Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi


Download 106.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana20.11.2023
Hajmi106.62 Kb.
#1787404
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“О‘quvchilarning ta’lim olish savodxonligini rivojlantiruvchi 19

 
 
 


Molekula о‘yini 
Maqsad: ishtirokchilarni faollashtirish, jamoaviylikni rivojlantirish, kichik 
guruhlarni hosil qilish. 
Jarayon: birinchi navbatda ishtirokchilar bir tо‘p bо‘lib turib olishlari kerak. 
Molekulalar haqida biroz tushuncha berib о‘tiladi misol uchun: molekulalar harorat 
oshgani sari ularning harakati tezlashadi va harorat sovigani sari ularning harakati 
sekinlashadi. Sо‘ngra ishtirokchilarga tasavvur qiling sizlar hozir kichik-kichik atom 
molekulalariga aylanib qoldingiz deb ustanovka beriladi. Sizlardan havo harorati 
oshgani sari ixtiyoriy turli taraflarga qarab tо‘xtamay harakatlanish talab etiladi. 
(trening auditoriyada bо‘lmasa ishtirokchilarning bir-birlaridan uzoqlashib 
ketmasligi sо‘raladi) Shundan sо‘ng hozir harorat 40,60,100 daraja issiq deb aytiladi 
va molekulalar (ya’ni ishtirokchilar) borgan sari tezroq harakatlana boshlaydi. 
Trener ularni ixtiyoriy paytda tо‘xtatib molekulalar 2ta yoki 3ta yoki ixtiyoriy kerakli 
miqdorda birlashishsin deb buyruq berishi mumkin. Shunda ishtirokchilar tо‘xtashi 
va tezda о‘ziga sheriklar topib aytilgan miqdorda birlashib kichik xalqalar hosil qilib 
olishlari kerak. Bundan sо‘ng “harorat yana kо‘tarilib molekulalar yana harakatga 
kelishadi” buyrug‘ini berish va о‘yinni yuqoridagiday davom ettirish mumkin. 
Eslatib о‘tish kerakki, bu о‘yindan nafaqat ishtirokchilarni faollashtirish yoki 
jamoaviylikni shakllantirish uchun balki ishtirokchilardan kichik guruhlarni hosil 
qilish uchun ham foydalanish mumkin. 
Noodatiy fikrlaymiz 
Maqsad: ijodkorlik, noodatiy fikrlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish. 
Jarayon: ishtirokchilardan bir nechta guruhlar shakllantiriladi shundan sо‘ng 
har bir guruhga bittadan ixtiyoriy predmet beriladi (ya’ni nomi aytiladi), misol 
uchun: baklashka, qopqog‘ yoki propka, krujka, qoshiq, g‘isht, gugurt chо‘pi, qog‘oz 
bо‘lagi. Har bir guruhga bittadan predmet aytilgach, guruhlarga 2-3 daqiqa vaqt 
beriladi shu vaqt davomida guruhlar kelishgan holda yuqorida berilgan predmetni 
о‘z funksiyasidan tashqari yana nima vazifalarda hamda qanday hollarda ishlatish 
mukinligi haqida о‘ylab kо‘rishlari kerak va berilgan predmetning qо‘shimcha 
funksiyalari rо‘yxatini tuzishga harakat qilishlari kerak. Bunda oldindan aytib о‘tish 


joiz, eng uzun rо‘yxatni tuzgan jamoa g‘olib deb topiladi. 
О‘yindan xulosa shuki, har bir ishga, ayniqsa muammoli vaziyatga 
yondoshishda iloji boricha ijodkorlik, noodatiy fikrlash va mantiqiy tafakkurni ishga 
solib yondoshish, odatiy primitiv yо‘llar orqali ish tutishdan kо‘ra samaraliroq natija 
beradi. Hamda bunday yondoshuvning yana bir foydali tarafi shundaki, inson qiyin 
vaziyatga tushib qolganida, ortiqcha о‘yga tolmaydi va zо‘riqishdan holi bо‘ladi 
hamda optimistlarcha ish tutadi. 

Download 106.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling