Pedagogik akmeologiya fani doirasidagi tadqiqotlar Mavzu rejasi


Akmeologiya quyidagi tamoyillardan kelib chiqadi


Download 58.16 Kb.
bet2/5
Sana08.11.2023
Hajmi58.16 Kb.
#1756938
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik akmeologiya fani doirasidagi tadqiqotlar

Akmeologiya quyidagi tamoyillardan kelib chiqadi:
Birinchisi, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishda barkamol avlod tarbiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni ta’lim olishda sog‘lom ijtimoiy-ahloqiy muhitni yaratish, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash, ahloqan pok, intellektual еtuk, yuksak professional mutaxassis, ilg‘or fikrli, salohiyatli, bilimli, jahon standartlariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash hozirgi paytda ustuvor vazifalardan bo‘lmog‘i lozim.
Ikkinchisi, zamonaviy tafakkur rivojida akmeshaxs qiyofasiga ahloqiy munosabat zarur. Zero, yurt ravnaqi, millat rivoji, barqarorligini akmeshaxslarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak, O‘zbekistonda barkamol avlod tarbiyasida jismoniy, aqliy, ma’naviy jihatlar kabi uch asosiy jihatga e’tibor berish o‘ta muhim va dolzarb masala bo‘lib, ijtimoiy jarayonlarning faol kechishida muhim omillardan hisoblanar ekan, shaxsning intellektual boy, yuksak ma’naviyatli akmeshaxs bo‘lib еtishishi «vaqt o‘zagi» elagidan o‘tgan ma’naviy merosga bog‘liqligi yoshlar ongiga singdirib borilishi lozim.
Uchinchisi, respublikamizda yangilanish va taraqqiyot jadal davom etayotgan bir davrda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan bir qatorda yoshlar muammosini respublika oldidagi umumiy vazifalardan ayri holda ko‘rib chiqish mumkin emas. Shu bois, yoshlar shaxsining shakllanishi, kamol topishi muammosini o‘rganishda akmeologik bilimlardan foydalanish usuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmog‘i lozim.
Umuman olganda, B.G.Ananevning fikriga ko‘ra, «Insonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va so‘nggi ontogenez, «chetroqda» esa insonning ko‘proq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy-faol hayot fazasi bo‘lishi mumkin» va bularning barchasi, shaxsning individual-ruhiy rivoji haqidagi yagona ilmiy-nazariy g‘oyaning maxsus fundamental ishlab chiqarilgan, o‘smirlik va еtuklikning yosh psixologiyasi qismisiz mavjud bo‘la olmaydi. Shu bois, akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal еtukligi bo‘lmog‘i lozim.

Download 58.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling