Kasbshunoslik nazariyasida “kasb” va “mutaxassislik” tushun-chalari farqlanadi. Kasb mutaxassislikka ko‘ra kengroq tushuncha bo‘lib, kasbiy salohiyatidan tashqari, uning muhim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy salohiyat, kasbiy avtonomiya, o‘zini nazorat qilish, guruhli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi. Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruhini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor; mutaxassisliklar - terapevt, pediatr akulist, urolog, va hokazo. - Kasbshunoslik nazariyasida “kasb” va “mutaxassislik” tushun-chalari farqlanadi. Kasb mutaxassislikka ko‘ra kengroq tushuncha bo‘lib, kasbiy salohiyatidan tashqari, uning muhim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy salohiyat, kasbiy avtonomiya, o‘zini nazorat qilish, guruhli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi. Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruhini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor; mutaxassisliklar - terapevt, pediatr akulist, urolog, va hokazo.
- Kasb– muhandis; mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar.Mutaxassislik – kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo‘li bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko‘nikma va malakalar kompleksi bo‘lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik - kasb ichdagi kasbiy faoliyat turi bo‘lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o‘ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.Kasb, mutaxassislik tushunchalari bilan bir qatorda ixtisoslik tushunchasi ham keng qo‘llaniladi.
Mehnat obyktiga ko‘ra 5 ta kasb turlari ajratiladi. - Mehnat obyktiga ko‘ra 5 ta kasb turlari ajratiladi.
- Inson – tabiat. Bu tur namoyondalari o‘simlik va hayvonot mikroorganizmlar va ular yashash sharoitlari bilan ishlashadi. Masalan, meva - sabzavot ustasi, agranom, zootexnik, vetenar, mikrobiolog.
- Inson – texnika. Ishchilar jonsiz texnik mehnat obyektlari bilan ishlashadi. Masalan, texnik, mexanik, muhandis mexanik, muhandis elektrik, texnik texnolog va hokazo.
- Inson – inson. Bunda ijtimoiy tizimlar, axloqiy guruhlar, turli yoshdagi insonlar bilan ishlash nazarda tutiladi. Masalan, oziq - ovqat mahsulotlarini sotuvchisi, sartarosh, shifokor, o‘qituvchi va boshqalar.
- Inson – belgilar tizim. Tabiiy va sun’iy tillar, shartli belgilar, ramzlar, raqamlar, formulalar kasb turi namoyondalarini qiziqtiruvchi predmetlar olami va boshqalar. Masalan, dasturchi, chizmachi - kartagraf, matematik, tilshunos, nashriyot muharriri.
- Inson – badiiy obraz. Hodisalarni badiiy aks etishi dalillari - mana shu narsalar bu kasb turi vakillarini qiziqtiradi. Masalan, rassom dekarator, rassom - restavrator, musiqa asboblarini sozlovchi, balet artisti, konsert ijrochisi, aktyor va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |