Pedagogik akmeologiya fani doirasidagi tadqiqotlar Mavzu rejasi


VI.2. B.G.Ananevning akmeologiyaga qo‘shgan hissasi


Download 58.16 Kb.
bet3/5
Sana08.11.2023
Hajmi58.16 Kb.
#1756938
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik akmeologiya fani doirasidagi tadqiqotlar

VI.2. B.G.Ananevning akmeologiyaga qo‘shgan hissasi
Inson xulq-atvorini qanday qilib tushunish mumkin? Nega insonlar turli qobiliyat egasi bo‘ladilar? “Ruh” nima va uning tabiati qanday? Bu va shu kabi savollar hamisha insoniyatni qiziqtirib kelgan.
Ratsional yondashuvga ko‘ra bizni o‘rab turgan voqelik ongimizdan holi ravishda mavjud bo‘ladi, bu ko‘pgina tadqiqotlarda o‘z aksini topgan va kuzatish ishlari o‘z ilmiy asosiga ega. Bunday yondashuvni amalga oshirish uchun tadqiqot predmeti haqida tushunchaga ega bo‘lish zarur. Turli fan yo‘nalishlari vakillari bir necha bor inson haqida to‘liq tasavvurlarni shakllantiruvchi g‘oyalarni ishlab chiqishga uringanlar. Bunday tasavvurlar psixologiyada ham mavjud.
B.G.Ananevning shaxs konsepsiyasi:
Shaxsni o‘rganishga qaratilgan izlanishlar jahon psixologiyasida mashxur bo‘lgan B.G.Ananev ishlarida uchraydi. B.G.Ananevning jahon psixologiyasi taraqqiyoti uchun qo‘shgan xizmatlari haqida gapirganda uning shaxs psixologiyasini tadqiq qilishga yangicha metodik yondashuvni ishlab chiqqanligini alohida ta’kidlash zarur. Shaxs haqidagi ilmiy bilimlar taraqqiyoti haqida gapirar ekan, Ananev shaxs muammosi butun fan sohalari uchun yagona umumiy muammoga aylanishini ta’kidlagan. Zamonaviy ilm-fanda inson salomatligi, uning ijodkorligi, ta’lim-tarbiyasi, kechinmalari va xislari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga qiziqish kundan-kunga ortib, shaxsni o‘rganish uchun kompleks tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ananev shaxs borasidagi bilimlar tizimida 4 asosiy tushunchani ajratib ko‘rsatadi:

  • individ;

  • faoliyat sub’ekti;

  • shaxs;

  • individuallik.

“Individ” tushunchasiga bir necha ta’riflar bor. Eng avvalo individ –biologik mavjudotdir. Ushbu holatda insonning biologik xususiyatlari еtakchilik qiladi. Lekin, ba’zida bu tushuncha insoniyatning alohida bir vakilini anglatish uchun qo‘llaniladi. Bu vaziyatda ham insonning biologik xususiyatlari inkor etilmaydi.
Inson individ sifatida muayyan bir xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ananev individning birlamchi va ikkilamchi sifatlarini u barcha insonlarga xos bo‘lgan sifatlarni, ya’ni yosh xususiyatlarini, jinsiy dimorfizm, individual-tipologik xarakterlarni, konstitutsional xususiyatlarni, katta yarim sharlarning funksional giometriyasini kiritish mumkin. Individning birlamchi xususiyatlarining o‘ziga xosligi uning ikkilamchi xususiyatlari aniqlanib beradi: psixofiziologik funksiyalar dinamikasi va individning organik ehtiyojlari strukturasi. O‘z navbatida bu xususiyatlarning o‘zaro integratsiyasi shaxs temperamenti va layoqati uchun zamin hozirlaydi (1-rasm).




Download 58.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling