Pedagog mas’uliyati va moslashuvchanligi


Download 106.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana20.11.2023
Hajmi106.62 Kb.
#1787404
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“О‘quvchilarning ta’lim olish savodxonligini rivojlantiruvchi 19

16 ta savolning har biriga «xa», «yo’q», «ba’zan» deb javob berishingiz 
mumkin.
1. Oldingizda ish yuzasidan о‘ziga xos uchrashuv turibdi. Uni kutish sizni 
holdan toydiradimi?
2. Vrachga borishni kasalligingiz zо‘rayguncha orqaga surasizmi?
3. Biron majlis, yig‘ilish yoki tadbirda sо‘zga chiqishni topshirishganda sizda 
norozilik, sarosimalik paydo bо‘ladimi?
4. Sizga, siz xech qachon bormagan shaharga xizmat safariga borishni taklif 
qilishdi. Siz bormaslik uchun qо‘lingizdan kelgan xamma ishni qilasizmi?
5. Siz kim bilan bо‘lmasin о‘z kechinmalaringizni о‘rtoqlashishni yaxshi 
kо‘rasizmi?
6. Kо‘chada notanish odam yo‘l kо‘rsatishni, vaqtni aytib berish, biron bir 
savolga javob berish kabi iltimoslar bilan murojaat qilsa jaxlingiz chiqadimi?
7. «Otalar va bolalar» muammosining mavjudligiga, turli avlod vakillari bir-
birini tushunishi qiyinligiga ishonasizmi?
8. Tanishingizga, sizdan bir necha yil oldin olgan 100.000 sо‘mni qaytarishni 
unutib qо‘yganligini eslatishga uyalasizmi?
9. Restoran yoki oshxonada sizga sifatsiz ovqat berishdi, siz tarelkani jaxl 
bilan surib qо‘yib, indamay qо‘ya olasizmi?
10. Begona odam bilan yolg‘iz qolganda siz suxbatni u boshlaguncha kutib 
vaqtni chо‘zaverasiz. Shundaymi?
11. Qayerda bо‘lmasin: do‘kondami, kutubxonadami, kinoteatr kassasidami 
uzun navbat sizni vaximaga soladi. Siz navbatga turgandan kо‘ra, о‘z niyatingizdan 
voz kechishni ma’qul kо‘rasizmi?
12. Ziddiyatli vaziyatlarni kо‘rib chiqadigan komissiya ishida qatnashishdan 
qо‘rqasizmi?
13. Sizning sanoat, adabiyot, madaniyat asarlarini baholashda о‘ziga xos 
mezoningiz bor va bu xaqdagi boshqalarning fikri bilan xisoblashmaysiz. 
Shundaymi?


14. Qayerdadir sizga aniq ma’lum bо‘lgan masala yuzasidan xato fikrni 
aytishdi, eshitib tortishmasdan indamay qо‘ya qolasizmi?
15. Birovning о‘quv mavzusi yoki xizmat masalasi yuzasidan yordam berish 
xaqidagi murojaati sizni iztirobga soladimi?
16. Siz og‘zaki aytgandan kо‘ra yozma holda о‘z fikringizni erkinroq bayon 
qila olasizmi?
Endi javoblaringizni baxolab chiqing:
Har bir «xa» javobiga – 2 ball, «ba’zan» javobiga – 1 ball, «yo‘q» javobiga – 
0 ball beriladi.
Umumiy qiymatni toping. 30-32 ball Siz umuman kommunikabel (kirishimli) 
emassiz, bu siz uchun kulfat, chunki bundan о‘zingiz kо‘proq aziyat chekasiz. 
Yaqinlaringizga xam oson emas. Guruh bо‘lib bajariladigan ishlarda sizga ishonib 
bо‘lmaydi. О‘zingizni nazorat qiling, kirishimli, dilkash bо‘lishga harakat qiling.
25-29 ball. Siz kamgap, odamovisiz, yolg‘izlikni yoqtirasiz, shuning uchun 
ehtimol dо‘stlaringiz xam oz bо‘lsa kerak, yangi ish va yangi odamlar bilan aloqa 
qilish zarurati sizni vaximaga solmasa xam, har xolda ancha vaqtgacha 
muvozanatdan chiqaradi. Siz xarakteringizning bu xususiyatini bilasiz va о‘z 
taqdiringizdan norozi bо‘lasiz. Lekin faqat norozilik bilan cheklanmang
xarakteringiz xususiyatini о‘zgartirish о‘z qо‘lingizda. Ba’zan biror ishga ishtiyoq 
bilan kirishganingizda siz juda kirishimli bо‘lasiz-ku. Shuning uchun ozgina 
о‘zingizni g‘aflatdan uyg‘otsangiz bо‘ldi.
19-24 ball. Ma’lum darajada siz kirishimlisiz va notanish vaziyatda о‘zingizni 
dadil tutasiz. Yangi muammolar sizni qо‘rqitmaydi. Lekin yangi odamlar bilan 
xavfsirab munosabatga kirishasiz. Tortishuv va munozaralarda og‘rinib ishtirok 
etasiz.
14-18 ball. Sizda me’yordagi kirishimlilik bor. Siz qiziquvchansiz, qiziqarli 
suxbatdoshni jon-jon deb eshitasiz, boshqalar bilan muloqotda yetarlicha toqatlisiz, 
qiziqqonlik qilmasdan о‘z fikringizni ximoya qila olasiz. Kо‘ngilsiz о‘y xayollarsiz 
notanish odamlar bilan uchrashuvga tayyorlana olasiz. Shu bilan birga g‘ala-g‘ovur 
о‘tirishlarni yoqtirmaysiz, oliftalik va laqmalik jaxlingizni chiqaradi.


9-13 ball. Siz anchagina kirishimlisiz (ba’zan aytish mumkinki, xaddan 
tashqari kirishimlisiz). Qiziquvchan, sо‘zamolsiz, har xil masalalar bо‘yicha о‘z 
fikringizni bildirishni yaxshi kо‘rasiz, bu narsa ba’zan atrofdagilarning g‘ashiga 
tegadi. Yangi odamlar bilan jon-jon deb tanishasiz. Diqqat markazida bо‘lishni 
yaxshi kо‘rasiz, har doim bajarolmasangiz xam birovning iltimosini qaytarmaysiz. 
Ba’zan о‘zingizni tutolmay xam qolasiz, lekin tezda о‘zingizni qо‘lga olasiz. Sizning 
kamchiligingiz – qunt, toqat va yangi odamlar bilan tо‘qnashganda jur’atning 
yetishmasligidir. Agar qasd qilsangiz о‘zingizni chekinmaslikka majbur qila olasiz.
4-8 ball. Siz dali – g‘uli, kо‘ngli ochiq odamsiz (g‘alati tuyulsa xam bu 
tushunchani ayollarga nisbatan xam qо‘llash mumkin). Kirishimlilik joni-dilingiz, 
siz xamma narsadan xabardorsiz. Har qanday munoazarada qatnashishni yaxshi 
kо‘rasiz, shu bilan birga har qanday jiddiy masala sizda bosh og‘rig‘i va 
xunobingizni oshiradi. Yuzaki tasavvurga ega bо‘lsangiz xam har qanday masala 
yuzasidan sо‘z olishni yoqtirasiz. Xamma yerda о‘zingizni yaxshi xis qilasiz, 
oxirigacha muvaffaqiyatli xal qila olmasangiz xam har qanday ishni zimmangizga 
olaverasiz. Shuning uchun xam xamkasblaringiz va raxbarlaringiz sizga ma’lum 
darajada xavfsirab va ishonqiramay munosabatda bо‘lishadi. Shu faktlar ustida 
о‘ylab kо‘ring.
3 va undan oz ball. Sizning kirishimligingiz deyarli kasallik darajasida, siz 
kо‘p gapiradigan, laqmasiz, о‘zingizga aloqasi bо‘lmagan ishlarga xam burningizni 
suqaverasiz. О‘zingiz butunlay bexabar, xaqqingiz bо‘lmagan narsalar xaqida xam 
baxo beraverasiz. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz atrofingizda turli ziddiyatlar kelib chiqishiga 
sabab bо‘lasiz, qiziqqon, arazchi, kо‘p xolatlarda adolatsizsiz. Siz jiddiy ish uchun 
tug‘ilmagansiz. Ishda xam, uyda xam va umuman xamma yerda atrofingizdagilarga 
qiyin. Sizga о‘zingiz va xarakteringiz ustida ishlash vaqti yetdi. Avvalo о‘zingizda 
vazminlik va sabr-toqatni tarbiyalang va о‘z sog‘ligingiz xaqida qayg‘uring- eslab 
qoling, bunday turmush «usuli» izsiz ketmaydi 

Download 106.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling