Pedagogik artistizm
Download 1.36 Mb.
|
majmua artitizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi artistizmning
Ichki artistizm quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-tarbiyachining madaniyati; -tarbiyachining mustaqilligi va erkinligi; -ta’lim oluvchilarni o‘ziga jalb qila olishi; -tarbiyachining hissiy kechinmalarga boyligi; -tarbiyachida obrazli tasavvurning kengligi; - tarbiyachining dars va darsdan tashqari jarayonlarda nazokatliligi; - ta’lim oluvchilar oldiga muammolar qo‘yish va ularni hal qilishning obrazli yo‘lini bilishi; - mashg‘ulotlar jarayonida kutilmagan holatlarda o‘zini tuta bilishi, o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi; - tarbiyachida ichki ijodkorlik ko‘nikmalarining shakllanganligi; - tarbiyachining mustaqil ta’lim olishi va o‘z faoliyatini haqqoniy baholashikabilar. Tashqi artistizmning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: - ta’lim oluvchilarga yangi ma’lumotlar, axborotlarni o‘yin tarzida etkaza olishi, o‘yin texnikasini puxta egallaganligi; - tarbiyachining yangi o‘quv materiallariga nisbatan munosabatini ifodalashning alohida shakllari, vositalari, usul va metodlarini bilishi; - hamkasblarining pedagogik faoliyatlariga nisbatan o‘zining hissiy munosabatini bildira olishi; - zarur hollarda ta’lim oluvchilarning sirdoshiga aylana olishi; - mashg‘ulot jarayoniga mohirona rejissyorlik qilish ko‘nikmalarini egallaganligi kabilar. Pedagogik artistizmning tarkibiy qismlari: zarur hollarda tarbiyachining o‘z qiyofasini o‘zgartira bilishi, ochiqligi; hissiy kechinmalari, yaqin do‘st, hamkor sifatida o‘z quvonchini ta’lim oluvchilar bilan baham ko‘ra olishi; hayratga sola bilishi; o‘z-o‘zini namoyon qila olish mahoratini egallaganlik; tashqi maftunkorlikning mavjudligi; ijodiy kayfiyatni safarbar qilish, o‘z kayfiyatini boshqara bilish; empatiya, refleksiya; so‘zamollik, notiqlik san’atini egallaganlik; ovoz jarangining ifodaliligi, ishontira bilish ko‘nikmalari; so‘z bilan operatsiyalay olish san’atini egallaganlik (nutqiy artistizm); o‘z xulq-atvori bilan namuna atrofdagilarga bo‘lish; muloqotning noverbal vositalari (imo-ishoralar, mimika va b.)ni bilish kabilardan iborat. Yuqorida bayon qilingan fikrlar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachining artistlik ko‘nikmalarini egallaganligi tashxislovchilik, boyituvchilik, boshqaruvchilik, himoyalovchilik, shakllantiruvchilik, rivojlantiruvchilik rolini bajaradi. Tarbiyachining pedagogik artistizm ko‘nikmalari uning faoliyatida mantiqiylik va obrazlilikni tabiiy tarzda birlashtirish, umumlashtirish imkonini beradi, bu uning shaxsiy-kasbiy jihatlarini boyitish va uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadi. Tarbiyachi o‘zining ichki va tashqi erkinligi va mustaqilligini his etishi muhim ahamiyatga ega. Bu esa, tarbiyachini ruhlantiradi, unga yangi kuch, ijodiy quvvat baxsh etadi, o‘z bilim doirasini kengaytirishga ilhomlantiradi. Pedagogik artistizm, tarbiyachida o‘z hissiyoti va kayfiyatini nazorat qilish, tabiiy va jonli xulq-atvor, erkinlikni his qilish uning o‘z kasbiga nisbatan ishonchini oshiradi, o‘z-o‘ziga tanqidiy baho beradi. tarbiyachining dars jarayonida hissiy kechinmalari, unda artistlik ko‘nikmalarining rivojlanganligi ta’lim oluvchilarga o‘quv materiallari mazmuniga yangicha nazar tashlash, undan o‘zi uchun qiziqarli va ahamiyatlisini topish hamda ta’lim olishga nisbatan maylli-qadriyatli munosabatni shakllantirish imkonini beradi. Shunday qilib, pedagogik artistizm, uning tuzilishi va vazifalari, shuningdek, o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni; pedagog-artist mehnatining maqsadi, vazifalari va natijalarini tahlil qilish bo‘lajak tarbiyachining pedagog-artist bo‘lishga intilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan istiqbollarni aniq tasavvur qilish uchun muhim hisoblanadi. Shunga ko‘ra bugungi kunda har bir tarbiyachi yorqin ifodalangan pedagogik artistizm ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘z ustida mustaqil ishlashi, muntazam izlanishi lozim. O‘z fikrini mustaqil bayon qilish va jamiyat a’zolari bilan erkin muloqot qila olish – chinakam san’at hisoblanadi. Nutq har bir inson hayotida alohida ahamiyat kasb etadi va shaxslararo, muayyan shaxsning ichki hamda umuminsoniy vazifalarni bajaradi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling