Pedagogik artistizm


Download 1.36 Mb.
bet29/55
Sana15.02.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1199633
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
majmua artitizm

Munozaraning vazifasi – ta’lim oluvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan muammoni qo‘yish, ularni mazkur muammo yuzasidan fikr almashishga jalb qilish va muloqotga kirishishlariga mohirona dirijyorlik qilishdan iborat. Pedagog ta’lim oluvchilar bilan ishlash jarayonida munozara yordamida hamkorlik va o‘zaro do‘stlikka asoslangan suhbatdosh obrazini yaratishi mumkin.

Pedagog oldida hamisha barcha ta’lim oluvchilarning fikrlash faolligini rag‘batlantirish vazifasi turadi. Unga erishishning samarali yo‘llaridan biri, ta’lim oluvchilarda atrof-olamga nisbatan haqqoniy tasavvur uyg‘otish hisoblanadi.

Tarbiyachi har bir mashg‘ulotga o‘zining artistlik ko‘nikmalarini hisobga olgan holda mohirlik bilan tayyorlanishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida tarbiyachi ta’lim oluvchilar bilan o‘yin vaziyatiga kirib, bolalarning mustaqil fikrlash doiralarini kengaytirishga xizmat qiladigan texnologiyalardan foydalanishi kerak. Bu jarayonda pedagogning artistlik ko‘nikmalarini egallanligi muhim ahamiyatga ega.

Pedagogning nutqi ifodali, yorqin bo‘lishi, ta’lim oluvchilarga jalb qiladigan darajada ta’sir ko‘rsatishi uchun qo‘llanadigan vositalar anchagina. Bu maqol va matallar, xalqning turmush tarzi va adabiy-badiiy asarlardan misollar, kommunikativ muloqot jarayoni va noverbal nutqdan foydalanish kabilarda namoyon bo‘ladi.



Pedagogning artistlik mahorati uning so‘z san’atini qay darajada egallaganligi, ichki olami, o‘ziga xos shaxsiy-kasbiy xususiyatlari, madaniyati, ma’naviy boyligi, o‘z so‘zining haq ekanligiga ishonchida muhimdir. Bugungi kunda tarbiyachining pedagogik-texnik mahorati, uning ovoziga qo‘yiladigan talablar, mashg‘ulotlar jarayonida imo-ishoralardan foydalanish ko‘nikmalari haqida turlicha yondashuvlar mavjud. Biroq, mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyachining ma’naviy qiyofasi, muloqot ko‘nikmalarini egallaganlik darajasi, xulq-atvori va eng asosiysi uning pedagogik artistizm elementlaridan foydalanishi muhim didaktik qimmatga ega. Bo’lg’usi tarbiyachilarda pedagogik artistizmni shakllantirish metodik tizimi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida uzini uzi rivojlantirish masalasiga aloxida e’tibor qaratilib, bo’lajak mutaxassislarni tayyorlashda, ularda innovatsion kompetentlikni takomillashtirishda uz-uzini rivojlantirish tizimining axamiyati ortib bormoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yukori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jixatidan yangi bosqichga ko’tarish nazarda tutilgan bir qator me’yoriy-xuquqiy asoslar xam o’z-o’zini rivojlantirish orqali ta’lim jarayoni sub’ektlari kompetentligini takomillashtirishga qaratilgan. O’z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligining tarkibiy asoslari sifatida o’z-o’zini rivojlantirish, o’z-o’zini namoyon etish kabilardan iborat ekanligini qayd etadi. Ilmiy-falsafiy va psixologik tushunchalarni taxlil etish shuni ko’rsatdiki, ilmiy bilimlar shakllanishining xozirgi zamon bosqichida o’zini o’zi rivojlantirish,o’zini o’zi tashkil etish, o’zini o’zi tarbiyalash, o’zini o’zi xarakatlantirish va boshqa ko’plab "o’zini ‘zi" qo’shimchasi qo’shilgan tushunchalardan faol foydalaniladi. "O’zini o’zi" atamashunosligini yuzaga kelishi va ularning faol qo’llanilishi falsafiy, psixologik va pedagogik fikrlashda biror burilish paydo bo’lganligini ko’rsatadi. Talabaning o’zini
ozi rivojlantirish kompetensiyasi kasbiy uzini o’zi belgilash va o’zining o’quv-kasbiy faoliyatini ongli ravishda amalga oshirish asosida o’zining imkoniyatlarini namoyon etish tajribasi yoki qobiliyati xisoblanadi . O’z-o’zini tarbiyalash uchun, avvalo uzini atroflicha chuqur o’rganish, o’z ishidagi yutuq va kamchiliklarni ko’ra olish lozim, bu o’z-o’zini urganish va boshqa kishini anglash uchun xam zarur. Boshqa yutuklarni o’rganmay, o’zini boshkalar bilan takkoslamay turib, uzini shaxs sifatida urganish mumkin emas. Uzini anglash, uzini baxolash xususiyati boshqa kishilar bilan munosabat jarayonida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi. Eng avvalo o’zida qobiliyatning qanday xislatlari borligini o’rganishi kerak. Biror bir faoliyatga muxabbati yuksak kishi shu ishga chin ko’ngildan berilib ishlaydi, xech qanday formalizmga yo’l qo’ymaydi. O’z kasbini sevgan inson doimiy ravishda g’oyaviy-siyosiy saviyasini oshirish va bilim doirasini kengaytiradi, o’z soxasini chuqur bilish ustida qunt bilan ishlaydi. Demak, ta’kidlab utilganidek, o’z-o’zini tarbiyalash o’z faoliyatini taxlil qilishdan va o’z shaxsini takomillashtirishdan boshlanadi. Tarbiyachi o’z ustida ishlashi, o’z-o’zini tarbiyalashda qo’yidagi uslublardan foydalanadi: 1. O’z-o’zini bilish: o’zini kuzatish; o’z xarakatlarini taxlil etish; o’z-o’zini sinash; o’rtoqlarining fikrini tushuna olish. 2. O’ziga baxo berish: o’zini kuzatish; o’ziga tavsif berish; o’z-o’zini taqdirlash va boshqalar. O’z-o’zini tarbiyalash shaxsni tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi, u o’z shaxsiy fazilatlarini taxlil qilishga, xatti-xarakatlarini o’ylashga o’rgatadi. Bir kunlik yoki xaftalik ish rejasini tuzish, uni bajarish; umidsizlikka tushmaslik, kamchiliklarni bartaraf etish; o’ziga, muvaffaqiyatga ishonish; "men o’zimga ishonaman", "men buni qilishni xoxlayman", "men qila olaman" kabi o’z-o’zini ishontirish formulasini qo’llash. Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda o’z ustida ishlash va o’z-o’zini rivojlantirish muxim axamiyatga ega. O’z-o’zini rivojlantirish vazifalari o’zini o’zi taxlil qilish va o’zini o’zi baxolash orqali aniqlanadi. Demak, o’zini o’zi rivojlantirish - insonning o’zini shaxs sifatida to’la namoyon etishga yo’naltirgan ongli faoliyati. O’zini o’zi rivojlantirish faoliyatning maqsadlarini aniq anglashni va uning mavjudligini, ideallar va shaxsiy yo’nalganlikni nazarda tutadi.
Ma’lumki, insoniyatni kamolotga chorlovchi imkoniyatlar shunchalik ko’pki, ularga erishish maqsadlari intilishida sabr-toqat bilan o’z ustida ishlash orqali erishishi mumkinligini ko’plab dalillarda ko’ramiz. Buyuk nemis pedagogi D.Disterverg xar bir o’qituvchi o’z-o‘zini tarbiyalashni o’z oldiga sharafli vazifa qilib belgilashi lozimligini ta’kidlab o’tadi. Rus pedagogi A.B.Lunacharskiy esa, "Pedagog o’zida insoniyat idealini shakllantirishi lozim"ligini aytib o’tgan. Aynan insoniyatning go’zal fazilatlarini o’zida shakllantirish xar bir pedagogning kasbiy tayyorgarligining poydevorini tashkil etadi. Ushbu poydevorda pedagogning kasbiy maxorati o’z ustida ishlash tufayli kundan -kunga o’sib borishi mumkin.
O.Yu. Shmidt umrining xar bir daqiqasidan sermaxsul foydalanagan olim sifatida doimiy o’z-o’zini tarbiyalash bilan shugullanib, inson imkoniyatlari keng ekanligini isbotladi. A.A Lyubishev esa, inson uchun yomon, bo’sh, ortiqcha vaqt bo’lishi mumkin emas, u o’z umrining daqiqalarini ongli xolda xisoblashdan qo’rqmasligi kerakligini ta’kidlaydi. K.D.Ushinskiy o’z-o’zini tarbiyalash orqali qo’yidagilarga erishish mumkinligini bildiradi: xotirjamlik, so’zda ishonch va to’grilik, xatti-xarakatga muloxaza bilan yondoshish, qat’iylik, o’zi xaqida sababsiz biror ogiz gapirmaslik, lozim narsalardangina foydalanish, xar kuni kechasi o’ziga o’zi xisobot berish, biror marotaba maqtanmaslik va xokazo. Shuni aytish joizki, ko’plab insonlar o’zining bebaxo vaqtini bekorga o’tkazib yuboradi. Inson o’z odatlarning bir xillik kun tartibi xukmronligi ta’siriga kirib, o’zining rejalarini kechiktirib yuboradi. O’z-o’zini ishontirish, sobit qadam iroda orqaligina o’zining qobiliyatlarini namoyon etishga erishish mumkin. O’zini tarbiyalashning psixologik sharoitlardan biri o’z-o’zidan norozilik bo’lib, uni L.N.Tolstoy, "men telba, o’zgalarga yuk, chidamsiz va bolalardek uyalchanman", deya bildirgan kinoyasidan xam bilish mumkin. O’z ustida ishlash bu mutaxassis tomonidan o’zini ijtimoiy xamda kasbiy jixatdan rivojlantirish, kamolotga erishish yo’lida maqsadli, izchil, tizimli xarakatlarning tashkil etishi tushuniladi. Mutaxassisning o’z ustida ishlashi qo’yidagilarda ko’rinadi: kasbiy BKMni takomillashtirib borish; faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondoshish; kasbiy va ijodiy xamkorlikka erishish; ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish; salbiy odatlarni bartaraf etib borish; ijobiy sifatlarni o’zlashtirish va xokazo. Pedagogning o’z ustida ishlash bosqichi uzviy, tizimli shaklda olib boriladi, jumladan, birinchi bosqichda o’z faoliyatini taxlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlaydi, ikkinchi bosqichda esa, yutuqlarini boyitish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq qaror qabul qiladi, uchinchi bosqichda qabul qilingan qaror bo’yicha amaliy xarakatlarni samarali tashkil etish yo’llarini izlaydi, to’rtinchi bosqichda xato va kamchiliklarni takrorlamaslikka intiladi va so’nggi beshinchi bosqichda qabul qilingan qarorning izchil bajarilishini doimiy nazorat qilib boradi. Pedagogning quyidagi amaliy xarakatlari mutaxassis sifatida uning o’z ustida ishlashini ifodalab beradi: aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish; pedagogik jarayon samaradorligini, o’zining ishchanlik faolligini oshirish; izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o’zlashtirish; ilgor texnologiya, metod xamda vositalardan xabardor bo’lish va boshqalar.



Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling