Pedagogik artistizm


Nutqning hissiyotlarga boyligi -


Download 1.36 Mb.
bet27/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Nutqning hissiyotlarga boyligi - pedagogning hissiy kuchlanishli nutqida, uning to‘liq o‘zini bag‘ishlaganidan dalolat berib turgan mimikasi, pontomimikasi va imo-ishoralari o‘z ifodasini topadi. Kuchli ehtiros, chinakam quvonch yoki g‘amginlik, xayrihoxlik nutqning hissiyotlarga boy ekanligidan dalolat beradi.

Samarali nutqiy ta’sir uchun pedagogning tashqi ko‘rinishi yordamida muayyan munosabat va holatlarni ifoda etish, shuningdek, axborotning qaysidir qismini taqdim etish hamda maqbul hamkorlik muhitining yaratilishiga ta’sir o‘tkazish malakalari juda muhim hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, tarbiyachi muloqotning optimal, ya’ni psixologik nuqtai nazardan qulay vaziyatni tanlashni o‘rganishi zarur.

Tarbiyachining ta’lim oluvchilar bilan muloqotga kirishishi jarayonida uning o‘z gavdasini bir oz oldinga egiltira olishi muhim ahamiyatga ega. U ochiqlik sifatida idrok etiladi va shu subabli ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro hamkorlikka asoslangan muloqot jarayonida, Tarbiyachi ta’lim oluvchilarning faoliyatlarini his etishi va tushunishida muhim o‘rin egallaydi.

Tarbiyachining pedagogik artistizm ko‘nikmalarini egallaganligi uning ta’lim oluvchilar bilan muloqoti jarayonida nutqining tembrida namoyon bo‘ladi. Bu harakat va imo-ishoralar Tarbiyachi qiyofasi, uning nutqi bilan uyg‘unlik hosil qiladi, bu esa muloqot mavzusi va uslubiga mos kelishi lozim. Pedagogning muayyan artistlik ko‘nikmalaridan hisoblangan , mimikasi va imo-ishoralari, ta’lim oluvchilarning g‘ashiga tegmasligi va kulgu uyg‘otmasligi kerak. Aksincha uning mazkur harakatlari ta’lim oluvchilarni o‘ziga jalb qilishi, maftun etishi, go‘zal va nazokatli tasavvur uyg‘otishi zarur.



Tarbiyachi nutqining artistikligi ko‘p jihatdan uning pedagogik mahoratiga bog‘liq. Ushbu xususiyatning amaliy vazifasi – o‘zaro hamkorlikdagi muloqotga tarbiyalanuvchilarni o‘ziga jalb qila oladigan va mustaqil fikrlashga undashdan iborat. Tarbiyachining pedagogik artistizm ko‘nikmalari bir qator holatlarda: tashqi qiyofasi, o‘rnak bo‘lishi, nutq tembri, uning ta’sirchanligi, nutqni sodda va oddiy tilda bayon etishi, o‘z vaqtida sukut saqlay olishi, tasavvurining kengligi, munozara usullari va metodlarini yaxshi bilishida namoyon bo‘ladi.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling