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish. Bu bosqichga 25 daqiqa vaqt ajratiladi. To‘rtinchi bosqich. Tahlil bosqichida o‘qituvchi talabalar tomonidan kiritilgan g‘oyalarning qizg‘in tahlil qilinishi uchun sharoit yaratadi. Talabalar axborotlarning ba’zi jihatlarini aniqlashga va kiritilgan g‘oyalarni, fikrlarni qizg‘in tahlil qilib, eng to‘g‘ri g‘oya va fikrlarni aniqlab oladilar. Bu bosqichda talabalarning dars davomida o‘rganish, bilim olish faolligini oshirish, ularning shaxsiy fikrlarini dadil aytishiga, erkin, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga erishiladi. Talabalarda muammo mohiyatini to‘g‘ri idrok qilish, keng mantiqiy fikrlash uchun barcha imkoniyatlaridan foydalanadilar. Bu bosqichga 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Beshinchi bosqich. Nazorat bosqichida talabalarning ma’ruzadagi tayanch tushunchalar, yangi bilimlar qanday o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi. Bunda o‘qituvchi elektron (kompyuterlar orqali) yoki qog‘oz (tarqatma material) variant bo‘yicha testlardan foydalanadi. Talabalar mavzudagi asosiy tayanch tushuchalarni o‘rganadilar va ularda faollik, ijodkorlik hissi rivojlanadi, o‘z xatolarini tuzatish va yanada yaxshi bilim olishga intilish oshadi. Bu bosqichga 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Oltinchi bosqich. Vazifa bosqichida talabalarga o‘qitish tizimi yordamida yordamida talabalarning test savollari natijalari ko‘rsatiladi. Bundan tashqari talabalarning test savolllariga javoblari tahlil qilinadi va mavzuni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar va materiallar to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish, fan bo‘yicha foydali saytlar nomi. Bu bosqichda talabalar mavzuni o‘zlashtirishlarini tushunib, mavzu bo‘yicha o‘z kamchilik va nuqsonlarini anglab olishadi. Bu bosqichga 5 daqiqa vaqt ajratiladi. Ettinchi bosqich. Yakuniy bosqich bo‘lib, o‘qituvchi mavzu xulosasini aytadi va darsga yakun yasaydi. Ma’ruza mashg‘ulotining bu bosqichi o‘tkazilgan ishlarning tahlili va muhokamasiga bag‘ishlanadi. Bu bosqichda o‘qitish tizimi qo‘yidagilarni amalga oshirishi mumkin: talaba mashg‘ulotdagi ishlarning muvaffaqiyatini baholaydi, ya’ni elektron variantda o‘qituvchi pochtasiga o‘z talab va takliflarini jo‘natishi yoki anketa-so‘rov savollariga javob beradi. O‘qitish tizimini amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash, texnika sohasidagi fanlar uchun – bu nazariy yo‘riqnomalarni mustahkamlash va ko‘nikmalarni oshirish maqsadidagi mashq va masalalarni yechishdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling