Pedagogik akmeologiya fani doirasidagi tadqiqotlar Mavzu rejasi


INDIVID 1-rasm. Ananev bo‘yicha individning strukturasi


Download 58.16 Kb.
bet4/5
Sana08.11.2023
Hajmi58.16 Kb.
#1756938
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik akmeologiya fani doirasidagi tadqiqotlar

INDIVID

1-rasm. Ananev bo‘yicha individning strukturasi

Insonni xarakterlovchi va real dunyoning ob’ektini anglatuvchi boshqa bir tushuncha – bu “shaxs”dir. Ushbu tushuncha ham “individ” tushunchasi singari bir necha ta’riflarga ega. Ko‘pincha shaxs deganda ijtimoiy munosabatlar va ongli faoliyat sub’ekti bo‘lgan individ tushuniladi. Ayrim psixologlar shaxs deganda hamkorlikdagi faoliyat va muloqot orqali shakllangan individning tizimli xususiyatlarini tushunadilar. Ushbu tushunchaga oid ko‘pgina ta’riflar mavjud, lekin ularning bari yagona g‘oyaga tayanadilar ya’ni “shaxs” tushunchasi insonning ijtimoiy voqelik, mavjudot ekanligini xarakterlaydi. Ushbu tushuncha doirasida motivatsiya, temperament, qobiliyat va xarakter kabi shaxs psixik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi (2-rasm).



Sh A X S

Iroda


Motivatsiya (yo‘nalganlik)

Temperament

Xissiyot

Layoqat va qobiliyat

Harakter

2-rasm. Ananev bo‘yicha “shaxs” tushunchasining strukturasi

Ananev ajratib ko‘rsatgan tushunchalarning yana biri – “faoliyat sub’ekti”dir. Bu tushuncha o‘z mazmuniga ko‘ra, “individ” va “shaxs” tushunchalari orasida joylashadi. Faoliyat sub’ekti biologik va sotsiologik mavjudotlarni o‘zida mujassam etadi. Agar inson faoliyat sub’ektiga aylanmaganida u mavjudotga aylana olmas edi, shu bilan birga evolyusiya va ijtimoiy taraqqiyotni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.


Insonni faoliyat sub’ekti sifatida e’tirof etishdan avval “sub’ekt” tushunchasining falsafiy mazmunini tushunib olish darkor. Ko‘pincha bu tushuncha “ob’ekt” tushunchasi bilan birga qo‘llaniladi. Ob’ekt va sub’ekt hamisha o‘zaro aloqadordir. Ob’ekt – bu bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan predmet yoki real voqelik, shaxs-sub’ektning faol ta’siri va maqsadlari u bilan uyg‘un bo‘ladi.
Insonning atrofini muayyan bir predmetlar va voqeliklar o‘rab olgan. Inson faolligiga qaratilgan u yoki bu voqelik, predmetlar ob’ekt bo‘lib xizmat qiladi. Inson faoliyatining o‘zi ham ob’ekt bo‘lishi mumkin.
Insonni sub’ekt sifatida boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turuvchi eng muhim jihati – bu ongdir (3-rasm).


Download 58.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling