Pedagogik artistizm


O‘zaro munosabatlarda masofa pozitsiyalari tamoyili


Download 1.36 Mb.
bet35/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

O‘zaro munosabatlarda masofa pozitsiyalari tamoyili - kattalar va bolalar o‘rtasidagi muloqot uchun o‘yin makonini tashkil etishga qaratilgan ("ko‘zdan ko‘zga").
Faollik tamoyili - o‘yin muhitini yaratishda pedagog va bolaning birgalikda ishtirok etish imkoniyati (katta modul to‘plamlarini qo‘llash, qum va suv o‘yinlari, o‘yin ustaxonalari va h.k.).
Barqarorlik - dinamiklik tamoyili - did, kayfiyat va imkoniyatlariga muvofiq o‘yin sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan. Har bir yosh guruhi bolalari uchun o‘yin xonalari barqarorlik hududi hisoblanadi: yig‘iladigan mebellar, o‘yinchoq mebel, o‘yinchoqlarni saqlash uchun idishlar, o‘yinchoqlar, yumshoq tekisliklar, dam olish podiumidan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Komplekslash va egiluvchan hududlash tamoyili - o‘zaro kesishmaydigan faollik sohalarini qurish imkoniyatini yaratadi va bolalarga bir vaqtning o‘zida bir-biriga xalaqit bermasdan turli o‘yin faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradi. Bu bolaning barcha manfaatlarini qamrab olgan o‘yin va tematik hududlar (zonalar), dam olish, xilvat joylar.
Odatiy va noodatiy unsurlarni uyg‘unlashtirish tamoyili - o‘yin muhitini estetik tashkil etish. Bu tamoyilning afzalliklari ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Axir inson asosiy ma’lumotlarni ko‘rish yordamida qabul qilishi sir emas. Aynan shuning uchun predmetli muhitni vizual qabul qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Vinil, mato, plastmassadan tayyorlangan katta yorqin o‘yinchoqlardan va majoziy bezash unsurlaridan foydalanish mumkin.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
O‘YIN NAZARIYASI VA UNI TASHKIL ETISH METODIKASI”
FANIDAN

MUSTAQIL TA`LIM
MATERIALLARI


Namangan-2022
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Bakalavr mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o`quv qo‘llanmalar boyicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o`zlashtirish;

  • nazariy material boyica misol va masala yechish,

  • avtomatlfshtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlar bo`yicha fan bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

masofaviy ta’lim.
Bakalavrga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko`riladi, test yoki savol-javob o‘tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko‘rsatiladi va o‘xshash misollar yordamida tekshiriladi.
MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA SHAKLLARI




Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling