Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi
Download 106.62 Kb. Pdf ko'rish
|
“О‘quvchilarning ta’lim olish savodxonligini rivojlantiruvchi 19
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsning muloqatchanlik va tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash bо‘yicha savolnoma.
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi PEDAGOG MAS’ULIYATI VA MOSLASHUVCHANLIGI moduli bo‘yicha “ O‘QUVCHI SHAXSINI VA О‘QITUVCHINING О‘QUVCHILAR BILAN HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH UCHUN AMALIY TRENINGLAR ” o‘quv kursining “О‘quvchilarning ta’lim olish savodxonligini rivojlantiruvchi treninglar” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Aliyeva K.S Toshkent 2021 1-Mavzu. О‘quvchilarning ta’lim olish savodxonligini rivojlantiruvchi treninglar. Reja: 1. O‘quvchilarni o‘qish va ta’lim olishga qiziqishlarini rivojlantiruvchi treninglar. 2. Kasb tanlashga oid treninglar. 3. O‘quv motivlarini rivojlantiruvchi treninglar. 4. Guruhda sog‘lom psixologik muhitni rivojlantirishga qaratilgan treninglar. 5. Kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan treninglar. Shaxsning muloqatchanlik va tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash bо‘yicha savolnoma. Quyidagi savollar berilgan bо‘lib, sizdan ularning xar biriga “Ha” yoki “Yо‘q” deb javob berishingiz sо‘raladi. Javoblaringizni savol raqami oldida qо‘yiladigan belgilaringiz bilan aniqlanadi. “Ha” javobiga “+” belgisini qо‘ying. 1. Doimo muloqotda bо‘lib turadigan dо‘stlarinigiz kо‘pmi? 2. Dо‘stlarinigizni о‘z fikringizga ishontira olishning uddasidan tez-tez chiqib turasizmi? 3. О‘rtoqlaringizda biror bir kо‘ngilsizlikni his qilib yurasizmi? 4. Mavjud qiyin ahvollara doimo tо‘g‘ri yо‘l topib ketishingiz qiyinmi? 5. Xilma-xil odamlar bilan yangi tanishuvlarga intilasizmi? 6. Ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullanishni yoqtirasizmi? 7. Sizga kitoblar bilan yoki u-bu ish bilan mashg‘ul bо‘lish, odamlar orasida vaqtni о‘tkazishga nisbatan ma’qulroqmi? 8. О‘z xohishingizni amalga oshirayotganingizda tо‘siqlar paydo bо‘lib qolsa, о‘z intilishingizdan tezda voz kechasizmi? 9. Yoshi sizdan ancha katta bо‘lgan odamlar bilan tezda kirishib keta olasizmi? 10. Har xil о‘yinlarni о‘ylab topish va tashkil etishni yaxshi kо‘rasizmi? 11. О‘zingiz uchun yangi bо‘lgan dо‘stlar yoki mehmonlar davrasiga qо‘shilishda qiyinchilik sezasizmi? 12. Bugun qilish mumkin bо‘lgan ishlarni tez-tez keyingi kunlarga о‘tkazasizmi? 13. Noma’lum kishilar bilan muloqotga kirishishingiz osonmi? 14. Sizning tanish-bilishlaringiz Siz о‘ylaganday xatti-xarakatlar qilishlariga ishonasizmi? 15. Yangi kollektivga moslashishda qiyinchilik sezasizmi? 16. Sizda boshqa odamlar bilan ularning о‘z sо‘zlari ustidan chiqmaganliklari, о‘z majburiyatlari va ma’suliyatlarini bajarmaganliklari yuzasidan xech qanday kelishmovchiliklar bо‘ladimi? 17. Imkon bо‘lsa, boshqa kimsa bilan tanishishga intilasizmi? 18. Muhim ishlarni xal qilishda kо‘pincha tashabbusni о‘z qо‘lingizga olasizmi? 19. Atrofingizdagi odamlar sizning g‘ashingizga tegsa, о‘zingiz yakka qolgingiz keladimi? 20. Odatda, о‘zingizga noqulay bо‘lgan sharoitda yо‘l topib ketasizmi? 21. Har xil odamlarning orasida bо‘lish sizga yoqadimi? 22. Boshlangan ishingizni oxirigacha yetkazmasangiz achinasizmi? 23. Boshqa odam bilan tanishuv vazifasi oldingizda turgan bо‘lsa, u holda qiyinchilik yoki uyalish hollarini xis qilasizmi? 24. Atrofingizdagilar bilan kо‘p muloqotda bо‘lganligingizdan charchab qolasiz, deb tasdiqlash tо‘g‘rimi? 25. Kо‘pchilik bо‘lib о‘ynaydigan о‘yinlarda ishtirok etishni yaxshi kо‘rasizmi? 26. Boshqa odamlarning shaxsiy xayotiga aloqador masalalarni xal qilishda qatnashishga kо‘p hollarda tashabbus kо‘rsatasizmi? 27. Siz yaxshi taniydigan odamlar orsida о‘zingizni ishonchsizroq tutasiz, deb aytish mumkinmi? 28. О‘zingizni xaqligingizni isbotlashga doim ham xarakat qilavermaysiz, deb ta’kidlash mumkinmi? 29. О‘zingizga kamroq tanish bо‘lgan dо‘stlar guruhida ham qiziq suhbat olib borishingizga ishonchingiz komilmi? 30. Maktabdagi ijtimoiy ishlarda ishtirok etganmisiz? 31. О‘z tanish-bilishlaringiz doirasini cheklashga, ularning sonini kо‘paytirmaslikka intilasizmi? 32. Agar sizning fikringizni boshqalar qо‘llamayotgan bо‘lsa, bu fikringizning tо‘g‘riligini shu zaxotiyoq isbotlashga xarakat qilasizmi? 33. Siz kam tanish bо‘lgan dо‘stlar davrasiga tushib qolsangiz о‘zingizni erkin xis qilasizmi? 34. Tanish bilishlaringiz kirishayotgan tadbirlarni tashkil etishga tezda kirishib ketasizmi? 35. Kо‘pchilik odamlardan iborat guruhlar oldida gapirayotganda bezovtalik va ishonchsizlik xis etasizmi? 36. Ishga aloqador yoki shaxsiy uchrashuvlarga tez-tez kechikib turasizmi? 37. Dо‘stlaringiz kо‘p deb ta’kidlash mumkinmi? 38. Yaxshi tanish tо‘lmagan odamlar bilan muloqatda bо‘lganingizda о‘zigizni kо‘pincha noqulay his etasizmi? 39. Kо‘proq bashqa odamlarning diqqat markazida bо‘lasizmi? 40. Kо‘pchilik odamlardan iborat davralarda о‘zingizni ishonchsizroq his etasiz, deb aytish mumkinmi? Download 106.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling